Nizomiy nomidagi tdpu fizika -matematika fakulteti “Algebra,geometriya, matematik analiz


-bosqich magistranti: N.Asadullayeva


Download 78.5 Kb.
bet3/6
Sana04.01.2023
Hajmi78.5 Kb.
#1077421
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
dastur tahlili (1)

1-bosqich magistranti: N.Asadullayeva
Nizomiy nomidagi TDPU fizika -matematika fakulteti “Algebra,geometriya, matematik analiz” kafedrasi
M-I yo‘nalishi 1 kurslar uchun ishchi o’quv rejasi
TAHLILI
Ishchi o'quv reja oliy ta'lim muassasasining aniq bir ta'lim yo'nalishi yoki magistratura mutaxassisligi uchun namunaviy o'quv rejaga asosan xar o'quv yili uchun ishlab chiqiladigan va o'rnatilgan tartibda OTMning rektori (o'quv ishlari bo'yicha prorektori) tomonidan tasdiqlanadigan o'quv jarayonining normativ hujjati xisoblanadi.
Tegishli ta'lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining ishchi o'quv rejalari Oliy ta'lim muassasalarida o'quv jarayoni grafigini tuzish uchun asos bo'lib xisoblanadi. OTM o'quv jarayoni grafigida tegishli belgilar asosida xar bir kurs uchun xafta kunlari oylari, nazariy ta'lim, amaliyot, yakuniy nazorat, ta'tillar ko'rsatiladi.
Ishchi o'quv rejalar o'quv rejalarga asosan aniq bir bakalavriat ta'lim yo'nalishi yoki magistratura mutaxassisligi bo'yicha xar o'quv yili uchun ta'lim dasturlari, o'quv kurslari, fanlari va o'quv yillari bo'yicha ixtisoslik, tanlov va qo'shimcha fanlarni shakllantirgan xolda ishlab chiqiladi va o'rnatilgan tartibda tasdiqlanadi.
Quyidagi tartibda tuziladi:
• Titul varag'i
• Kirish so'zi
• Fanning maqsadi va vazifalari
• Fanni o'qitish jarayonini tashkil etish va o'tkazish bo'yicha tavsiyalar • Talabalarning bilimi, ko'nikma va malakalariga qo'yiladigan
talablar;
• Fanning o'quv rejadagi boshqa fanlar bilan o'zaro bog'liqligi, uslubiy jihatidan uzviyligi va ketma-ketligi;
• Fanning ilm-fan va ishlab chiqarishdagi o'rni;
• Fanni o'qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar;
• Fan bo'yicha soatlar taqsimoti;
• Nazariy mashg'ulotlar mavzulari mazmuni;
• Amaliy, seminar va labaratoriya mashg'ulotlari mavzulari va rejalari;
• Mustaqil ta'lim mavzulari;
• Foydalaniladigan adabiyotlar ro'yxati.
Men tanlagan ishchi dastur “Geometriya” fanidan SILLABUS (ishchi dastur)(1- kurslar uchun) tuzilgan.
Fanning ishchi o‘quv dаsturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti birinchi yig’lishida ko’rib chiqib, qaror bilan tasdiqlangan. Fan tugallanganidan so’ng, talabalar geometriya fanidan quyidagi bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lishi lozim: tekislikda va fazoda analitik geometriya, geometriya asoslari, noevklidiy geometriyalar, tekislikda va fazoda geometrik yasashlar, tasvirlash metodlari, proyektiv geometriya elementlari.
Ishchi dasturda maqsad va vazifalar ko’rsatilgan. Taqvim reja, mustaqil ta’lim mavzulari berilgan va baho;ash tizimi ko’rsatilgan. Foydalanilgan adabiyotlar va qo’shimcha adabiyotlar keng yoritilgan. Ishchi dasturi talab darajasida tuzilgan.
Ishchi o’quv rejada namunaviy o’quv rejadagi haftalik yuklamani saqlab qolgan holda 5% yoki 10% gacha o’zgartirishi mumkin bo’ladi . Ishchi o’quv rejaning izoh qismida ham huddi shunday izoh beriladi.



Download 78.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling