Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti b. X. Xodjaev


IV BOB. XIV ASRNING IKKINCHI YARMI VA XVI ASRDA


Download 3.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/242
Sana08.11.2023
Hajmi3.45 Mb.
#1754714
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   242
Bog'liq
Дарслик умумий педагогика (lotin) A5

IV BOB. XIV ASRNING IKKINCHI YARMI VA XVI ASRDA 
MOVARAUNNAHRDA TARBIYA VA MAKTAB 
 
 
Ijtimoiy hayotning ta’lim-tarbiya, maktab va pedagogik 
fikrlar rivojiga ta’siri. Movarounnahr mo’g’ul urug’lari va 
qabilalarining ijtimoiy hayotida yuz bergan katta o’zgarish, ularning 
mahalliy ijtimoiy tuzumini qabul qilishlari, xo’jalik va madaniy 
hayotdagi o’zgarishlar mo’g’ullarning etnik xususiyatlarini ham 
o’zgartirib yuboradi. Mamlakat aholisining ijtimoiy hayotida sodir 
bo’lgan jiddiy o’zgarishlar, shubhasiz uning iqtisodiy jihatdan 
jonlanishiga turtki ham bo’ldi. 
XIII asrning ikkinchi yarmi va XIV asr boshlarida shahar va 
qishloqlarda xo’jalik hayotining jonlanishi bilan shubhasiz 
mo’g’ullar istilosi va bosqini davrida kuchli zarbaga uchrab 
inqirozga yuz tutgan fan, adabiyot, ma’rifat va madaniyatning ayrim 
tarmoqlari ham tiklana boshlaydi. 
Garchi yozma manbalarda bizgacha aniq ma’lumotlar etarli 
darajada etib kelmagan bo’lsa-da, har qalay bu davrda ilm va 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 


ma’rifat ham ayrim yirik hunarmandchilik va savdo-sotiq 
markazlarida jonlanadi. Buxoroda bino qilingan «Mas’udiya» va 
«Xoniya» kabi madrasalarning har birida mingtagacha tolibi ilm ahli 
tahsil ko’radi. 
So’fiylik ta’limotining ma’naviy hayotga ta’siri. So’fiylar 
inson ma’naviy-ruhiy komillikka erishish yo’llarida to’rt bosqichni 
o’tishi kerak, deydi. 
Birinchi bosqich – shariat. Diniy marosimlar va shariat 
aqidalarini, taqvolarini aynan, izchil bajarish, chunki shariat qonun 
bo’lib, bu qonun vujudni va qalbni tarbiyalaydi. 
Ikkinchi bosqich – tariqat: nafsni tiyish, xushnudlik, xudoni 
o’ylash, xilvat, ma’naviy muhabbatni chuqurlashtirib, xudo 
to’g’risida o’ylash, ya’ni tariqat – fano, o’zdan kechish, ko’ngilni 
poklab, ruhni nurlantiruvchi yo’l, faoliyat shakli. 
Uchinchi bosqich – ma’rifat: hamma narsaning, butun 
borliqning asosi – xudo ekanini, o’zining mohiyati xudo mohiyati 
bilan birgaligini bilish va anglash. Bunda odam uchun barcha kibr-u 
havo, manmanlik, shon-shuhrat bema’ni bo’lib ko’rinadi, shunda u 
orif, ya’ni bilimli, xudoni tanigan bo’ladi. 
To’rtinchi bosqich – haqiqat. Bunda so’fiy xudoning dargohiga 
erishadi, vasliga vosil bo’ladi, u bilan birlashadi, shu orqali inson 
foniy, ya’ni «analhaq» bo’la oladi.

Download 3.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling