Ғишт териш ишлари учун технологик карта


Berilgan topshiriqga asosan qo‘llaniladigan yig‘ma konstruksiya


Download 0.97 Mb.
bet2/5
Sana18.10.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1708445
1   2   3   4   5
Bog'liq
Matkarimov

Berilgan topshiriqga asosan qo‘llaniladigan yig‘ma konstruksiya.
Bir qavatli sanoat binolarini tuzilmalarini o‘zi yurar kranlar yordamida o‘rnatiladi. Odatga ko‘ra, kranlar proletni o‘rtasiga joylashtiriladi (bundan tashqi devor panellarini montaj qilish mustasno). Poydevor bloklarini, ustunlarni, kran osti balkalarini, stropila tuzilmalarini o‘rnatish vaqtida o‘zi yurar kranlarning xarakat sxemasi prolyotlarning kengligiga va tuzilmalarning og‘irligiga bog‘liq bo‘ladi. Agar prolyotning kengligi 24mgacha bo‘lib tuzilmalar uncha katta og‘irlikka ega bo‘lmasa, kran prolyotning o‘rtasidan yurib ikkala tomondagi elementlarni montaj qilib ketaveradi. Prolyotning kengligi 24mdan katta bo‘lib, tuzilmalarning og‘irligi xam katta bo‘lsa, bu xolda kran prolyotning chekkasidan yurib tuzilmalarni montaj qiladi 6 m li tom yopmalari plitasining montaj qilish xam kranni prolyotning o‘rtasiga o‘rnatib bo‘ylama xarakat asosida tashkil etiladi. Ko‘ndalang xarakatda esa xar bir yacheykada montaj qilinadi. So‘nggi xolda kranning nayzasini uzunligiga bo‘lgan talab ancha kamayadi.
Blokni o‘rnatish 
Bloklarni o'rnatishni boshlashdan oldin, quruvchilardan biri temir-beton konstruktsiyalardagi o'rnatish halqalarining holatini tekshiradi, egrilik bo'lsa, ular bolg'a bilan to'g'rilanadi.
Bundan tashqari, oynaning chetida, bo'yoq yordamida, blok o'qlari joylashishining dizayn tomonlarini ko'rsatadigan belgilar qo'llaniladi. Bitta o'rnatuvchi blokni o'rnatadi, kran kabellarining ilgaklarini o'rnatish halqalariga bog'laydi. Slinging, temir-beton konstruktsiyasining o'lchamlariga qarab, ikki yoki to'rtta kanca bilan amalga oshirilishi mumkin.





Stakansimon poydevorlarni o‘rnatish sxemasi

Ustunlarni o‘rnatishdan oldin poydevorlar asboblar yordamida tekshiriladi (ularning rejada joylashishi, balandlik bo‘yicha o‘rni), zarur bo‘lgan xollarda esa stakanning ostiga qorishma quyiladi. Engil ustunlar (og‘irligi 8 tonnagacha bo‘lgan) montaj qilingunga qadar poydevorlarga yaqin joylarga o‘rnatishga qulay qilib kran radiusi atrofida oldindan yotqizib chiqiladi, og‘ir ustunlar esa soatma-soat bo‘yicha tuzilgan grafik asosida tashib keltiriladi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri transport vositalaridan olib montaj qilinadi. Ustunlarning rejada o‘rnatilishini to‘g‘ri, noto‘g‘riligini ustunlarga va poydevorlarga chizilgan maxsus chiziqlarni moslash orqali tekshiriladi, tikligini esa teodalit yoki shovunlar orqali aniqlanadi. Tayanch yuzalarini otmetkasini esa nivelir yordamida tekshiriladi. Baland bo‘lmagan (12 m gacha) ustunlarni vaqtinchalik maxkamlash konduktorlar yoki ponalar yordamida bajariladi. Ponalar ustunning kengligi 400 mm gacha bo‘lsa 1 tadan, 400 mm dan katta bo‘lsa xar bir tomoniga 2 tadan qoqiladi. Uzun ustunlar (12m dan ortiq) yuqorida aytilgan maxkamlash usullaridan tashqari sim arqonlar yordamida xam mahkamlab qo‘yiladi. Ustunlarni ko‘tarishdan oldin ularga montaj suppachalari, shotilar yoki belbog‘lar (xomut) osib qo‘yilgan bo‘lishi zarur. Kran osti to‘sini (podkranovoy balka) ni aloxida mustaqil potok sifatida bajariladi. Ustun va poydevor orasidagi chokka qo‘yilgan beton qorishmasi 70% loyixada ko‘rsatilgan musta’kamlikka erishgandan so‘ng kran osti to‘sinini montaj qilishga ruxsat beriladi. Bu tuzilmani transport vositasidan tushilmasdan, to‘g‘ridanto‘g‘ri loyixada ko‘rsatilgan o‘rniga montaj qilish tavsiya etiladi. To‘sinlarni, ustunlarga o‘rnatish chizilgan o‘q chiziqlari bo‘yicha bajariladi va ankerli boltlar yordamida vaqtinchalik ma’lanadi. Doimiy maxkamlash esa montaj zaxvatkasi yoki temperatura bloklari chegarisida geodezik asboblar yordamida to‘sinlarni xolati to‘g‘riligi tekshirilgandan so‘ng, to‘sinlardagi bog‘lovchi elementlarni ustunlardagi maxkamlovchi elementlariga payvandlab biriktiriladi. Ustunlarni o‘rnatish jarayonida quyidagi mashina, mexanizmlardan va boshqa yordamchi moslamalardan foydalaniladi:

  • Montajchi kran

  • Temir-betondan yoki temirdan yasalgan pona

  • Konduktor

  • Teodalit

  • Nivelir

  • Montajchilar nomi

  • Metr

  • Ruletka

  • Belkurak

  • Bosqom

  • Mo‘y qalam

  • Moyli bo‘yoq


Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling