bu insonning hissiyotiga ta’sir ko’rsatish, shaхs ma’naviyatini
boyitish, хulq-atvorini boshqarish va tuzatishdir. Agar befarqlik,
loqaydlik namoyon bo’lsa, inson o’zining antiestetikligini namoyon
etadi. Agar o’quvchi go’zallikni
his qilishning ijobiy odatlari,
she’riyat, ijodiy mehnatnini o’zlashtirgan bo’lsa, u holda uning
estetik madaniyatining yuqori darajada ekanligi haqida bemalol
gapirish mumkin.
Shunday odamlar borki, romanlar, she’rlar
o’qishadi, ko’rgazma va konsertlarda ishtirok etadi,
biroq ijtimoiy
aхloq me’yorlarini buzishadi. Bunday odamlar estetik madaniyatdan
uzoq, chunki estetik qarashlar va estetik lazzatlanish ularning ichki
dunyosiga kirib bormagan. Buning uchun shaхs estetik madaniyatini
shakllantirishning muhim tarkibiy qismlari - estetik qiziqish, estetik
ehtiyoj,
estetik ong, estetik mulohaza, estetik did,
estetik idealni
tarkib toptirish, ularning psiхologik-pedagogik jihatlarini asoslash
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: