Ғишт териш ишлари учун технологик карта
Montaj moslamalar jadvali
Download 0.97 Mb.
|
Matkarimov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuk ushlash va montaj moslamalarini tanlash.
- Montaj ishlarini bajaruvchi kranni tanlash.
- Montaj uchun tanlangan kran turi
- Montaj ishlarini xavfsiz bajarishga oid tadbirlar.
- TEXNIK-IQTISODIY KO‘RSATKICHLAR
- Foydalanilgan adabiyotlar
Yuk ushlash va montaj moslamalarini tanlash. Yuk ushlash moslamalari hisoblangan stroplar, traversalar va konstruktsiyalarni vaqtinchalik mahkamlashda qo’llaniladigan ponasimon tiqin, konduktor, tortqi, tirgaklar tegishli qo’llanmalar (5,6) asosida yoki ilovadagi 1-jadvaldan tanlanadi. Strop, traversa va boshqa moslamalar montaj qilinadigan har bir konstruktsiya uchun tanlanadi. Traversalar uzun o’lchamli va og’ir konstruktsiyalarni montaj qilishda qo’llaniladi. O’lchamlari bir-biriga yaqin bo’lgan konstruktsiyalarni bitta turdagi strop yordamida montaj qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi. U yoki bu turdagi moslamani tanlashda moslama konstruksiyasining oddiyligi va masofadan boshqarish imkoniyatini e’tiborga olish kerak. Qabul qilingan yuk ushlash va montaj moslamalari jadval ko’rinishiga keltiriladi. (4-jadval) Montaj ishlarini bajaruvchi kranni tanlash. Texnik faktorlarga (binoning o‘lchamlari, elementning og‘irligi, gabariti, yig‘ma elementlarni binoning qaysi qismida joylashganligi)ga ko‘ra kranning quyidagi parametlari aniqlanadi: yuk ko‘tarishi; strela qaysi masofada joylashgan elementlarni montaj qila olishi (kranning, yuk ko‘tarish yelkasi); ilgakni ko‘tarish balandligi. Yuqoridagilarni aniqlagach turli xil kranlarning texnik xarakteristikalari berilgan adabiyotlardan, so‘rovnomalardan zarur bo‘lgan kranni texnik parametrlari bir-biriga yaqin yoki kamroq farqlanadigan ikki variantda tanlab olamiz. O‘ziyurar kranlar bir qavatli sanoat binolarini tuzilmalarini montaj qilishda ko‘proq foydalaniladi. Ularning texnik parametrlari quyidagi formula bilan aniqlanadi. Kranning yuk ko‘tarish balandligi quyidagicha aniqlanadi. h + hz + he + hs +hn, m; bu yerda: h - montaj qilinayotgan elementning tayanchini kran turgan yuzadan balandligi; hz - montaj qilinayotgan elementni o‘rniga qo‘yish vaqtida mo‘ljalash uchun zarur bo‘lgan balandlik, 0,5:0,8 m chamasida olinadi; he - montaj qilinayotgan elementning balandligi (qalinligi); hs - elementlarni ko‘tarishda foydalaniladigan moslamalarning balandligi; hn - polispastaning uzunligi. 24m li ferma montaji uchun kran hisobi: H=8,4+0.5+3.3+4.3+2=18,5 Tomyopma plitalarni montaj qilish uchun kran tanlash hisobi: H=11,4+0.5+0.3+2+2=16,2 Kranning yuk ko‘tarish qobiliyati esa quyidagi formula orqali topiladi. bu yerda: Qel - binoning eng og‘ir elementi; qmos - eng og‘ir elementini montaj qilish uchun zarur bo‘lgan moslamaning og‘irligi. Montaj uchun tanlangan kran turi KS-35714K-2 avtomobil krani qurilish-montaj ishlab chiqarish uchun mo'ljallangan oddiy yuklarni yuklash va tushirish operatsiyalari. Asosiy shassi - KAMAZ-43118 ekologik sinf 5. Kuchlanish quvvati-176 kVt. Maksimal yuk ko'tarish quvvati 16 tonna. Kranning harakatlantiruvchi mexanizmi - ish operatsiyalarini birlashtirish imkoniyati bilan gidravlika. Strela - teleskopik uch qismli. Teleskopik bom - gidravlik silindr va tizim. Strela uzunligi- 17m. Yuk ko`tarish balandligi-18.4m Montaj ishlarini xavfsiz bajarishga oid tadbirlar. Konstruktsiyalar montajini bajarish loyixasida me’nat sharoiti xavfsizligini taominlash uchun quyidagi tadbirlar ishlab chiqilishi kerak: 1) Montaj zonalarining o’rab olinishi; 2) Ishlarni 2 va 3 smenali qilib tashkil etilganda ish o’rinlarini yoritishni ko’zda tutish 3) Binoning montaj qilingan qismini va aloxida konstruktsiyalar turg’unligini taominlovchi montaj ketma-ketligini ishlab chiqish; 4) Yuk ko’taruvchanligi ko’tariluvchi elementlar massasiga mos keladigan va elementlarni xavsiz ko’tarishni taominlaydigan yuk ushlash moslamalarini tanlash; 5) Montajchilar ishlashi uchun zarur bo’lgan so’ri va narvonlarni tanlash; 6) Konstruktsiyalarni vaqtinchalik ma’kamlash vositalarini tanlash; 7) Konstruktsiyalarni taxlash usullarini ishlab chiqish. TEXNIK-IQTISODIY KO‘RSATKICHLAR Montaj ishlarining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari sifatida quyidagilar aniqlanadi: 1t yoki 1m3 tuzilmani montaj qilish tannarxi; ishchining bir smena mobaynida bajargan ish miqdori, t/ishchi sm; 1t yig‘ma temir-beton montaj qilishga ketgan mehnat sarfi t/ishchi –soat; binoni to‘liq montaj qilish uchun ketgan mehnat sarfi, ishchi-kun; 1t temir betonni montaj qilishga ketgan mehnat sarfini quyidagicha aniqlanadi. ishchi-kun/t bu yerda: Q - binoni montaj qilish uchun ketgan mehnat sarfi V - montaj qilinadigan temir-beton hajmi, t. Bu smenada mobaynida ishchining bajargan ish miqdorini quyidagicha aniqlanadi. ishchi-kun/t bu yerda: T - kalendar grafigidan olingan montaj ishlarini bajarishga ketgan mehnat sarfi, bu aloxida protsesslarni bajarishga ketgan mehnat sarflarini yig‘indisiga teng bo‘ladi. XULOSA Menga “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasining topshirig‘iga asosan “Bino va inshootlar barpo etish texnologiyasi” fanidan kurs loyihasi sifatida ‘‘Bir qavatli sanoat binosi binosini temir-beton sinchini montaj qilish texnologiyasi’’ mavzusi berilgan. Mazkur kurs loyiha ishini bajarish jarayonida o‘qish davrida olgan nazariy bilimlarimni boyitib yanada mustahkamladim. Olgan bilimlarimga tayangan holda bir qavatli sanoat binosini texnologik montaj ishlarini amalga oshirdim. O‘zbekiston Respublikasining o‘zgaruvchan iqlim sharoitini hisobga olish, deyarli barcha hududlari zilzilali tumanlarda joylashganligi uchun binolarning seysmik mustahkamligini ta’minlash alohida ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun men ham o‘z loyihamda binoning zilzilabardoshligini ta’minlash bo‘yicha barcha zaruriy konstruktiv chora-tadbirlarni hisobga olishga va kontinental iqlim sharoitiga mos bo‘lishiga harakat qildim. Tanlangan materiallar yuqori markada, sifatli bo`lishi ishning sifatini oshiradi. Kurs loyihasida ishchi kran harakat yo`li, montaj qilish nuqtasi, poydevor va poydevor osti to`sini, ustun montaji, kran osti balkasi, ferma va ferma osti fermalari montaji, plita montaji ishlarini chizmada ko`rsatim o`tdim. Bundan tashqari konstursiyalarning xususiy og`irligi va ish xajmini aniqlab oldim. Shundan so`ng esa ishchi smena, ishchilar soni, ishchi kunlarni aniqlashtirib olib 3-jadvalga joylashtirib chiqdim. 69 ishchi kun davomida men loyihalagan bir qavatli sanoat binosining temir-beton sinchini montajlarini o`z yakuniga yetkazish mumkinligi aniqlashtirildi. Bu kurs loyihasida men qurilish jarayonlarini tashkil etish borasida o`z bilimlarimni mustaxkamlab oldim. Foydalanilgan adabiyotlar [Bozorboyev N], X.I.Yusupov, R.A.Norov, Ilmuradov, V.Rasulov, B.T.Xushnazarov va b. “Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi”. Darslik, “Arxitektura qurilish integratsiya va innovatsiya markazi” ТAQI, 2015 yil. Умурзақов Э.К., Хамидова М.А. “Бино ва иншоотлари барпо этиш технологияси”. Дарслик. Фарғона –техника. 2001й. Tojiyev R.J., Abdullayev I.N. Qurilish mashinalari. Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 2-qism. Fargona, 2021yil. Construction and building Technology. E.Keith Blankenbaker. Copyright@2013. Manufactured in the United States of America. Principles and Practices of Commercial construction. Cameron K. Andres., Ronald C. Smith. 2007. [Bozorboyev N], Xushnazarov B.T., S.Sulaymanov, X.I.Yusupov, A.T.Ilyasov, Xushnazarov O.B. “Qurilish mashinalari”. O‘quv qo‘llanma, “Arxitektura qurilish integratsiya va innovatsiya markazi” TAQI, 2015 yil. Akbarov A. “Qurilish mashinalari” Oliy o‘quv yurtlari uchun “Sanoat va grajdan qurilishi” ixtisosligilari uchun o‘quv qo‘llanma. T., O‘qituvchi. 1992 y. Ангизитова В.А. Технология возведения зданий и сооружений М. АСВ.2000. ҚМҚ 3.03.01-98. Юк кўтарувчи ва тўсувчи конструкциялар. Тошкент, 1998. ҚМҚ 3.01.02-00. Қурилишда хавфсизлик техникаси. Тошкент, 2000. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling