Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti b. X. Xodjaev


Download 3.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/242
Sana08.11.2023
Hajmi3.45 Mb.
#1754714
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   242
Bog'liq
Дарслик умумий педагогика (lotin) A5

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Bilim
Rivojlanish 
Shakllanish 
Ma’lumot 
Tarbiya 
Ta’lim 
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. Bizga yaxshi 
ma’lumki, har bir fan o’zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, 
tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan 
sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi.
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini 
ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga qaratilgan 
jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim katego-
riyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim (o’qitish, 
o’qish), bilim, ko’nikma, malaka, kompetensiya, ma’lumot, 
shakllantirish, rivojlantirish. 
 
 
 
 
 
 
3-rasm. Pedagogikaning asosiy kategoriyalari 
 
Shaxs – psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari 
va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan 
xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyat a’zosi. 
Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy 
tushuncha kategoriya deb ataladi.


Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba 
asosida yosh avlodni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-
atvori va dunyo-qarashini tarkib toptirish jarayoni. 
Ta’lim – o’quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko’nikma va 
malakalar bilan qurollantirish, kompetentlikni tarkib toptirish, 
ularning bilish qobiliyatlarini o’stirish va dunyoqarashlarini 
shakllantirishga yo’naltirilgan jarayon. 
Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, umumlashmalar
ma’lum obrazlar ko’rinishida aks etuvchi borliq haqidagi 
tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui. 
Ko’nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish 
layoqati. 

Download 3.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling