Mavzu “Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish” fanining maqsad va vazifalari. Tilning ijtimoiy mohiyati. Tafakkur, til va nutq
Download 13.91 Kb.
|
1-MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanning maqsadi
- Fanning vazifasi
- Tafakkur
- 1990-yil 19-fevralda 30 moddadan
MAVZU “Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish” fanining maqsad va vazifalari. Tilning ijtimoiy mohiyati. Tafakkur, til va nutq. Reja: 1. Fanningning maqsadi va vazifalari. 2. Til va jamiyat. 3. Til va tafakkur birligi. 4. «Davlat tili to‘g‘risida»gi qonun Fanning maqsadi: adabiy til me’yorlari, nutqning uslubiy shakllari, matn qurilishi, hujjatlarning paydo bo‘lishi va tarixini o‘rganish, ish hujjatlari va ularga qo‘yiladigan asosiy talablar, hujjat turlari va ish yuritish asoslari, ish yuritish tili va uslubi, xizmat yozishmalari bilan ishlash texnologiyalari haqida, farmoyish hujjatlari va ularning turlari, shaxsiy ish qog‘ozlari uslubi kabi masalalar yuzasidan ixcham va tushunarli tilda zarur nazariy ma’lumotlar berishdan iborat. Fanning vazifasi: talabalarda til estetikasini tarbiyalash, ona tilida puxta, lo’nda va shirador, ravon va ifodalarga boy nutq tuza olish malakasi va mahoratini shakllantirish, davlat tilida ish yuritish qobiliyatini o‘stirish, ish qog‘ozlari, hujjatlar namunasini yuqori saviyada tuza olish malakasini o’stirish. Inson faoliyatida til borliqni bilish va fikr almashish vositasi vazifasini bajaradi. Til vositasida insoniyat tomonidan jamg‘arilgan bilimlar qayd etiladi, saqlanadi va avloddan avlodga yetkaziladi. Til millat ruhining ko‘zgusidir. Tilda millatning bor-yo‘g‘i, o‘y-fikri, dunyoqarashi, orzu-umidlari, Vatani, his-tuyg‘ulari gavdalanadi. Tildagi har bir so‘z, uning har bir shakli inson tafakkuri va tuyg‘usining natijasidir. Til yaxlit bir tizim sifatidagina ijtimoiy vazifani bajara oladi. Til asosiy birliklari: tovush, so‘z, qo‘shimcha, gaplar orqali grammatik jihatdan ohang vositasida va mantiqan o‘zaro bog‘lanishda borliq haqidagi hukmlarni ifodalaydi, nimanidir tasdiqlaydi yoki inkor qiladi. Til insoniyat tomonidan yaratilgan, unga xizmat qiladigan va har qaysi millatning ijtimoiy-madaniy taraqqiyotiga mos tarzda rivojlanib boradigan ijtimoiy hodisadir. Tafakkur faqat insonlarga xos bo‘lgan mehnat va nutq faoliyati bilan bog‘liq holda mavjuddir. Inson tafakkuri nutq bilan bevosita bog‘langan holda yuzaga chiqadi va uning natijalari tilda qayd qilinadi. Demak, tafakkur jarayonining natijasi hamisha biron-bir fikrdan iborat bo‘lib, bu fikr tushuncha, hukm, xulosa tarzida faqat til vositasida namoyon bo‘ladi. Til tafakkur bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, fikrni reallashtiradigan, kishilarning fikr almashishlarini ta’minlab beruvchi quroldir. Tafakkur zohiriy olamning inson miyasida umumlashgan, til bilan ifodalanadigan in’ikosi. Boshqacha aytganda, til—tafakkurning borliq shakli. Til -- hali voqelanmagan, imkoniyat tarzidagi, ma`lum jamiyat a`zolari uchun barobar xizmat qiluvchi ijtimoiy-ruhiy aloqa vositasi. Nutq shu tilning muayyan shaxs nutqiy faoliyatida bevosita namoyon bo`lishi, voqelanishidir. Nutq faollashgan, bevosita yuzaga chiqqan til sanaladi. Nutq faoliyati kishilarning bir-birlariga tushunarli bo‘lgan til vositasida o‘zaro fikr almashishlaridir. Bu jarayon ikki shaklda amalga oshadi: og‘zaki tarzda va yozma tarzda. 1989-yilning 21-oktabrida «Davlat tili to‘g‘risida» gi qonunning qabul qilinishi bilan davlat va jamiyat boshqaruvining barcha sohalarida o‘zbek tilida ish yuritish hamda o‘zbek hujjatchiligini takomillashtirishga katta imkoniyat yaratildi. 1990-yil 19-fevralda 30 moddadan iborat bo`lgan “Davlat tili to`g`risida”gi Qonun qabul qilindi, biroq mustaqillikka erishilgandan so‘ng o‘zgartish hamda qo‘shimchalar kiritish zarurati yuzaga keldi. Natijada 1995-yil 22-dekabrda ushbu qonunning 24 moddadan iborat yangi tahriri qabul qilindi. Bu qonunning 1-moddasida hamda Konstitutsiyaning 4-moddasida yozilganidek, ”O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir”. Davlat tili haqida Qonunning 8-moddasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va e’lon etiladi. Bu hujjatlarning tarjimalari boshqa tillarda ham e’lon qilinadi.Yuqorida aytganimizdek, Qonunning 9-moddasi esa: Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida yuritiladi. Zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi ta’minlanadi, deyilgan. Demak, davlat tilida ish yuritishning huquqiy maqomi qonunda belgilab qo‘yildi. O‘zbekistonda o‘tkaziladigan xalqaro anjumanlarda davlat tili, shuningdek qatnashchilardan o‘zlari tanlagan tillar anjumanning ish tili hisoblanadi. Davlat tili asosan, o‘zining suveren huquqiga ega bo‘lgan mamlakatlarda qonun chiqarish, ijroiya va sud hokimiyatlari faoliyatida ish yuritish uchun qonun yo‘li bilan belgilab qo‘yilgan rasmiy til davlat tili hisoblanadi. 1-MAVZU SAVOLLAR VA TOPSHIRIQLAR. “MADANIYAT” SO‘ZI QACHON PAYDO BO‘LGAN? TARBIYAGA OID MAQOLLARDAN YOD OLING IJOBIY VA SALBIY SO‘ZLARDAN 10 TADAN YOZING Download 13.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling