Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika instituti
Pedagogik kreativlikning o’qituvchi psixologiyasi bilan bog’liqligi
Download 236.96 Kb.
|
Tarbiya jarayonini tashkil etishda o’qituvchining kreativ yondashuvi
2.3. Pedagogik kreativlikning o’qituvchi psixologiyasi bilan bog’liqligi
O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim kontseptsiyasida mutaxassis vazifalari quyidagicha belgilangan: «mutaxassis o`z faoliyati, sohasidan qat`i nazar, ijodiy jamoalarda ishlay olish qobiliyatiga, menejment va marketing sohalarida tayyorgarlikka ega bo`lishi, yangi texnologiyalarni joriy etishning xo`jalik, ijtimoiy va madaniy jihatlarini aniq tasavvur qmla olishi kerak». Ushbu fikrlar o`qituvchilarga ham bevosita ta’aluqli. Chunki jamiyatimizda sodir bo`layotgan tub o`zgarishlar, bozor munosabatlariga kirib borishimiz o`qituvchidan nafaqat kasbiy bilimlarni, balki iqtisodiy, yuridik, texnikaviy bilimlardan ham xabardor bo`lishni hamda bunday yangiliklarni o`zining pedagogik faoliyatiga bolalarni har tomonlama kamol toptirishga doir ijodkorona (kreativ) foydalana bilishni taqozo qilmoqda. Bu o`rinda boshlang`ich sinf o`qituvchisi xususida alohida to`xtalmoq zarur. Chunki boshlang`ich sinf o`qituvchilari boshlang`ich sinf bolalarining yosh, individual hamda psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda o`zlarining pedagogic faoliyatlarini olib borishi talab etiladi. Vaholanki, bola shaxsning shakllanishida pedagogik hamda psixologik mexanizmlar faol ishtirok etadi. Ya`ni shaxsning shakllanishida irsiyat, muhit, tarbiya, faoliyat bilan bir qatorda insonning iski kechinmalari, tushunchalari, ruhiyati, havotorlari va qiziqishlari kabi ko`plab psixologik hususiyatlar, holatlar va jarayonlar xam asosiy o`rinni egallaydi. Shu nuqtay nazardan aytish joizki, bola shaxsiga ta`sir etayotgan turli xil omillar, albatta, insonning ruhiyati, sezgilari, his-xayajonlari, fikr-muloxazalari chizgisida namoyon bo`ladi. Boshlang`ich sinf o`qituvchilarining kreativligi bolalarning psixologik xususiyatlarini bilishda ko`zga tashlanadi. Xar bir fanning o`z ob’ekti, o`rganadigan soxasi mavjud. Masalan, zoologiya hayvonlar, ular organizmining to`zilishi, yashash sharaitini o`rgansa, astronomiya osmon jismilari, ularning xususiyatlarini o`rganadi. Psixologiya ham alohida fan bo`lib, voqelikning alohida soxasi bo`lgan psixik (ruxiy) xayotni o`rganishi bizga ma`lum. Chunki “Psixologiya” so`zining o`zi yunoncha psyuxe (rux, jon) va logos (so`z, ilm) degan ikki so`zdan olinib, «rux haqidagi ilm» degan ma`noni bildiradi. Lekin uning bu ma’nosi xozirgi zamon psixologiyasining asl mazmunini ochib bera olmaydi. Chunki hozirgi psixologiya Download 236.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling