5 – variant Til va nutq tushunchalari haqida. O’zbek tilining boyish manbalari. O’qituvchi nutqining boyishida omonim, sinonim va antonim so’zlarning ahamiyati. Javoblar


Download 23.13 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi23.13 Kb.
#234623
Bog'liq
Oqituvchining nutq madaniyati (1)


5 – variant

1.Til va nutq tushunchalari haqida.

2.O’zbek tilining boyish manbalari.

3.O’qituvchi nutqining boyishida omonim, sinonim va antonim so’zlarning ahamiyati.



Javoblar

1.Inson faoliyatida til borliqni bilish va fikr almashish vositasi vazifasini bajaradi. Til vositasida insoniyat tomonidan jamg’arilgan bilimlar qayd etiladi, saqlanadi va avloddan-avlodga yetkaziladi. Til millat ruhining ko’zgusidir. Tilda millatning bor-yo’g’i, o’y-fikri, dunyoqarashi, orzu-umidlari, Vatani, his-tuyg’ulari gavdalanadi. Tilda har bir so’z, uning har bir shakli inson tafakkuri va tuyg’usining natijasidir.

Til yaxlit bir tizim sifatidagina ijtimoiy vazifani bajara oladi. Til asosiy birliklari: tovush, so’z, qo’shimcha, gaplar orqali grammatik jihatdan ohang vositasida va mantiqan o’zaro bog’lanishda borliq haqidagi hukmlarni ifodalaydi, nimanidir tasdiqlaydi yoki inkor qiladi.

Til insoniyat tomonidan yaratilgan , unga xizmat qiladigan va har qaysi millatning ijtimoiy-madaniy taraqqiyotiga mos tarzda rivojlanib boradigan ijtimoiy hodisadir.

Tilning ijtimoiy vazifasi nutqiy faoliyatda, ya’ni nutq sifatida kishilar o’rtasida aloqa, fikrlashish, so’zlashishni amalga oshirishda yaqqol ko’rinadi. Nutq faoliyati kishilarning bir-birlariga tushunarli bo’lgan til vositasida o’zaro fikr almashishlari, nutqiy aloqaga kirishishlaridir. Bu jarayon ikki shaklda amalga oshadi: og’zaki tarzda va yozma tarzda. Yozma nutq og’zaki nutqdan so’ng yozuv ta’sirida paydo bo’lgan bo’lib, adabiy tilning imloviy, punktuatsion, uslubiy qonun-qoidalariga bo’ysunuvchi grafik shaklidagi nutqdir. Yozma nutqning mazmuniy bo’laklari, gaplar, ularning qismlari turli xil tinish belgilari orqali ajratib ko’rsatiladi. Yozma nutq og’zaki nutq kabi kishilar o’rtasida bevosita aloqa vositasi emas, balki u boshqa joyda va zamonda (kelgusi davrda) yashovchi kishilar bilan aloqa bog’lash vositasidir. Yozma manbalar orqali biz o’tmish tariximizni o’rganamiz va bundan kelajak avlod foydalanishini ta’minlaymiz.

Yozma nutq doirasiga ilmiy nutq, badiiy nutq, shuningdek, hujjatlar, ommaviy axborot vositalari uchun tuzilgan yozma matnlar kiradi. Yozma nutq savodxonligi har bir kishidan o’z fikr-qarashlarini tilning imloviy-grammatik qoidalariga, adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda ifoda qilishni talab qiladi.

2. O’zbek tili tarixan bir qancha manbalar asosida boyib, rivojlanib kelmoqda. Bu manbalarni, eng avvalo, ikki katta guruhga ajratish mumkin: 1) o’z ichki imkoniyatlari asosida; 2) boshqa tillardan so’z olish asosida. Ularning birinchisi ichki manbalar, ikkinchisi esa tashqi manbalar hisoblanadi.

O’zbek tilining birinchi yo’l bilan boyib borish imkoniyatlari juda kengdir. Masalan: a) ilgari qo’llanilib, keyin iste’moldan chiqib ketgan so’zlardan yangi tushunchalarni ifodalash uchun foydalanish: viloyat, hokim, vazir shirkat, tuman, noib kabi; b) yasovchi qo’shimchalar yordamida yangi so’z yasash: omonatchi, uyali telefon, pudratchi, bojxona, dizaynchi (dizayner) va boshqalar; d) dialektal so’zlarni faollashtirish (shevalardan adabiy tilga so’z olish): mengzamoq (Xorazm) – o’xshatmoq, tenglashtirmoq, qiyoslamoq ma’nosida.

O’zbek tili tashqi manbalar asosida ham boyib bormoqda. Dunyoda boshqa tillardan so’z olmasdan faqat o’z ichki imkoniyatlari asosidagina rivojlanadigan birorta til yo’q. Bundan o’zbek tili ham mustasno emas. Faqat yangi tushunchalarni o’z tilimizning ichki manbalari asosida ifodalay olmaganimizdagina tashqi manbalarga murojaat qilish foydalidir. Bobolarimiz Alisher Navoiy va Mahmud Qoshg’ariy ham shunga da’vat qilgan.

Keyingi davrlarda tilimizga Yevropa tillaridan bir qancha so’zlar yangi tushunchalar bilan birgalikda kirib keldi. Masalan, monitoring, diler, skaner kabi. Bularning hammasi o’zbek tilining leksik imkoniyatlarini kengaytirib bormoqda.

3. Omonim, sinonim va antonim so’zlar o’zbek tilida faol qo’llaniladi. Ular nutqning ta’sirchanligini, go’zalligini va takrorlanmasligini ta’minlaydi. So’zlovchining bu so’zlardan o’z nutqida to’g’ri foydalana olishi uning mahoratidan darak beradi va u tinglovchilarning e’tiborini o’ziga jalb qila oladi. Omonim, sinonim va antonim so’zlar nutqda turli vazifalarni bajaradi.

Omonimlar bu – aytilishi va yozilishi bir xil bo’lib, turli atash ma’nolarini bildirgan shakldosh so’zlar hisoblanadi. Shakldosh so’zlar bir xil shaklga ega bo’lsada, turli ma’nolarni anglatadi. Masalan: tut, yut, oq, yot, et, uch kabi.

Sinonimlar bu – bir umumiy ma’noni ifodalovchi ikki yoki undan ortiq ma’nodosh so’zlar hisoblanadi. Ma’nodosh so’zlar bir ma’noni xilma-xil so’zlar orqali turli nozik ma’no qirralari bilan ifodalashda, so’z sehrini namoyish etishda, nutqni bezashda, ta’sirchanligini ta’minlashda katta ahamiyatga ega.

Antonimlar bu – qarama-qarshi ma’noga ega bo’lgan zid ma’noli soz’lar hisoblanadi. Zid ma’noli so’zlar doimo ikki qarama-qarshi a’zodan iborat bo’ladi. Birini aytsak, ikkinchisi hayolimizga keladi. Masalan, achchiq deyishimiz bilan shirin esimizga keladi. Antonimlar inson faoliyatidagi eng muhim siyosiy, axloqiy, fanniy qarashlar umumlashmasini aynan ifodalashga qulay usul sanaladi.

O’qituvchi o’z nutqida bunday turli ma’noli so’zlardan o’z o’rnida foydalanishi uning nutqini go’zal va ta’sirchan chiqishini ta’minlab, uni boyitadi. Va o’quvchilarning bor e’tiborini o’qituvchining nutqiga jalb qilishda katta ahamiyatga ega bo’ladi. Qolaversa, nutqda yuz beradigan ortiqcha takrorlardan va g’alizlikdan holi qiladi. Bo’lajak pedagog o’qituvchilarning omonim, sinonim va antonim so’zlarni chuqur o’rganishlari va ularni amaliyotda qo’llay olishlari kelajak kasbiy faoliyatlarida hal qiluvchi omillardan biri bo’ladi. Chunki har bir pedagog, avvalo, notiq sanaladi va ular o’z nutqlari bilan o’quvchilarni ortalaridan ergashtirishlari talab qilinadi. Shunday qilib, omonim, sinonim, antonim so’zlar o’qituvchi nutqida katta ahamiyat kasb etadi.

202-guruh talabasi



Qovulov Jo’rabek
Download 23.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling