Nizomiy nomidagi tdpu boshlang‘ich ta’lim fakultet Kengashi yig‘ilishining № sonli bayonnomasidan ko‘chirma toshkent shahri


Download 35.5 Kb.
Sana14.03.2023
Hajmi35.5 Kb.
#1267994
Bog'liq
lugat fakultet (2)


Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang‘ich ta’lim fakultet
Kengashi yig‘ilishining № - sonli bayonnomasidan


KO‘CHIRMA
Toshkent shahri 31.01.2023
Kengash raisi: A.Xazratkulov
Kengash kotibi: H.Ch.Nusratova
Qatnashdilar: 19 nafar fakultet kengash a’zolaridan 18 nafari hamda fakultetning professor-o‘qituvchilari

KO’RILGAN MASALA:
“Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” kafedrasi v.b.dotsenti G.Islamova va T.R. Yuldashevalar tomonidan tayyorlangan “Толковый словарь по педагогике, и инновации и интеграции начального образования” nomli izohli lug’atini nashrga tavsiya etish to‘g‘risida.
ESHITILDI: Boshlang‘ich ta’lim fakulteti dekani A.Xazratkulov “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” kafedrasi v.b.dotsenti G.Islamova va T.R. Yuldashevalar tomonidan yaratilgan “Толковый словарь по педагогике, и инновации и интеграции начального образования” nomli izohli lug’ati tayyorlanganligi bilan tanishtirdi. Ushbu “Толковый словарь по педагогике, и инновации и интеграции начального образования” nomli izohli lug’ati mazmuni va yo‘nalishiga ko‘ra “Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi fanining mazmunini ochib beruvchi eng asosiy tayanch tushunchalari, atamalari hamda ularning ta’riflari haqidagi ma’lumotlar o‘rin olgan. Bo‘limlarda o‘z ifodasini topgan mavzularni ochib berishda g‘oyalar o‘rtasidagi o‘zaro izchillik va mantiqiylikning ta’minlanishiga alohida e’tibor qaratilgan.
Mazkur izohli lug’ati 60110500– Boshlang‘ich ta’lim bakalavriat ta’lim bosqichi talabalari uchun mutaxassislik fani ekanligi inobatga olingan holda tayyorlanganligi haqida aytib o‘tildi.
Izohli lug’atiga pedagogika fanlari doktori professor F.Yuzlikayev va pedagogika fanlari bo’yicha PhD, dotsent K.Abrorxonovalar taqriz berishgan. Ular ish haqida ijobiy fikr bildirib, uni nashrga tavsiya etishganligini bildirdi.
SO’ZGA CHIQDILAR: pedagogika fanlari nomzodi, dotsenti X.Sanakulov, pedagogika fanlari nomzodi dotsent Y.Mirtursunova so‘zga chiqib, “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” kafedrasi v.b.dotsenti G.Islamova va T.R. Yuldashevalar ilmiy faoliyati va izohli lug’ati haqida o‘z fikrlarini bildirdilar va izohli lug’atni nashrga tavsiya etdilar. Ko‘rilgan masala yuzasidan fakultet yig‘ilishida
QAROR QILILINDI:
1. “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” kafedrasi v.b.dotsenti G.Islamova va T.R. Yuldashevalar tomonidan “Толковый словарь по педагогике, и инновации и интеграции начального образования” nomli izohli lug’ati nashrga tavsiya etilsin.
2. “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” kafedrasi v.b.dotsenti G.Islamova va T.R. Yuldashevalar “Толковый словарь по педагогике, и инновации и интеграции начального образования” nomli izohli lug’atini nashrga tavsiya etish universitet O‘quv Uslubiy Kengashidan so‘ralsin.
Kengash raisi: A.Xazratkulov
Kengash kotibi: H.Ch.Nusratova
Download 35.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling