Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika universiteti 5111600 – Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi


Download 19.29 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi19.29 Kb.
#1604452
Bog'liq
jamilov ташқи тақриз


Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika universiteti
5111600 – Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi

4-kurs 401-guruh talabasi Jamilov Jasurbek Habib o’glining
Dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyatini yoritishda milliy g’oya omilidan samarali foydalanish texnologiyalari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga
TAQRIZ
Bugungi globallashuv jarayonida g‘oyaviy, mafkuraviy kurashlar hamda axborot xurujlari dolzarb muammolardan biri bо‘lib kelmoqda. Shu sababli о‘quvchi-yoshlarda ushbu xurujlarga qarshi mafkuraviy immunitetni oshirish zaruriyati paydo bо‘ldi. Bugungi kunda oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarni o‘qitishda “Dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyatini yoritishda milliy g’oya omilidan samarali foydalanish texnologiyalari” mavzusida ilmiy ishlar amalga oshirilmoqda va bu borada tizimni yanada takomillashtirishga doir qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Yurtimizda ta’lim-tarbiya masalasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmuni “O‘zbekiston ta’lim sifati bugungi davr talablariga to‘laqonli mos bo’lishi” ga qaratilgan. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz deb nomlangan kitoblarida: “...axborot-kommunikatsiya tizimlarining keng qo‘llanilishi, davlat boshqaruvining elektron shaklda tashkil etilayotgani, bu yaxshi albatta, o‘z navbatida, axborot xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rishni hayotning o‘zi taqozo etmoqda.” deb ta’kidlaydi.
Bitiruv malakaviy ishi kirish, asosiy mazmunini yorituvchi uchta bob, umumiy xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalarni tashkil etadi.
Bitiruv malakaviy ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi va zarurati asoslangan, tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga bog‘liqligi ko‘rsatilgan bo’lib, unga ko’ra mamlakatimiz va xorijiy davlatlar olimlarining mafkuraviy va axborot xurujlariga qarshi kurashishning o‘ziga xos sharhi berilgan, magistrlik dissertatsiyasining maqsadi, vazifalari, obyekti, usullari, ilmiy yangiligi, natijalarining ishonchliligi, tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati ko‘rsatilib to‘liq ifoda etilgan. Bitiruv malakaviy ishining “Dunyoda yuz berayotgan geosiyosiy jarayonlar: namoyon bo’lish xususiyatlari, rivojlanishi” deb nomlangan birinchi bobida geosiyosat va geosiyosiy jarayon tushunchalari tavsifi va mazmuni turli olimlar tomonidan o‘rganilganligi yoritib berilgan. Talaba barcha mavzuga oid adabiyotlardan foydalanishga harakat qilgan va adabiyotlarga iqtiboslar keltirilgan. Zamonaviy dunyoda geosiyosiy jarayonlar: namoyon bo’lish xususiyatlar o‘rganilgan.
Jamilov Jasurbek tomonidan bajarilgan tadqiqot ishining “O‘zbekiston respublikasining geosiyosiy o’rni va geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyatini yoritishda milliy g’oya omilidan samarali foydalanish” deb nomlangan ikkinchi bobida Mafkuraviy jarayonlarning mohiyati. Dunyodagi mafkuraviy qarashlar to’qnashuvi masalalari hamda jahondagi mafkuraviy va geosiyosiy jarayonlarda yaxlit milliy g’oya omilidan foydalanish samaradorligi yoritib berilgan. Shu bilan birga mavzu yuzasidan xulosalar keltirilgan.
Bitiruv malakaviy ishining “Dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyatini yoritishda milliy g’oya omilidan samarali foydalanish texnologiyalari masalasini yoritish bo’yicha tajriba – sinov natijalari” nomli uchinchi bobida tajriba-sinov ishlari natijalari mazmuni yoritilgan, tadqiqot mavzusi bo‘yicha eksperimental ishlarni tashkil etilganligi va o’tkazilganligi mazkur dissertatsiyaning asosiy mazmunini tashkil qiladi va zarur xulosalar berilgan.
Talaba tomonidan olingan natijalar ishonchli tarzda berilgan.
Bitiruv malakaviy ishining DAK tomonidan qo'yilgan talablarga javob beradi, ayrim kamchiliklari ya'ni orfografik va imloviy xatolarini bartaraf etish lozim. Jamilov Jasurbek Habib o’glining “Dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyatini yoritishda milliy g’oya omilidan samarali foydalanish texnologiyalari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi mustaqil bajarilgan va tugallangan bo‘lib, DAK talablariga to‘liq javob beradi.
Talaba Jamilov Jasurbekning bakalavr ilmiy darajasini olish uchun yozilgan bitiruv malakaviy ishini himoyaga tavsiya etish mumkin.

Toshkent shahar


Sergeli tumani
268-sonli maktab o’qituvchisi Rahimova Sh.
Download 19.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling