Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika Maktabgacha ta’lim fakulteti talabalari o‘rtasida 5 Tashabbusning 4-tashabbusi “Yoshlar O‘rtasida kitobga bo‘lgan mehrini orttirish ” maqsadida o‘tkazilgan “Zakovat” intelektual o‘yini
B A Y O N N O M A S I
2023-yil 12-aprel
|
Toshkent shahri
|
Qatnashdi:
|
Maktabgacha ta’lim fakulteti Yoshlar ittifoqi yetakchisi Iskandarov.N
Tarix fakulteti Yoshlar ittifoqi yetakchisi J.Qochqorov
|
Kun tartibi:
1. “Yoshlar O‘rtasida kitobga bo‘lgan mehrini orttirish” maqsadida o‘tkazilgan “Zakovat” intelektual o‘yini to‘g‘risida.
So‘zga chiqdi: Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yilning mart oyida beshta muhim tashabbus ilgari surildi. Bu – yoshlarni madaniyat, san’at va sportga keng jalb etish, ularda zamonaviy axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash vazifalarini o‘z ichiga oladi. To‘rtinchi tashabbus – yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha ham ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan fakultetda Zukko o‘quvchilar ishtirokida Zakovat intelektual o‘yini tashkil qilindi va bu o‘yin jarayonini ochiq deb e’lon qilaman.
So‘zga chiqdi: Maktabgacha ta’lim fakulteti Yoshlar ittifoqi yetakchisi N.Iskandarov 12.04.2023-yil sanada ilg‘or, shijoatkor, zukko talabalari bilan birgalikda, ularni bilimlarini sinab ko‘rish, hamda, yangi bilimlarni mustahkamlash maqsadida “Zakovat” intelektual o‘yini tashkil etildi. Shu munosabat bilan ushbu intelektual o‘yinimizni ochiq deb e’lon qilaman. Talabalardan tashkil topgan jamoalar bellashib o’z o’rinlarini egallab tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
QAROR QILINDI:
Talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan To‘rtinchi tashabbus – yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tashkil qilingan ''Zakovat'' intellektual o‘yini namunali tarzda o‘tkazilgan deb topilsin;
Kitobxonlikni keng targ‘ib qiluvchi bunday intelektual o‘yinlar muntazam ravishda tashkil qilinsin
Maktabgacha ta’lim fakulteti
Yoshlar ittifoqi yetakchisi N.R.Iskandarov
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Maktabgacha ta’lim fakulteti talabalari o‘rtasida 5 Tashabbusning 4-tashabbusi “Yoshlar O‘rtasida kitobga bo‘lgan mehrini orttirish ” maqsadida o‘tkazilgan “Zakovat” intelektual o‘yini foto lavhalar
Do'stlaringiz bilan baham: |