Nizomiy nomidagi tdpu “Boshlang’ich ta’lim va jismoniy madaniyat” fakulьteti “Jismoniy madaniyat” kafedrasi dotsenti Radjapov Usmanbay Raximovichning “Engil
Mashg’ulotning musobaqalashuv davrida
Download 71.87 Kb.
|
Mashg’ulotning musobaqalashuv davrida sportchi ayollar asosiy musobaqalarga tayyorlanadilar. Ammo mashg’ulotlar bahorgi bosqichga ham o’xshash bo’lishi mumkin.
Yilning boshida alohida turlardan tez-tez musobaqalarga qatnashib turish va ulardagi kamchiliklarni aniqlab, mashg’ulot jarayonida tuzatib borish muhim. SHu bilan birgalikda, bu musobaqalar beshkurash bo’yicha asosiy musobaqalarga tayyorgarlik ko’rishga yordam beradi. Asosiy musobaqalar boshlangunga qadar, ko’pkurashdan mashg’ulot yuklamalarini pasaytirmasdan 2-3 marta ko’pkurash musobaqalarida qatnashish kerak. Musobaqalar har 2-3 hafta oraliq bilan o’tkazilsa, sportchi ayollarning dam olishiga yetarlidir. Asosiy musobaqalarga ikki hafta qolganda mashg’ulot yukla-malarini pasaytirib, 2-3 kun qolganda, to’liq dam berish kerak. Yuqorida o’nkurashchilar uchun ko’rsatilgan musobaqadagi tartib yettikurashchi ayollarga ham taalluqlidir. Farqi shundaki, sportchi ayollar birmuncha boshqacharoq badan qizdirish mashqlarini o’tkazishlari kerak. G’ovlar osha yugurish oldidan badan qizdirishning birinchi qismi – sekin yugurish va hamma yengil atletikachilar uchun taalluqli bo’lgan umumrivojlantiruvchi mashqlardan iborat, so’ng g’ov osha yugurishning maxsus mashqlari bajariladi. Barcha tayyorgarliklar startga 5-10 minut qolganda tamomlanadi. Yadro itqitishga tayyorgarlik ko’rish musobaqaga 20 minut qolganda boshlanadi. Bu asosan yadro itqituvchining maxsus mashqlaridan iborat bo’lib, musobaqadan 5-6 minut ilgari tamom bo’ladi. Agarda balandlikka sakrash bevosita yadro itqitishdan keyin boshlanadigan bo’lsa, yugurib kelishlarni belgilab olib, 2-3 marta to’sin ustidan sakrab o’tish kerak. Ammo kuchni tejayman deb, sakrashni yuqoriroqdan boshlash mumkin emas. CHunki bunday tejamkorlik natijasida sportchi ayol o’zining eng yaxshi natijasiga tayyorlanmay qolishi mumkin. Agarda musobaqa dasturiga binoan yadro itqitishdan keyin tanaffus beriladigan bo’lsa, bu paytda badan qizdirish ikki qismdan iborat bo’ladi. Birinchi qismi sekin yugurish va umumrivojlantiruvchi mashqlardan iborat bo’lsa, ikkinchi qismi maxsus mashqlardan tashkil topadi. Musobaqaning ikkinchi kunida uzunlikka sakrash oldidan sprintchilar va sakrovchilar uchun belgilangan odatdagi badan qizdirishni bajarishdan keyin yugurib kelishni belgilab turib, 1-3 marta sakrab ko’rish kerak. Birinchi urinishni dadillik bilan bajarib, keyingilarida sharoitga qarab o’zgar-tirishlar kiritish mumkin. 200 m ga yugurish oldidan 3/5 tezlikda 100-150 m yugurib o’tib, tayyorgarlikni startdan 8-10 minut oldin tugatish kerak. Ko’pkurashlar musobaqasidan keyin 10-12 minut sekin yugurib, (o’t ustida) nafasni rostlab, dushga tushish mumkin. Ko’pkurashchilarning mashg’ulotlari juda ham uzoq vaqt davom etadi. SHuning uchun to’g’ri ovqatlanish tartibiga rioya qilish kerak. Bundan tashqari, kuchni tiklashga yordam beruvchi S va V vitaminlarini iste’mol qilib turish kerak. To’g’ri ovqatlanish ayniqsa musobaqa paytida muhim ahamiyatga ega bo’lib, nati-jalariga ta’sir qiladi.
k o ‘nikmalarini shakllantirish. Jismoniy tarbiya jarayonida o’rgatishning asosiy vazifasi harakat ko’nikmalari va maxsus bilimlarini egallashdir. Jismoniy tarbiya jarayonida ham ta’lim ham tarbiya amalga oshiriladi. Bundan o’rgatishning asosiy fani bo’lib o’zaro bog’langan harakat tizimini o’z ichiga oluvchi ratsional harakat faoliyatlari hisoblanadi. Biror bir harakatga o’rgatish shug’g’ullanuvchilarning jismoniy rivojlanishi, fuktsional imkoniyatlarini oshirish va rivojlantirish, sogliqni mustahkamlash va h.k. lar bilan bog’liqdir, hamda jismoniy sifatlarini oshirish sodir bo’ladi. Harakat faoliyatlariga turli va konkret vazifalarni hal etgan holda o’rgatiladi. Ko’pgina holda quyidagilarga olib kelinadi: 1. Harakatning dastlabki maktabini ta’minlash, ya’ni harakat faoliyatini murakkab shakllari uchun dastlabki bazani yaratgan harakat apparatining asosiy bo’ginlarida oddiy harakatlarni boshqarishga o’rgatish. Masalan yuqori stardan chiqish. 2. "Erdamchi" mashqlar yangi yoki ayrim jismoniy sifatlar qobiliyatlarni rivojlanishiga ta’sir etuvchi vositalar sifatida foydalaniladigan harakatlarga o’rgatish. Masalan: har-xil usulda balandlikka sakrash- plankasiz oyoqlarni har-xil ketma-ketli harakatlari 3. Kundalik hayotda, faoliyatning mehnat, sport va boshqa sohalarda zarur bo’lgan asosiy harakat ko’nikma va malakalarni shakllantirish hamda takomillashtiruvning kerakli darajaga olib borish. Masalan: har-xil sport turlari. Bu vazifalarning xarakteriga va o’rganilayotgan harakat faoliyatlarining xususiyatlariga bog’liq holda o’qitish jarayoni bir qator xususiyatlariga egadir. Ma’lumki, vazifalarning qiyinligiga qarab ularga sarf bo’ladigan vaqtlar ham turlichadir. Masalan: bir-ikki bo’g’inli gimnastika harakatlariga o’rgatish mu’lum holatlarda nisbatan tezroq bo’ladi, lekin ularni o’zlashtirish hamda murakkab harakat foliyatlarni yuqori darajaga oshirishga ba’zan yillab vaqtlar ketadi (misol: shest bilan sakrash). Bunday holatda o’rgatish metodikasi ham farq qiladi. Harakat faoliyatining tuzilish murakkabligi ma’lum darajada harakatga dastlabki harakatda asosiy metodlarni tanlashni oldindan aniqlaydi. Oddiy xarakatlarga o’rgatishda butunlicha o’rgatish qo’llanilsa, murakkab mashqlarda esa qismlab o’rgatish qo’llaniladi. Harakatning tayyorlov, asosiy, yakuniy vazifalari orasida bog’lanish muhim ahamiyatga va xususiyatlarga egadir. Ba’zi hollarda o’rgatishning asosiy vazifalaridan foydalanilsa, (masalan, balandlikka sakrashda, depsinish) boshqa hollarda esa tayyorlov vazifasidan foydalaniladi, (masalan: tebranish va engashgan holda tayanch holatga o’tish), ayrim xollarda yakuniy fazasidan o’rgatish lozim (masalan, bolalarga sakrashda yumshoq qunishni o’rgatish). Harakatlarga o’rgatish umumiy didaktik printsiplariga asoslanadi, bu printsiplar jismoniy tarbiya sohasida o’z maxsus ifodasini topadi. Bu maxsus harakat ko’nikmalari va malakalarini hosil qilish qonuniyatlaridan kelib chiqadi. Download 71.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling