Nizomiy nomidagi tdpu kasb ta`limi fakulteti “Axborot texnologiyalari” kafedrasi Kompyuter grafikasi va dizayn yo`nalishi


Download 35.5 Kb.
Sana25.01.2023
Hajmi35.5 Kb.
#1121260
Bog'liq
намунавий фан дастури


Nizomiy nomidagi TDPU kasb ta`limi fakulteti “Axborot texnologiyalari” kafedrasi Kompyuter grafikasi va dizayn yo`nalishi
4 kurslar uchun “Axborot xavfsizligi” fanidan fan dasturi
TAHLILI

“Axborot xavfsizligi”fanidan namunaviy fan dasturi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi va ro‘yxatga olinadi. Namunaviy fan dasturi o‘quv rejada ko‘rsatilgan har bir fan uchun tuzilib, bunda fan o‘qitilidigan bilim sohasi, ta’lim sohasi va ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilgan bo‘ladi.


Namunaviy fan dasturi belgilangan fanni o‘qitish maqsad va vazifalari;
fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar;
fanni o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi;
fanning ta’limdagi o‘rnini ta’riflash bilan boshlanadi.
Asosiy qismda esa fan bo‘yicha nazariy mashg‘ulotlar mazmuni yoritib o‘tiladi. Har bir bo‘lim bo‘yicha qanday mazmundagi mavzular o‘qitilishi ko‘rsatib o‘tiladi. Shundan so‘ng amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar taqdim etilib, uning taxminiy mavzulari beriladi.
Laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar va ularning ham taxminiy mavzulari hamda ushbu fan bo‘yicha mustaqil ta’lim tashkil etiish shakli va mazmuni yoritiladi, tahminiy mavzular beriladi. Kurs ishlari bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar berilib fan doirasida kurs ishlarining taxminiy mavzulari keltiriladi. Namunaviy fan dasturini bajarishda foydalaniladigan asosiy darslik va o‘quv qo‘llanmalar, elektron ta’lim resurslari hamda qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati namunaviy o‘quv dasturiga yakun yasaydi.
Namunaviy fan dasturi asosida oliy ta’lim muassasalarida ishchi fan dasturlari tuziladi va o‘quv jarayoniga tadbiq etiladi. Ishchi fan dasturlari oliy ta’lim muassasasining rektori tomonidan o‘quv yili boshlanmasdan avval tasdiqlanadi. Ishchi fan dasturiga ushbu ishchi o‘quv dasturni tuzgan tashkilot va shaxslardan ilmiy darajasi va egallab turgan mansabi borasida yuqori bo‘lgan tashkilotning ilmiy salohiyatga va ilmiy darajaga ega bo‘lgan shaxslar taqriz yozadilar. Ishchi fan dasturida namunaviy fan dasturi asosida fanning hajmi keltiriladi. Bundan mashg‘ulot turi, unga ajratilgan soat miqdori, va mashg‘ulot o‘tilishi rejalashtirilgan semestrlar ko‘rsatiladi.
Asosiy qismda nazariy, amaliy va tajriba mashg‘ulotlarining mavzulari, maqsadi va ularga ajratilgan soatlar beriladi. Taqsimlangan soatlar yuqorida keltirilgan fanning hajmidan ortib ketmasligi kerak.
Kurs ishi mavzularining namunasi, mustaqil ish mavzulari, mazmuni va ularga ajratilgan soatlardan so‘ng taqvimiy mavzuiy reja beriladi. Bu rejada mavzu nomi, unga ajratilgan soat, mashg‘ulot turi, boshqa fanlar bilan bog‘liqligi, adabiyotlar, ta’lim metodlari, ta’lim vositalari va ushbu mavzu uchun mustaqil ish topshiriqlari ko‘rsatiladi.
Shundan so‘ng semestrlar bo‘yicha oraliq, yakuniy nazorat savollari, amaliy topshiriq bajariladigan mavzular nomi taqdim etiladi. Ishchi o‘quv rejada albatta baholash mezoni bo‘lishi zarur. Baholash mezoni bo‘limida baholashning har bir bosqichiga alohida to‘xtalib o‘tiladi. Ishchi o‘quv rejaning so‘ngida esa foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati taqdim etiladi.
1-kurs magistranti H.Sh.Begimqulov
Download 35.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling