Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti b. X. Xodjaev
Nazorat uchun savol va topshiriqlar
Download 3.45 Mb. Pdf ko'rish
|
Дарслик умумий педагогика (lotin) A5
- Bu sahifa navigatsiya:
- VIII BOB. NUTQ TEXNIKASI VA MADANIYATI
Nazorat uchun savol va topshiriqlar 1. Pedagogik texnika deganda nimani tushunasiz? 2. Pedagogik texnikaning qanday tamoyillari mavjud? 3. Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlariga nimalar kiradi? Nima uchun ular ikki guruhga bo’linadi? 4. Pedagogik texnikaning usul va vositalari haqida nimalarni bilasiz? 5. Yosh o’qituvchilar faoliyatida yo’l qo’yadigan pedagogik texnikaga doir xatolarni tahlil eting. 6. Mimika va pantomimikaning o’qituvchining pedagogik mahoratida tutgan o’rni qanday? 7. O’qituvchining pantomimik harakatlari tizimida qanday psixologik holatlar o’z aksini topadi? VIII BOB. NUTQ TEXNIKASI VA MADANIYATI Tayanch tushunchalar: nutq, nutq organlari, nutq apporati, til va nutq, og`zaki nutqning psixologik tuzilishi, nutq unsurlari, nutq texnikasi, o’qituvchi nutqi, nutq madaniyati, nutq orfologik me’yorlari, nutq uslubi. Nutq pedagog uchun kasbiy zaruriyat sifatida. Nutq – tildagi mavjud ifoda vositalaridan foydalangan holda reallikka aylangan fikr bo’lib ikki xil ko’rinishda namoyon bo’ladi: 1) ichki nutq; 2) tashqi nutq. O’qituvchi ongida hosil bo’ladigan, hali amalga oshmagan til elementlaridan tashkil topgan, kishining og’iz ochmasdan fikrlashi, mulohaza yuritishi, o’ylashi ichki nutqdir. O’qituvchi mulohazasi va fikrining til vositasida nutq organlariga ta’siri va harakati bilan real tovushlar sifatida yuzaga keladigan nutq – tashqi nutq bo’lib, u ijtimoiy hodisadir. O’qituvchining nutqiy faoliyati: so’zlash, mutolaa qilish va eshi- tishdan iborat. Nutq hodisasi monolog, dialog, polilog, deklamatsiya hamda ayrim matn va kitob shaklida bo’lishi mumkin. Nutq maxsus belgilangan tartibda o’zining hajmi bilan notiqqa havola etiladi. Pedagogik-psixologik adabiyotlar tahlili asosida nutqning quyidagi o’ziga xosliklarini ajratib ko’rsatish mumkin: 1. Funktsiyalari: muloqot, shaxsga ta’sir ko’rsatish, ta’lim va tarbiya vositasi. 2. Shakllari: tashqi nutq (og’zaki): monolog, dialog, polilog; yozma: doklad, referat, annotatsiya va boshqalar; ichki nuqt. 3. Nutq texnikasi: pedagog ovozining kasbiy sifati: tembr, intonatsiya, diktsiya, temporitm (bir minuda 120 ta so’z). 4. Nutqiy faoliyat turlari: o’qish, yozish, gapirish. 5. Nutq uslublari: ilmiy, rasmiy, so’zlashuv, badiiy, ommabop. 6. Nutqqa qo’yiladigan talablar: talaffuzning aniqligi, ifodaviylik, emotsionallik, diktsiyaning tushunarligi, tovushlarning aniq talaffuz qilinishi, obrazlilik, nutq madaniyati, so’zdan foydalanish qoidalariga rioya qilish, temporitmga amal qilish. 7. Nutqni egallashda yo’l qo’yiladigan kamchiliklar: monotonlik, temporitmning oshib ketishi, noto’g’ri diktsiya, so’zlarni noo’rin qo’llash, til qoidalarini buzish. Download 3.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling