Ta’lim sifatini o’zgartirishda o’qituvchi kompetentligining roli:
Tashkilotchi ijtimoiy pedagog talabalarni mustaqil hayotga tayyorlash;
Fasilitator (guruh yetakchisi) guruhda ijobiy-psixologik muhit yaratadi;
Metodist ta’lim jarayonida talabalarning muammoni yechimlariga yordam beradi va qo’llab-quvvatlaydi;
Tadqiqotchi-novator yangilik yaratuvchi, muntazam ravishda o’z ustida ishlaydi, yangi g’oyalar yaratadi.
O’zaro ta’sir ko’rsatuvchi jamoa bo’lib ishlay oladi va ishlashga o’rgatadi;
Maslahatchi shaxsiy namunasini o’rgatadi;
Xalqimiz kelajagi mustaqil O’zbekistonning istiqboli ko’p jihatdan o’qituvchining saviyasiga, faoliyatiga, yosh avlodni o’qitish va tarbiyalashdagi mahoratiga bog’liq. Kelajak avlod haqida qayg’urish, sog’lom barkamol avlodni tarbiyalash, boyaga yetkazishda intilish milliy vazifamizdir. Shu bois, mamlakatimizning istiqbol yo’lidagi birinchi qadamlarida buyuk madaniyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish milliy ta’lim tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash bugunig kompetentli o’qituvchining asosiy vazifasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |