Zr -Mendeleyev davriy sistemasining IV guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 40, atom massasi 91,22. Tabiiy Sirkoniyning 5 ta izotopi bor; 90Zr (51,46%), "Zr (11,23%), 92Zr (17,11%), 94Zr(17,40%) va %Zr (2,80%). Sirkoniyning sunʼiy yoʻl bilan 2 ta radioaktiv izotopi 93Zr (T1/2=1,1106-yil) va 95Zr (T|/2=65 kun) olingan; ular radioaktiv indikatorlar sifatida ishlatiladi.
Sirkoniyni Sirkoniy Klaprot 1789-yilda kashf qilgan, u sirkon mineralini analiz kilib, yangi element oksidini ajratib olgan (sirkon soʻzi arabcha Zerk — qimmatbaho tosh yoki forscha Zargun — oltin tosh demakdir).
. Sirkoniy ziynat tosh sifatida qadimdan maʼlum. Yer poʻstining massa jihatidan 2102% ini tashkil qiladi. Sirkoniyning sirkon (ZrSiO4) va baddeleit (ZrO2) nomli minerallari maʼlum.
Sirkoniy kumush kabi yaltiroq, qattiq, bogʻlanuvchan, plastik metall. Sirkoniyning a- va (3-modifikatsiyalari maʼlum. osS. geksagonal panjarada, (}- Sirkoniy hajmiy markazlashgan kub panjarada kristallanadi. Sirkoniyning zichligi 6,46 g/sm³ (20° da), suyukdanish temperaturasi 1852°, qaynash temperaturasi 3580—3700°.
Sirkoniy kimyoviy xossasi jihatidan gafniytya oʻxshash. Koʻpchilik metallar bilan qotishmalar hosil qiladi. Elektr va issiqlikni yomon oʻtkazadi. Sirkoniyning gidridi kulrang tusli moʻrt metallsi-mon kukun. Sirkoniy ftorid kislota NGʻ bilan nitrat kislota HNO3 aralashmasida eriydi.
Sirkoniy yuqori temperaturada kimyoviy ji-hatdan juda faol. Bu sharoitda u galogenlar, kislorod, oltingugurt, uglerod va azot bilan shiddatli reaksiyaga kirishadi. Sirkoniy oʻz birikmalarida 4 valentli. Sirkoniy kislorod atmosferasida qizdirilsa, oq tusli sirkoniy (GU)-oksid ZrO2 hosil boʻladi. Bu modda suvda ham, suyultirilgan kislota va ish-qorlarda ham erimaydi

Etiboringiz uchun raxmat
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |