1. Metallorganik birikmalarning kimyoviy xossalari. Kross-birikish reaksiyalari. Qo'shimcha reaksiyalar


Download 201.37 Kb.
bet1/2
Sana02.01.2022
Hajmi201.37 Kb.
#200284
  1   2
Bog'liq
Металлорганик бирикмалар ёр-да синтезлар 2-маъруза


2-Ma’ruza

Metallorganik birikmalar asosida organik moddalar sintezi

Reja:

1. Metallorganik birikmalarning kimyoviy xossalari.

2.Kross-birikish reaksiyalari. Qo'shimcha reaksiyalar.

3.Metallorganik birikmalar asosida organik moddalar sintezi.

1.Metallorganik birikmalarning kimyoviy xossalari.

Magniyorganik birikmalar tarkibida harakatchan vodorod atomi tutgan barcha organik reagentlar bilan reaksiyaga shiddatli kirishadi. Bu reaksiyalar natijasida ajralib chiqqan metan gazi hajmini o‘lchab, reagent tarkibidagi harakatchan vodorod atomi tutgan guruhlar sonini osonlik bilan aniqlash mumkin:

+ HOH CH4 + Mg(OH)Br

+ C2H5OH CH4 + Mg(OC2H5)Br

CH3MgBr + R–SH CH4 + Mg(SR)Br

+ R–NH2 CH4 + Mg(NHRBr

+ R–COOH CH4 + Mg(OOCR)B

Grinyar reaktivining atsetilen va siklopentadiyen bilan reaksiyalari

alohida ahamiyat kasb etadi.

magniy xlorid atsetilenidi dimagniy xlorid atsetilenidi

Grinyar reaktivi S, Se, Tl, As, NO, RNO, NOCl, metallarning

tuzlari bilan ham reaksiyaga kirishib turli-tuman birikmalarni hosil

qiladi:


Grinyar reaktivi galogenalkanlar bilan reaksiyaga kirishganda oddiy va murakkab tuzilishdagi uglevodorodlar hosil qiladi:

R – X + CH3MgCl → CH3  R + Mg(X)Cl

MgOB lar boshqa elementorganik birikmalar sintezida ham ishlatiladi:

CH3MgCl + HgCl2 → MgCl2 + CH3HgCl

sulema

MgOB mo‘l miqdorda ishlatilganda, simobning to‘liq almashingan hosilasi olinadi:

2CH3MgBr + HgBr2 → 2 MgBr2 + (CH3)2Hg

Simoborganik birikmalar esa fungitsidlar (lotincha fungus – zamburug‘ degani) sifatida ishlatiladi. Etilsimob xloridi – C2H5HgCl (granodan) bilan dorilangan dukkakli o‘simliklar urug‘i ekilgandan keyin har xil kasalliklarga chalinmaydi va unib chiqqan o‘simlikning o‘sishi tezlashadi.



 

Metallorganik birikmalar oson oksidlanadi va bunda spirtlar hosil bo’ladi:

Sanoatda alyuminiyorganik birikmalarni oksidlab alkanollar olinadi (K. Sigler):

Alkilalyuminiylar yuqori reaksion qobiliyatga ega bo‘lib,

suv, spirt, kislotalar va karbonat angidridi bilan reaksiyaga oson kirishadi,

ammo karbonat angidridining ikkinchi molekulasi faqat 200oC gacha qizdirilgandan keyin birikadi.

Al(C2H5)3 + 3 HOH → 3 C2H6 + Al(OH)3

AlOB larning eng muhim xususiatlaridan biri alkenlarga birikib,

murakkab birikmalar hosil qilishidir:

Bu reaksiyaning ochilishi K. V. Sigler nomi bilan bog‘liq. U alkenlarga alyuminiy va vodorodni bevosita ta’sir ettirib, trialkilalyuminiylarni hosil qiladi:

6 CH2 = CH2 + 3 H2 + 2 Al → 2 Al(C2H5)3

trietilalyuminiy

Trietilalyuminiy etilen bilan 100-120оC da reaksiyaga kirishib alyuminiyning turli xil birikmalari aralashmasini hosil qiladi. Bu reaksiya yordamida molekulyar massasi 5000 dan 3000000 gacha bo‘lgan polietilen olinadi.

Metallorganik birikmalar epoksidlar bilan katalizatorsiz odatdagi sharoitda reaksiyaga kirishadi:

R-MgX + -C-C- -C(R)-C(OMgX)-

O

Grinyar reaktivlari va boshqa metallorganik birikmalarni karboksillash:



Murakkab tuzilishli litiyorganik birikmalar RLi va

diyen uglevodorod-larining o‘zaro ta’siri natijasida olinadi.

Hosil bo‘lgan alkillitiy yangi izopren molekulalari bilan

reaksiyaga kirishib, yuqori molekulyar birikmalar (YuMB)

hisoblanadigan stereospetsifik izopren kauchuklari hosil

qilishda faol qatnashadi:

Barcha RLi birikmalari havoda oson alangalanadi, suv va spirtlar ta’sirida parchalanadi:

CH3 Li + HOH → CH4 + Li+OH¯



C2H5Li + CH3OH → C2H6 + CH3O¯Li+


Download 201.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling