Ғишт териш ишлари учун технологик карта
Download 0.97 Mb.
|
Matkarimov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Berilgan topshiriqga asosan qo‘llaniladigan yig‘ma konstruksiya.
- Stakansimon poydevorlarni o‘rnatish sxemasi.
- Kran osti to‘sinlarining o‘rnatish sxemasi.
- Mehnat sarfi va ish xaqi kalkulyatsiya jadvali.
- Montaj ishlarini xavfsiz bajarishga oid tadbirlar.
- Foydalanilgan adabiyotlar. M U N D A R I J A KIRISH
M U N D A R I J A KIRISH O`zbekiston so‘ngi yillarda barcha sohalar kabi qurilish sohasini rivojlantirishga ham alohida e’tibor bermoqda. Tizimni yanada takomillashtirishga qaratilgan hukumat va davlat rahbarining farmon hamda qarorlari, qabul qilingan davlat dasturilari, ular ijrosini ta’minlash, tarmoqda islohatlar samaradorligini oshirish bo`yicha olib borilayotgan tadbirlar natijasida bunyodkorlik ko‘lamlari tobora kengayib bormoqda. Qurilish tuzilmalarini montaj qilish usullarini tanlash, ishlatiladigan yuk ko‘taradigan montaj uskunalariga qurilish maydoniga keltirilgan yig‘ma temirbeton elementlarininig yiriklashtirilganlik darajasiga, elementlarning va bloklarning loyixada ko‘rsatilgan joyiga o‘rnatish ketma-ketligi tartibiga, prolyotga nisbatan montajchi kranning xarakat yo‘nalishiga tuzilmalarni tayanch nuqtasiga yo‘naltirishga va uni o‘rnatish usullariga bog‘liq bo‘ladi. Bir qavatli sanoat binolarining yig‘ma temir-beton tuzilmalarini montaj qilishda asosan yuk ko‘taruvchi kranlardan foydalaniladi. Bu «kran»li montaj qilish uuli deb nomlanadi. Yig‘ma temir-beton tuzilmalar yoki yiriklashtirilgan bloklar transport vositalaridan kranlar yordamida ko‘tarib olinib, loyixada ko‘rsatilgan joyiga o‘rnatiladi va vaqtinchalik xamda doimiy bog‘lovchilar yordamida maxkamlab qo‘yiladi. Bir qavatli sanoat binolarining tuzilmalarini montaj qilishda ko‘proq o‘zi yurar va avtomobil kranlaridan foydalaniladi. Bu turdagi kranlarning turli sharoitlarda ishlay olishi, xarakatchanligi va katta yuk ko‘tarish qobiliyatiga egalik xususiyatlari ularning keng miqyoslarda ishlatish imkonini beradi. Qurilish sohasi mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan sohalardan hisoblanadi. Ushbu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning soni 3086 tani tashkil etdi. Qurilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni ushbu sohaning quyidagi yo‘nalishlari kesimida qaralganda; binolar va inshootlar qurilishi yo‘nalishi 52,1 foiz ulushni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 77,5 foizga toʻgʻri keldi; fuqarolik obyektlarini qurish yo‘nalishi 11,9 foiz ulushni tashkil etib, o‘sish sur’ati 100,5 foizga yetdi; ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo‘nalishi 35,9 foiz ulushni va 75,3 foizni tashkil etdi. 2023- yilning yanvar-aprel oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 60,7 %i to‘g‘ri kelib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 1,4 % punktga kamaydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2022- yilning yanvar–aprel oylariga nisbatan 106,8 %ni tashkil etgan holda 2360,3 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi. Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 72,4 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi. Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan esa 3818,4 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi mos ravishda 1,9 % va 98,1 %ni tashkil etdi. Bino va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 21,0 %ni tashkil etib, 2022- yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 2,2 % punktga ko‘paydi. Ushbu faoliyat turida kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan ulush 2022- yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan 0,4 % punktga kamayib, 40,3 %ni tashkil etdi. Norasmiy sektorning ulushi esa 2022- yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan 1,7 % punktga ka‘mayib, 38,7 %ni tashkil etdi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling