1. Inklyuziv ta’limda deganda nimani tushinasiz?
2. Inklyuziv ta’limning asosiy mohiyati nimadan iborat?
3.
Inklyuziv
ta’lim
qanday
vazifalarni
hal
etishga
yordamlashada?
4. Inklyuziv ta’lim madaniyati tushunchasini izohlang.
5. Inklyuziv ta’limning vazifalarini aytib bering.
6. Inklyuziv ta’limda resurs pedagogning rolini tushuntirib
bering.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
II BO’LIM. PEDAGOGIKA TARIXI
I BOB. PEDAGOGIKA TARIXI FAN SIFATIDA. ENG
QADIMGI DAVRLARDAN VII ASRGACHA TA’LIM-
TARBIYA VA PEDAGOGIK FIKRLAR
1.1.
“Pedagogika tarixi” fanining maqsad va vazifalari
Tayanch tushunchalar: tarix,
pedagogika tarixi, manba,
davrlashtirish, xalq pedagogikasi,
yozma manbalar, «Urxun-
Enasoy» bitiglari.
“Pedagogika tarixi” faning maqsadi –
eng qadimgi
zamonlardan to hozirgi kungacha turli tarixiy davrlarda tarbiya,
maktab va pedagogik fikrlar taraqqiyotini tizimli yondashuv asosida
o’rganishdan iborat.
Maktab va pedagogika ko’p asrlik tarixiy yo’lni bosib o’tgan.
Mazkur davrda pedagogika fani ko’plab g’oyalar va kontseptsiyalar
bilan boyib bordi. “Pedagogika tarixi”
faning predmeti - eng
qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha tarbiya,
maktab va
pedagogik fikrlarning rivojlanish jarayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: