Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti b. X. Xodjaev


Nazorat uchun savol va topshiriqlar


Download 3.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/242
Sana08.11.2023
Hajmi3.45 Mb.
#1754714
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   242
Bog'liq
Дарслик умумий педагогика (lotin) A5

 


Nazorat uchun savol va topshiriqlar 
1. Kommunikativ qobiliyat deganda nimani tushunasiz? 
2. Kommunikativ qobiliyatning qanday turlari mavjud? 
3. O’z-o’zini anglash va o’z-o’zini tahlil etish tushunchalarini 
qanday izohlash mumkin? 
4. Pedagogik ta’sir ko’rsatishning samarali metodlariga nimalar 
kiradi? 
5. Ishontirish metodining afzalliklari nimada? 
6. Ishontirish metodini qo’llashda qanday qoidalarga rioya 
qilish lozim? 
7. Uqtirish metodining mohiyatini bayon eting. 
 


VI BOB. PEDAGOGIK TAKT VA PEDAGOGIK ODOB 
Tayanch tushunchalar: takt, taktika, pedagogik takt, taktikani 
tanlash, pozitsiya, shroit, usul, odob, pedagog odobi, pedagog odobi 
fazilatlari
 
Pedagogik takt tushunchasi. Takt ahloqiy tushuncha bo’lib, u 
insonlarning o’zaro munosabatlarini muvofiqlashtirish, tartibga 
solish, insonparvarlik g’oyalariga asoslangan bo’lib, andishali hulq, 
har qanday ziddiyatli vaziyatlarda ham inson hurmati saqlanib 
qolishini talab qiladi. Har bir insondan, ayniqsa o’qituvchidan 
andishali bo’lish talab qilinadi.
Boshqacha qilib aytganda, pedagogik takt bu o’qituvchining 
ta’lim oluvchilar oldida o’zini tutishni bilishi, ta’lim oluvchining 
holatini, intilishlari, qiziqishlarini tushuna olishi va eng samarali 
ta’sir yo’lini topa olishidir.
Pedagogik takt – o’qituvchi kasbiy mahoratining asosi bo’lib, 
o’quvchilarga barcha demokratik talablar asosida pedagogik ta’sir 
o’tkazish, muloqotni insonparvarlik tuyg’ulari asosida o’rnatish 
o’lchovi, o’quvchilarda mustaqil fikr yuritishni hamda ongli 
intizomni tarkib toptirish ko’nikmalarini hosil qilish shaklidir. 
Pedagogikada o’qituvchining o’quvchilar bilan munosabati ularning 
yosh xususiyatlariga qarab belgilanishi va bu qonuniyatga amal 
qilinishi qat’iy talab qilinadi. Shunday ekan, o’qituvchi ta’lim–
tarbiya jarayonida hali to’liq shakllanmagan, ta’sirlarga va ruhiy 
kechinmalarga tez beriluvchi, ota–onasining sevimli farzandi 
bo’lgan murg’ak qalb egalari bilan muloqot qilayotganligini aslo 
unutmasligi kerak.
O’quvchilar bilan muloqotda pedagogik taktga zid bo’lgan 
qo’pollik, 
adolatsizlik, 
qo’rqitish, 
haqorat, 
mensimaslik, 
pedagogikaga zid bo’lgan jazolash usullarini qo’llash va boshqa ular 
shaxsiga salbiy ta’sir qiladigan turli jargon so’zlar ishlatish 
o’quvchilar qalbini umuman tuzalmaydigan darajada jarohatlab 
qo’yishi, yoki o’qituvchining obro’siga putur etkazishi mumkin. 
O’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi bunday qarama-qarshiliklar, 
ko’pincha, dars va darsdan tashqari jarayonlarda sodir bo’ladi. 


Bunda ayniqsa yosh o’qituvchilarning pedagogik takt sirlarini 
bilmasligi, tajribasizligi pand beradi. 
O’qituvchining taktik mahorati birdaniga shakllanib qolmaydi, u 
yillar 
davomida 
pedagogik 
faoliyatda, 
ustozlar 
tajribasini 
o’rganishda, dars jarayonida, sinfdan tashqari faoliyatda va 
tarbiyaviy soatlarda o’quvchilar bilan muloqotda takomillashib 
boradi. Dars jarayonida pedagogik mahoratning asosi bo’lmish 
pedagogik taktga ega bo’lish o’qituvchi uchun juda zarurdir. 
Shunday qilib, pedagogik takt bu o’qituvchining ta’lim 
oluvchilarga nisbatan amalga oshiradigan ta’sirining mezonidir.

Download 3.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling