Nizomiy nomidagi tdpu maxsus pedagogika va inklyuziv ta’lim fakulteti


Download 28.33 Kb.
bet1/2
Sana11.05.2023
Hajmi28.33 Kb.
#1451942
  1   2
Bog'liq
Abidova Iroda Pedagogika


Nizomiy nomidagi TDPU maxsus pedagogika va inklyuziv ta’lim fakulteti
Logopediya yo‘nalishi 102-guruh talabasi Abidova Irodaning
Umumiy pedagogika fanidan mustaqil ta’lim ishlari

1-Mustaqil ta’lim


Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi
1-topshiriq
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» 0 ‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qommining qoidalariga muvofiq, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi, jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlaming yangi avlodini shakllantirishga yo ‘naltirilgandir. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning maqsadi - ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarash va sarqitlardan to ia xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdan iboratdir.Hozirgi kunda bu hujjat o‘z kuchini yo‘qotgan.
2-topshiriq
O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim tog’risida” gi qonuni bugungi kunda ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish davr talabiga aylangan. Ushbu talabdan kelib chiqqan holda ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlar uzluksiz qabul qilinmoqda. O‘zbekiston Respublikasining ta’lim to‘g’risidagi qonuni 2020-yil 23-sentabr kuni qabul qilingan bo‘lib, bob 75 moddadan iborat.
3-topshiriq
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3955-son qarorini ijro etish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, 2030-yilgacha maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Konsepsiya O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’limni rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari, ustuvor yo‘nalishlari, o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5538-son Farmoni ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan.
2. Konsepsiya xalq ta’limi tizimining uzoq muddatli rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi, jumladan:
O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) Xalqaro miqyosda o‘quvchilarni baholash dasturi reytingi bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish;
uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
o‘qitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish;
xalq ta’limi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish;
xalq ta’limi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va budjetdan mablag‘ bilan ta’minlashning samaradorligini oshirish;
yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini ta’minlashda maktabdan tashqari ta’limning zamonaviy usullari va yo‘nalishlarini joriy etish;
davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish hisobiga davlat ta’lim tizimida raqobat muhitini kengaytirish;
yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish;
xalq ta’limi tizimida faoliyat ko‘rsatishning jozibadorligini oshirish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish darajasini bosqichma-bosqich oshirib boorish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) oliy ta’lim tizimini ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasini ta’minlash asosida ta’lim sifatini yaxshilash, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi PQ-4391-son “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan.
Konsepsiya O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo‘nalishlari, vazifalari, o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda sohaga oid dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi.

4-topshiriq


Ta’lim tizimi:
davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablarini, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini;
davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablari va o‘quv dasturlarini amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlarini;
ta’lim sifatini baholashni amalga oshiruvchi tashkilotlarni;
ta’lim tizimining faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalarni;
ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlarini, shuningdek ularning tasarrufidagi tashkilotlarni o‘z ichiga oladi.
Ta’lim tizimi yagona va uzluksizdir.
Ta’lim turlari quyidagilardan iborat:
maktabgacha ta’lim va tarbiya;
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
professional ta’lim;
oliy ta’lim;
oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
maktabdan tashqari ta’lim.

2-Mustaqil ta’lim


Mavzu:Yaxlit pedagogik jarayon bosqichlari
1-topshiriq
Pedagogika (yunoncha paidagogike bo‘lib, paida - «bola» va gogike - «yetaklayman») ijtimoiy tarbiyaning umutniy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o‘rganadigan fan. Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda kattalami milliy istiqlol g‘oyalari asosida tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o'rganadi. Pedagogika - ta’lim va tarbiya jarayonini yaxlitlikda o’rganadigan fan sohasi.
Pedagogika fanining obyekti - yaxlit pedagogik jarayon. Pedagogika fanining predmeti - ta’lim-tarbiya jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, shakl, metod va vositalari.
Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi. Pedagogika fanining asosiy kategoriyaiari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga qaratilgan jarayonlaming umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim (o'qitish, o'qish), bilim, ko'nikma, malaka, kompetensiya, ma’lumot, shakllantirish, rivojlantirish.
2-topshiriq
Glossariy

Pedagogik jarayon – ko’plab jarayonlarning ichki aloqadorligi yig’indi-sidir. Unda o’qitish, ta’lim, tarbiya, shaxsning shakllanishi va rivojla-nishi jarayonlari birlashadi.


Pedagogik jarayonning umumiyligi va birligi uni tashkil etuvchi barcha jarayonlarni yagona maqsadga bo’ysundiradi. Pedagogik jarayonning murakkab ichki munosabatlari:
- uni tashkil etuvchi jarayonlarning birligi va mustaqilligi;
- undagi jarayonlarning yaxlitligi va teng huquqliligi;
- umumiy mavjudlik va o’ziga xoslikni saqlashda namoyon bo’ladi.

Pedagogik jarayon — o‘qituvchi yoki tarbiyachi, o‘quvchi yoki tarbiyalanuvchi orasidagi bilim berish va bilim olish, o‘rgatish o‘rganish, tarbiyalash maylida kechadigan munosabatlar tizimi.
Yaxlit jarayon- bu pedagik jarayonda ta’lim va tarbiya uyg’unligi
Asosiy- bu pedagogic jarayonning amalga oshirish bosqichi.
Yakuniy-natijalar tahlil qilinishi
Yaxlitlik asosiga ta’lim, tarbiya va rivojlanish birligini ta’minlash pedagogik jarayonning mohiyatini tashkil etadi.

3-Mustaqil ta’lim


Mavzu:Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi.
Nizomiy nomidagi TDPU Maxsus pedagogika
Va inklyuziv ta’lim fakultetining 4-bosqich talabasi
2005-yilda tug’ilgan, o‘zbek, Abidova Irodaga
TAVSIFNOMA
Abidova Iroda o‘rta maktabni tugatgach, 2023-yilda Maxsus pedagogika va inklyuziv ta’lim fakultetining 1-bosqichiga o‘qishga kirdi.
Universitetda tehsil olish davrida u intizomli, ziyrak va zukko talaba sifatida o‘zini korsatdi. Bilimlarni qunt bilan o‘rganishga harakat qiladi.
I.Abidova fakultetning jamoat ishlarida faol qatnashadi.
U kamtarin va to‘g’riso‘zligi bilan hurmatga sazovor bo‘lgan.
Tavsifnoma Toshkent tumani hokimligiga taqdim qilish uchun berildi

Dekan (imzo) D.Nurkeldiyeva


(muhr)
(sana)


4-Mustaqil ta’lim


Mavzu: Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida.Ta’lim tamoyillari.
Pedagogikada qonuniyatlar - bu qonunlaming aniq sharoitldaridagi harakat ifodasL Ulaming asosiy xususiyati qommiyatlar pedagogikada ehtimoliy-statistik xarakter berishida aks etadi, qonunlami esa ta’lim jarayonida amalga oshirishni hamma holatlarda ham aniq ko'rib bo‘lmaydi.

Ta’lim jarayonining tarkibiy qismlari orasidagi ob’yektiv, mavjud, barqaror, takrorlanuvchi aloqadorlik ta’lim qonuniyati deb ataladi.


Ta’limninig umumiy qonuniyatlariga quyidagilar kiradi:
Ta’limning maqsadi
Ta'lim mazmunini belgilash
Ta’limning sifati
Ta’lim metodlari samaradorligi
Ta’limni boshqarish samaradorligi
Ta'limda rag‘batlantirish samaradorligi.
Ta’limning xususiy qoniniyatlariga gnoseologik, psixologik, kibernetik, sotsiologik, tashkiliy qonuniyatlar kiradi.
Ta’lim qonuniyatlaridan uni samarali tashkil qilishga nisbatan muayyan muhim talablar kelib chiqadi.
Ta’lim tamoyillari o’quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga binoan uning mazmuni, tashkiliy shakl va metodlarini belgilab beruvchi boshlang’ich qoidalardir.
Ta’lim tamoyillarini shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: ta’limning mazmunga aloqador va tashkiliy-metodik tamoyillari. .
Ta’lim mazmuniga aloqador tamoyillarga quyidagilar kiradi: insonparvarlashtirish; tabiat bilan uyg’unlik; madaniyat bilan uyg’unlik; ilmiylik; ta’limning fundamentalligi va amaliy yo’nalganligi; ta’lim va tarbiyaning uyg’unligi.
Ta’limning tashkiliy-metodik tamoyillariga quyidagilar kiradi: ta’limning tizimliligi va izchilligi; ta’Iimda onglilik, faollik va mustaqiliik; ko’rsatmalilik; ta’limning o’quvchilarga mos bo’lishi; ta’limda bilim ko'nikma va malakalami puxta va mustahkam o'zlashtirish tamoyili; tushunarlilik.

5-Mustaqil ta’lim


Mavzu: Ta’lim mazmuni
Ta’lim mazmuni deganda o‘quvchilaming egallashi lozim boigan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentsiyalaming aniq belgilangan hajmi va ko‘lami tushiniladi. Ta’lim mazmuni tarkibida quyidagilar aks etadi: olam va inson haqidagi bilimlar; faoliyatni amalga oshirish usullari; ijodiy faoliyat tajribasi; atrof-muhitga emotsional-faoliyat tajribasi.
Ta’lim mazmuni takomillashib borish tavsifiga ega bo‘lib, uni aniqlovchi asosiy omillarga quyidagilami kiritish mumkin: 1) jamiyatda fan, texnika va madaniyatning rivojlanganlik darajasi; 2) jamiyat tomonidan qo‘yiladigan ijtimoiy buyurtma; 3) ta’limninq maqsad va vazifalari; 4) innovatsion rivojlanish darajasi; 5) axborotlaming hajmi va ko‘lami;6) o'quvchilaming yosh xususiyatlari.
Ta’lim mazmunini loyihalash quyidagi umumiy tamoyillarga muvofiq amalga oshiriladi:
Ta’lim mazmunining barcha elementlarining jamiyat, fan, madaniyat va shaxs rivojlanishi talablariga mos bo‘lishi tamoyili.
Ta’lim mazmunining tashkiliy-jarayon bilan aloqadorlik tamoyili.
Ta’lim mazmunining yaxlit strukturaga aloqadorlik tamoyili.
Ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish tamoyili
Ta’lim mazmunini fundamentallashtirish tamoyili
Ta’lim mazmunining ketma-ketligi tamoyili.
Ta’lim mazmunining muntazamliiigi tamoyili.
Ta’lim mazmunining o'quvchilar yosh xususiyatlariga mosligi tamoyili.
Ta’lim mazmunini belgilab beruvchi eng asosiy me’yoriy hujjat Davlat ta’lim standartidir. O‘quv reja, o‘quv dasturi, malaka talablari uning tarkibiy qismiga kiradi. «Standart» ingliz tilidan tarjima qilinganda «me’yor», «namuna», «andoza», «model» ma’nolarini anglatadi. Standart yordamida, respublika miqyosidagi turli ta’lim muassasalarida ta’limning barqarorlik darajasini ta’minlashga erishiladi, o‘quv ishlari normativlari moslashtiriladi, o'quvchilaming bilimlarini baholash mezonlari ishlab chiqiladi. Davlat ta’hm standartinmg maqsadi - umumiy o‘rta ta’lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlaming ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.

6-Mustaqil ta’lim


Mavzu: Ta’lim turlari va ta’limni tashkil etish shakllari.
Sinf-dars tizimi garchi 350 yil avvai asoslangan boisada, bugungi kunda ham keng ко i am da qoilanilib kelinmoqda.
Afzalliklari Kamchiliklari 1) yaxlit o‘quv-tarbiyaviy jarayonning tartibli ketishini ta’minlovchi aniq tashkiliy tizim; 2) jarayonlaming oddiy boshqarilishi: muammoning jamoa boiib muhokama qilinishi, masalaning yechimini birgalikda izlash jarayonida bolalar o‘rtasida o‘zaro munosabatlaming shaklianish imkoniyati; 3) 0‘qituvchining o‘quvchilar va ulaming tarbiyasiga doimiy emotsional ta’sir ko‘rsatishi; 4) ta’limning emotsionalligi (zero, o'qituvchi bir vaqtning o‘zida o'quvchilaming katta guruhi bilan ish olib boradi), о‘quv faoliyatiga musobaqalashish elementlarini kiritish uchun sharoitning yaratilishi; 5) bilimsizlikdan bilimlarni o'zlashtirish sari harakatlaming muntazamligi va ketma-ketligi.
tizimning asosan bilimlami o'rtacha darajada o‘zlashtiruvchi o'quvchilar uchun mo ‘ Ij allanganligi; 2) bo‘sh o‘zlashtimvchi o'quvchilar uchun qiyinchiliklaming yuzaga kelishi va kuchli o‘zlashtiruvchi 0‘quvchilar qobiliyatlarinmg rivojlanish sur’atining ortga suriiishi; 3) o‘qituvchi uchun o‘qitish mazmuni va o'qitish sur’atlari hamda metodlari bo‘vicha individual ishlami tashkil etish, shuningdek, o'quvchilaming individual xususiyatlarini hisobga olishda qiyinchilikning yuzaga kelishi; 4) katta va kichik yoshli o'quvchilar o'rtasidagi munosabatlaming qaror topmasligi.
noan'anaviy dars - bu nimani anglatadi? Ta'rif berish oson emas, lekin har birkishi an'anaviy bo'lmagan darsni an'anaviydan ajratib turadi. Oddiy darsda o'quvchilar har bir bosqichdan nimani kutish kerakligini bilishadi. Sinfda o'qituvchi boshqa fanlardan ma'lumot olganida ular juda hayratda qoladilar. Tushuntirish jarayonida talabalar o'qituvchini tinglashga (yoki tinglayotgandek bo'lishga) o'rnatiladi, shuning uchun ular nostandart shaklda taqdim etilgan ma'lumotlarni hayrat va qiziqish bilan qabul qiladilar (o'yin, lotereya, KVN, "Mo''jizalar maydoni", peri. ertaklar va boshqalar)
Nostandart darslarni har kuni takrorlash mumkin emas, chunki darsning o'rganish funktsiyasi yo'qoladi, bu aniq faoliyat turi uchun odatni rivojlantirishdan iborat. Shunday qilib, standart darslarni yomon va nostandartlarni yaxshi deb aytish mumkin emas. O'qituvchi o'sha va boshqa darslarni qurish arsenaliga ega bo'lishi kerak.
Har bir o'qituvchining asosiy vazifasi - har bir o'quvchiga mavzu bo'yicha kuchli va chuqur bilim berish, bolalarga ularning ichki imkoniyatlarini ko'rsatish, ularda o'rganishga, yangi narsalarni o'rganishga intilishni uyg'otish, bolalarni fikrlashga o'rgatish. tanqidiy, bilimlarini sinab ko‘rish, isbotlash. An'anaviy dars turlaridan tashqari bizda noan'anaviy yoki nostandart darslar, ya'ni nostandart tuzilishga ega bo'lgan darslar ham mavjud. Nostandart dars - bu o'quv materialining improvizatsiyasi.
Noan'anaviy rivojlantiruvchi ta'limni tashkil etish maktab o'quvchilarining aqliy faoliyat usullarini o'zlashtirish uchun sharoit yaratishni nazarda tutadi.

7-Mustaqil ta’lim


Mavzu:Ta’lim olganlikni tashxis etish. Iqtidorli o‘quvchilarni o‘qitish( Education of gifted children)
O'quvchilar ta’limiy yutuqlarini xalqaro baholash dasturi - PISA (Programm for International Student Assessment) tadqiqoti hisoblanadi. Bu tadqiqot birinchi marta 2000-yilda o'tkazilib, unda 32 mamlakatning 15 yoshli o'quvchilari qatnashgan. PISA da asosiy e’tibor o'quvchilaming o'qish, matematika va tabiiy fanlar (fizika, ximiya, biologiya)dan olgan bilimlarmi turli hayotiy 123 vaziyatlarda qo'llay olishlarini baholashga qaratilgan. Test Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tomonidan yetakchi xalqaro ilmiy tashkilotlar bilan konsorsiumda, milliy markazlar ishtirokida tashkil etiladi. Tadqiqotda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga aʼzo boʻlgan davlatlar, shuningdek, OECD bilan hamkorlik aloqalari boʻlgan davlatlar ishtirok etadi.
PISA tadqiqoti monitoring tadqiqoti boʻlib, u turli mamlakatlardagi taʼlim tizimlarida sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarni aniqlash va solishtirish, taʼlim sohasidagi strategik qarorlar samaradorligini baholash imkonini beradi. 2000-2015- yillar oraligʻida oʻtkazilgan tadqiqot natijalari boʻyicha bugungi kunda Sharqiy Osiyoda – Xitoy, Koreya, Singapur, Yaponiya, Yevropada - Finlyandiya, Estoniya, Shveytsariya, Polsha va Niderlandiya kabi mamlakatlarning oʻrta ta’lim tizimi yaxshi rivojlangan.
PISA testlari 5 ta yoʻnalish boʻyicha oʻqish, matematik savodxonlik, tabiiy-ilmiy fanlar, hamkorlikda muammolarni hal qilish va moliyaviy savodxonlik oʻtkaziladi. Testlarda asosiy eʻtibor oʻquvchilarning mazkur yoʻnalishlar boʻyicha eng asosiy tushunchalarni bilishi, bazaviy bilim va koʻnikmalarni egallagani, ulardan hayotiy vaziyatlarda foydalana olishiga qaratiladi.
PISA sinovlarida toʻrt xil sinov usulidan foydalaniladi:

  1. Bir javobli testlar;

  2. Bir nechta javobli testlar;

  3. Qisqa yoki batafsil javob yoziladigan savollar;

  4. Biror muammoning yechimi boʻyicha oʻquvchi fikri (odatda bunday savollarda tekshiruvchida umumiy javoblar boʻladi, oʻquvchi javobi test tuzivchi javobiga aynan mos kelishi talab qilinmaydi, oʻquvchi ijodkorligi qoʻllab quvvatlanadi).

Bundan tashqari testlar bilan bir vaqtda oʻquvchilardan anketalar ham olish nazarda tutilgan.
Xalqaro tadqiqot - PIRLS da turli mamlakatlar boshlangich maktablari bitinivchilarining matnni o'qish va uni tushunish darajasi baholanadi. Tadqiqot davriy ravishda - har besh yilda bir marta o'tkaziladi va hozirgacha besh marta: 2001, 2006, 2011, 2016 va 2021-yillarda o'tkazilgan.
PIRLS o'qish ta'limini takomillashtirish uchun dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilish imkoniyatini beradi. Davlatlar PIRLS dan quyidagi maqsadlarda foydalanadilar:

  • global miqyosida ta'lim tizimi darajasidagi yutuqlarning tendensiyalarini kuzatib borish;

  • yangi yoki qayta ko'rib chiqilgan ta'lim siyosatining ta'sirini kuzatib borish;

  • ta'limning zaif nuqtalarini belgilash va o'quv islohotini amalga oshirish;

  • PIRLS ma'lumotlarini tadqiq va tahlil qilish orqali o'qitish va o'qishni takomillashtirish;

  • adolatlilikni kuzatish yoki qo'shimcha sinflarda o'quvchilarni baholash kabi tegishli ishlarni olib borish;

  • o'qishni va o'qitishni o'rganish.

Matematika va tabiiy fanlarni oʻzlashtirish sifatini Xalqaro monitoring qilish va baholash tizimi TIMSS (ing. TIMSS -Trends in International mathematics and science study) - 4- va 8- sinf o'quvchilarining matematika va tabiiy yo'nalishdagi fanlardan o'zlashtirish darajasini baholash dasturi bo'lib, tadqiqot ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan tashkil etiladi.
TIMSS xalqaro baholash dasturida 4- va 8-sinf o'quvchilarining matematika va tabiiy fanlar bo'yicha egallagan bilim darajasi va sifatini solishtirish hamda milliy ta'lim tizimidagi farqlarni aniqlash bilan bir qatorda, qo'shimcha ravishda maktablarda matematika va tabiiy fanlar bo'yicha berilayotgan ta'lim mazmuni, o'quv jarayoni, ta'lim muassasasining imkoniyatlari, o'qituvchilar salohiyati, o'quvchilarning oilalari bilan bog'liq omillari o'rganiladi
TIMSS dasturi oʻzining birinchi tadqiqotini 1995-yilda boshlagan boʻlib, 2019-yilga qadar har toʻrt yilda 1999, 2003, 2007, 2011, 2015 va 2019-yillarda tashkil etib kelindi. Navbatdagi 8-davriylik 2023-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, 1995-yildan beri uch marta (oxirgi marta 2015-yilda) maktabning oxirgi sinfidagi o'quvchilarning yutuqlarini o'rganishni o'z ichiga olgan "kengaytirilgan" tadqiqot (Advanced TIMSS) o'tkazilgan (Oʻzbekistonda bu 11-sinf, AQShda 12-sinf va boshqalar)
TIMSS xalqaro tadqiqotining asosiy maqsadi boshlangʻich va oʻrta maktablarda matematika va tabiiy fanlar boʻyicha ta’lim sifatini qiyosiy baholashdan iborat.Tadqiqotda 4-8-sinf oʻquvchilarining ta’limdagi yutuqlari, jumladan, ularning nafaqat bilim va koʻnikmalari, balki fanlarga boʻlgan munosabati, qiziqishlari va oʻqishga boʻlgan motivatsiyasi ham baholanadi. Tadqiqot shunday tuzilganki, uning natijalari 4-sinf oʻquvchilari 8-sinfga oʻtganlarida, har 4 yilda ishtirokchi mamlakatlarda matematika va tabiiy fanlar boʻyicha taʼlim tendentsiyalarini kuzatib boradi. Shunday qilib, boshlang'ich va o'rta maktab o'quvchilarining ta'lim yutuqlari, shuningdek, boshlang'ich maktabdan o'rta maktabga o'tish davrida matematika va tabiatshunoslik ta'limidagi o'zgarishlar nazorat qilinadi.
TALIS– rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida
o‘qitish va taʼlim olish muhitini hamda o‘qituvchilarning ish sharoitlarini o‘rganish

8-Mustaqil ta’lim


Mavzu: Bolalar tarbiya jamoasi-yaxlit pedagogik jarayonning asosiy shakli.

Download 28.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling