Nizomiy nomidagi tdpu tabiiy fanlar fakulteti


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/17
Sana17.06.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1534905
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
(2) Toyingan uglevodorodlar umumiy formulasi. (2)

 

 


29 
Xulosa 
Men ushbu kurs ishini bajarish davomida o‘zim uchun kerakli ma’lumotlarga 
ega bo‘ldim. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yuqoridagi takliflarni amaliyotda 
Har xil ko’rinishdagi masalalar o’quvchini mantiqiy fikrlashini rivojlantiradi
ayniqsa ularni bir-biri bilan taqqoslash zarur. Masalalar o’quvchilarga kimyoviy 
tushunchani shakllantirishga, hayotni kimyo bilan bog’lashga kimyoning nazariy 
asoslarining xatolarini topib tuzatishni o’rgatadi. Masalalar darsni turli xil qiziqarli 
va mazmunli qiladi. Bundan tashqari masalalar o’quvchilar uchun katta tarbiyaviy 
ahamiyatga ega. Chunki ular o’quvchida ijobiy o’zgarishlarni ya’ni qat’iylikni, 
jiddiylikni, erkinlikni, o’z ishida javobgarlikni, tarbiyaviylikni, ozodalikni va har 
qanday qiyinchiliklarga tayyorligini ta’minlaydi. Kimyoni ajoyib o`zgarishlar 
industriyasi dеyish mumkin. U tabiatda bulmaydigan matеriallarni sintеz qilishga 
ulardan turli-tuman mashina va asboblar yaratish uchun, turar joy binolari qurish va 
xalq istе'mol mollari ishlab chiqarish uchun foydalanishga imkon bеradi.
Kimyo sanoati sintеtik kauchuk, plastik massalar, sun'iy tola, sun'iy yokilg`i 
bo`yoqlar, dori-darmonlar va boshqa juda ko`p moddalar ishlab chiqaradi. Ko`plab 
miqdorda asosiy kimyo sanoatining mahsulotlari-kislotalar, ishqorlar, tuzlar ishlab 
chiqariladi. Qishloq xo`jaligida minеral o`g`itlar o`simliklarni himoya qilishning 
kimyoviy vositalari, ularning o`sishini tartibga soluvchi moddalar, hayvonlar 
ozuqasiga qo`shiladigan kimyoviy moddalar, ko`pchilik polimеr matеriallar kеng 
ko`lamda ishlatiladi.
Mamlakatimizni industriyalashning asosi bo`lgan mеtallar, kimyoviy 
usullardan foydalanib olinadi va ularning karroziyalanishi ximiyaviy usullar bilan 
muhofaza qilinadi. Kimyoning ilmiy tеxnika taraqqiyotining rivojlanishidagi 
ahamiyati shundan iboratki. Rakеtalarni harakatga kеltiradigan yoqilg`i, rakеtalar 
yasashda qotishma va mеtallarni, skafandrlar kabilarni kimyo fanisiz tasavvur qilib 
bo`lmaydi. Kеyingi vaqtlarda atrof muhitni muxofaza qilish insoniyat oldida turgan 


30 
eng muhim masalalardan biri bo`lib qolgan ya'ni oqar suvlarni tozalash, suv va 
havoning tozaligini nazorat qilib turish va hokazo massalarni kimyo fani hal qiladi. 
Mustaqil respublikamizni ilmiy-texnika taraqqiyoti asosida sotsial iqtisodiy 
rivojlantirish dasturi ishlab chiqilgan bo`lib, xalq xo`jaligini sifat jihatdan qayta 
ko`rib yanada yuqori pog`onalarga ko`tarish uchun qator masalalarga kompleks va 
sistemali ravishda yondashilgan holda ish ko`rila boshladi. Muhim yo`nalishlar 
rivojlanishini ta`minlab , ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yanada oshirish, 
iqtisodiy rivojlanishni yangi izga solish, boshqarishning samarali usullaridan 
foydalanib, sotsial muammolarni keng ko`lamda kompleks holda hal etish va bu 
masalalarni hal etishda asosiy omillardan biri ham kimyoga kelib taqaladi. Mustaqil 
mamlakatimizda kimyoga oid qator sanoatlar tez suratlar bilan rivojlanmoqda, yirik 
kimyo korxonalari barpo etilmoqda, chunonchi ularda o`nlab tonna fosfor, sirka 
kislota angridi, sirka kislota, ammiak, ammoniy, nitrate, azot kislota, soda, sement, 
shisha, karbamid, paxta selluloza, akrilatnitrit, kaprolaktam, atsetilen, etilen nitron, 
kapron va atsetat tolalar va xalq xo`jaligini rivojlantirish uchun zarur bo`lgan 
ko`pgina boshqa mahsulotlar respublikamiz mintaqalaridagi er osti va usti 
zahiralaridan foydalanib ishlab chiqarilmoqda. 


31 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling