Nizomiy nomidagi tdpu “Boshlang’ich ta’lim va jismoniy madaniyat” fakulьteti “Jismoniy madaniyat” kafedrasi dotsenti Radjapov Usmanbay Raximovichning “Engil
Yuqori razryadli o’nkurashchilar mashg’ulotlari xususiyatlari
Download 71.87 Kb.
|
Yuqori razryadli o’nkurashchilar mashg’ulotlari xususiyatlari
O’spirinlarning 3-4 yillik tayyorgarligidan so’ng yoki katta yoshdagi sportchilarning 1-2 yillik mashg’ulotlaridan keyin ularning tayyorgarligida kuchli va bo’sh tomonlar aniqlanadi. SHuning uchun mashg’ulotlarni rejalashtirayotganda o’nkurashchilarning individual xususiyatlarini nazarda tutish mumkin bo’ladi. Keyingi yillardagi mashg’ulot rejasi endi boshlovchi ko’pkurashchilar rejasi asosida tuziladi. Asosiy e’tibor quyidagi vazifalarni hal etishga qaratiladi. 1. O’nkurashga taalluqli bo’lgan va ayniqsa yengil atletika turlarining bo’sh o’zlashtirilgan texnikasini takomillashtirish. 2. Umumiy jismoniy tayyorlik darajasini va, avvalo, kuch, tezkorlik va maxsus chidamlilikni oshirish. 3. Irodaviy sifatlarni oshirish. 4. O’nkurash bo’yicha musobaqalarga qatnashish tajribasini oshirish va taktikani takomillashtirish. Mashg’ulotni rejalashtirayotganda o’nkurash musobaqasi shartlarini va ko’pkurashning har bir turida mashg’ulotning o’ziga xos xususiyatini e’tiborga olish kerak. Tayyorgarlik va boshqa davrlarda sakrashlar hamda uloqtirishlarda mashq qilishning asosiy vazifasi texnikani yanada takomillashtirish va zarur bo’lgan jismoniy sifatlarni rivojlantirishdir. SHuning uchun davrlar o’tishi bilan sakrash va uloqtirish mashg’ulotlari tarkibi oz o’zgaradi. Ammo kuzgi-qishki bosqichda bahorgi bosqich va musobaqa davriga nisbatan maxsus mashqlarga ko’proq vaqt ajratiladi. Yugurish mashg’ulotining tarkibi bosqichdan bosqichga, yildan-yilga ancha o’zgaradi. Tayyorgarlik davrining kuzgi-qishki bosqichida, ko’pkurashchining yugurish tayyorgarligida kichik shiddatli katta hajmda kross, o’zgaruvchan va takror (200-300 m dan) yugurishlar hamda past startdan 20-30 m ga (15-20 start) yugurishlar asosiy vosita bo’lib xizmat qiladi. Mashg’ulotning bahorgi bosqichida 200-300 metrli takror va o’zgaruvchan yugurishlar soni kamayadi, yugurib o’tish tezligi esa oshadi. Past startdan yugurishning ham soni kamayib, masofasi uzayadi. Yugurishdan juda ham ko’p mashq qilish o’nkurashchining kuchini pasaytiradi, yugurishsiz esa uning tayyorgarligini tasavvur qilib bo’lmaydi. SHu sababli yil bo’yi kuchni rivojlantirish uchun mashq bajarishni unutmaslik kerak. Ko’pkurashchining irodaviy sifatlari kunda tarbiyalanadi. SHug’ullanish joyiga va sportchining tayyorgarligiga qarab mashg’ulotni har xil tuzish mumkin, ammo asosiy metodik ko’rsatmalarga rioya qilib qo’yilgan vazifa bajarilishi kerak. Quyida 5 mashg’ulotdan iborat bo’lgan haftalik mashg’ulot davri ko’rsatilgan. 1-kun – o’nkurashning birinchi kundagi to’rt turi; 2-kun – o’nkurashning ikkinchi kundagi to’rt turi; 3-kun – dam olish; 4-kun – o’nkurashning birinchi kundagi to’rt turi; 5-kun – o’nkurashning ikkinchi kundagi to’rt turi; 6-kun – bo’sh o’zlashtirilgan turlardan og’irliklar bilan mashq qilish va kross; 7-kun – dam olish. CHarchab qolmaslik uchun birinchi haftada mashg’ulot bir kunda bir marta o’tkaziladi. Keyinchalik bir kunda ikki martalik mashg’ulotga o’tib, bir kunda bir mashg’ulot bilan almashtirib turish kerak. Agarda biron turdagi qoloqlikni yo’qotilmoqchi yoki biror xato tuzatilmoqchi bo’lsa, uni badan qizdirishdan keyin qo’yish kerak. Masalan, uzunlikka sakrashni darhol razminkadan keyin qo’yib, yugurish sakrashdan keyin bajarilishi mumkin. Musobaqada to’rtinchi bo’lib keladigan turlarda (balandlikka sakrash yoki nayza uloqtirish), katta hajm bilan mashq qilishga ehtiyoj tug’ilsa, u paytda oldingi turlarda mashg’ulot hajmi va jadalligi pasaytirilishi kerak. Bahordagi mashg’ulot davri boshqacha bo’lishi mumkin. Lekin o’nkurashchi bir kunda ikki marta mashg’ulot o’tkazishga tayyor bo’lishi ayniqsa muhim. Agar u bir kunda ikki marta mashg’ulot o’tkazishga bardosh berolmasa, demak, musobaqada yaxshi natija ko’rsatolmaydi. Tayyorgarlik davrida ko’pkurashchi alohida turlardan musobaqalarga qatnashishi kerak, lekin bunga alohida tayyorgarlik ko’rish shart emas. Download 71.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling