Nizomiy nomidagi tdpu “Surdopedagogika” mutaxassisligi magistratura talabasi Shomuratova Shoira Raimberdiyevnaning 70110401-Maxsus pedagogika, defektologiya


Download 16.37 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi16.37 Kb.
#1467408
Bog'liq
taqriz Shoira


Nizomiy nomidagi TDPU “Surdopedagogika” mutaxassisligi magistratura talabasi Shomuratova Shoira Raimberdiyevnaning 70110401-Maxsus pedagogika, defektologiya (Surdopedagogika) mutaxassisligi bo’yicha magistr akademik darajasini olish uchun taqdim etilgan “Eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni lingvistik kompetensiyasini rivojlantirish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga
TAQRIZ
Ta’lim-tarbiya tizimi yurt taraqqiyotining asosiy poydevori bo‘lib, pedagogik faoliyatni har tomonlama puxta va aniq rejalar asosida tizimli tashkil etishni taqozo etadi. Bu sohada olib borilayotgan keng miqyosli ishlar, xususan, ta’lim-tarbiya bo‘yicha qabul qilingan umummilliy dasturlarimizni aytish mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, o‘zbek tili ta’limini takomillashtirish, yoshlarni milliy hamda umuminsoniy an’ana, qadriyatlarga sadoqat, ulug‘ ajdodlarimizning boy ma’naviy merosidan g‘ururlanish va ularni yanada boyitish ruhida tarbiyalash” bilan bog‘liq metodik ishlarni takomillashtirishni taqozo etadi.
So‘nggi paytlarda mamlakatimizda ta’lim mazmunini xalqaro ta’lim standartlari talablariga muvofiq yangilash borasida samarali yondashuvlar joriy etilmoqda. Xususan, kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan Davlat ta’lim standartlari, o‘quv reja va o‘quv dasturlari hamda yangi avlod darsliklari yaratilib, ta’lim oluvchilarning qobiliyatlari, o’quv va layoqatini rivojlantirish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Binobarin, mustaqil fikrli, har qanday vaziyatda munosib ish ko‘ra oladigan, e’tiqodida sobit, qat’iy pozitsiyaga ega, bir so‘z bilan aytganda, kompetentli shaxsni tarbiyalash jamiyat taraqqiyotining asosiy mezonidir. Xususan, Nizomiy nomidagi TDPU “Surdopedagogika” mutaxassisligi magistratura talabasi Shomuratova Shoira Raimberdiyevnaning 70110401-Maxsus pedagogika, defektologiya (Surdopedagogika) mutaxassisligi bo’yicha magistr akademik darajasini olish uchun taqdim etilgan “Eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni lingvistik kompetensiyasini rivojlantirish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi mavzusi dolzarb mavzulardan hisoblanadi. Dissertatsiya kirish, 3 bob, 6 paragraf, umumiy xulosa va metodik tavsiyalar, 105 nomdagi foydalanilgan adabiyotlar royxatidan iborat bo’lib, uning umumiy hajmi 80 sahifani tashkil etadi. Ishning kirish qismida tadqiq uchun tanlangan mavzuning dolzarbligi asoslanib, o’rganilganlik darajasi baholangan. Magistrlik dissertatsiyasiyasining kirish qismida muammoning dolzarbligi asoslanilgan, dissertatsiyaning maqsadi, farazi va vazifalari, ishning metod va bosqichlari, tadqiqotning ilmiy yangiligi, ishning ilmiy hamda amaliy ahamiyati, tadqiqot ob’yekti, ishning joriylanishi, tadqiqotning tuzilishi haqida ma’lumot beriladi. Tadqiqotning maqsadi, vazifalari, tanlangan ilmiy-tadqiqot metodlari, himoyaga olib chiqilayotgan holatlar, ishning ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati, shuningdek, ommalashtirilganlik darajasi haqida ma’lumot berilgan. Tadqiqotning vazifasi, ilmiy farazi, yangili va himoyaga olib chiqilayotgan holatlarnng bir-biriga mos kelishi dissertatsiyaning umumiy tavsifi belgilangan talablarga ko’ra to’la mos keladi. Dissertatsiyaning birinchi bobi “Eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni lingvistik kompetensiyasini rivojlantirishning nazariy asoslari” deb nomlangan bo’lib, bu bobda tadqiqot mavzusiga oid ilmiy ishlar, o‘zbek va chet el olimlarining tadqiqot muammosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tahlili o‘rin oladi. Dissertatsiyaning ikkinchi bobi “Eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni lingvistik kompetensiyasini rivojlanganlik holatini eksperemental o‘rganish” deb nomlanadi. Mazkur bobda Eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni lingvistik kometensiyasini rivojlanganlik holatini eksperemental o‘rganish bo‘yicha tadqiqotni tashkil etish va o‘tkazish metodikasi, eksperemental o‘rganish natijalari tahlili yoritib berilgan. Dissertatsiyaning “Eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni lingvistik kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyasi” deb nomlangan uchinchi bobida “Eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni lingvistik kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyasi” mazmuni hamda ta’limiy eksperiment natijalarining tahlili bayon etilgan. Dissertatsiya yuzasidan ishlab chiqilgan umumiy xulosa va tavsiyalar yaxlit tarzda tadqiqotning umumiy tavsifini o’zida aks ettirib, tadqiqotning vazifalariga mos holda shakllantirilgan. Shuningdek, tadqiqot ishi umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatini o‘z ichiga oladi. Tadqiqotning nazariy hamda amlaiy ahamiyati shundaki, dissertatsiyaning natijalaridan, tadqiqot jarayonida ishlab chiqilgan metodik tavsiyalardan defektologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari, xalq ta’limi tizimining barcha maxsus muassasalarining tarbiyachi, defektologlari, ota -onalar foydalanishlari mumkin. Nizomiy nomidagi TDPU “Surdopedagogika” mutaxassisligi magistratura talabasi Nizomiy nomidagi TDPU “Surdopedagogika” mutaxassisligi magistratura talabasi Shomuratova Shoira Raimberdiyevnaning 70110401-Maxsus pedagogika, defektologiya (Surdopedagogika) mutaxasisligi boyicha magistr akademik darajasini olish uchun taqdim etilgan. “Eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni lingvistik kompetensiyasini rivojlantirish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga O‘zR OO`MTV talablariga muvofiq yozilgan. Dissertatsiyani himoya uchun tavsiya etish mumkin.


Taqrizchi
Nizomiy nomidagi TDPU
Surdopedagogika va inklyuziv ta’lim
kafedrasi professori,
pedagogika fanlari doktori D.B.Yakubjanova
Download 16.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling