Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti b. X. Xodjaev


Konflikt – qarama-qarshi qarashlar, fikrlar to’qnashuvi, jiddiy  ziddiyat, qizg’in bahs.  Kreativlik


Download 3.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/242
Sana08.11.2023
Hajmi3.45 Mb.
#1754714
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   242
Bog'liq
Дарслик умумий педагогика (lotin) A5

Konfliktqarama-qarshi qarashlar, fikrlar to’qnashuvi, jiddiy 
ziddiyat, qizg’in bahs. 
Kreativlik – betakror qadriyatlar yaratuvchi, nostandart 
echimlar qabul qiluvchi individning botiniy qobiliyati. 
Kuzatish – biror pedagogik hodisa bo’yicha konkret faktik 
material olish maqsadini ko’zlagan idrok etishning shakli. 


Ko’nikma – o’rganish natijasida qo’lga kiritilgan, beixtiyor
avtomatik tarzda bajariladigan harakat. Ko’nikmalar biror harakatni 
nazoratsiz, avtomatik tarzda bajarish qobiliyatlaridir. 
Ko’rsatma – ehtiyojning mavjudligi va obyektiv vaziyat hamda 
uni qondirish bilan bog’liq ravishda oldindan shaxslarning ma’lum 
faolligini tayyorlash, ularni joylashtirish. 
Malaka – shaxsning o’zi egallagan bilimlari asosida ularning 
yangi sharoitdagi yangiliklar bilan birga, ma’lum bir faoliyatni 
samarali bajarish qobiliyatidir. 
Malaka tavsifnomasi – o’qituvchining nazariy va amaliy 
bilimlariga qo’yiladigan umumiy talablar. 
Maqsad – faoliyat natijasini oldindan fikran belgilash. 
Metod – 1) tabiiy va ijtimoiy hayot hodisalarini tadqiq qilish
bilish usuli; 2) harakat qilish usuli, tarzi. 
Metodika – biror ishni tashkil qilishda maqsadga muvofiq 
qo’llanadigan metodlar. 
Metodologiya – 1) dunyoni ilmiy bilish metodi haqidagi 
ta’limot; 2) biror fanda, shu jumladan pedagogikada qo’llaniladigan 
metodlar.
Motiv – ma’lum ehtiyojlarni qondirish uchun asos bo’ladigan 
kishining ichki faoliyat mazmuni. 
Motivatsiya – shaxsni faol xatti-harakatlarga undovchi sabablar, 
asoslar to’plami bo’lib, u ayni zamonda kishi xulqini fiziologik va 
psixologik boshqarishning dinamik jarayonini ham bildiradi, 
faoliyatning yo’nalishi, faolligi, uyg’unligi hamda turg’unligini 
belgilaydi. 

Download 3.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling