Nazariy bosqich – tadqiqot obyekti to’g’risidagi amaldagi va
istiqboldagi tasavvurlar hamda ularga bo’lgan talab o’rtasidagi
ziddiyatni engish.
Nazariy tahlil – pedagogik hodisalarning alohida jihatlari,
belgilari, xususiyatlari o’ziga xosligini aniqlash va tahlil etish.
Obyekt – insonning, subyektning bilish predmeti va faoliyati.
Odat – kishining ma’lum e’tiqodlar,
qadriyatlar yoki axloqiy
me’yorlardan kelib chiqib amalga oshiradigan ongli faoliyati.
Pedagog – tarbiyachi, o’qituvchi, dars beruvchi.
Pedagogika – yosh avlod ta’lim va tarbiyasi haqidagi fan.
Pedagogikada antropologik yondashuv – odam to’g’risidagi
barcha fanlar ma’lumotlaridan muntazam foydalanish va pedagogik
jarayonni tashkil etish hamda amalga oshirishda ularni hisobga
olish.
Pedagogikaning nazariy vazifasi – ilg’or va yangi pedagogik
tajribalarni o’rganish.
Pedagogikaning texnologik vazifasi – diagnostik sath –
pedagogik
hodisalar holatini aniqlash; bashorat qilish sathi –
pedagogik faoliyatni eksperimental tadqiq qilish va shu asosda
pedagogik voqelikni yaratish modellarini o’rnatish; loyiha sathi-
pedagogik faoliyatning
nazariy kontseptsiyasi, uning mazmuni va
xarakteri asosida ularga muvofiq metodik materiallar (o’quv reja,
dastur, darslik va o’quv qo’llanmasi, pedagogik tavsiyanomalar)
ishlab chiqish; yaratuvchilik sathi - pedagogik fan yutuqlarini
takomillashtirish
va
qayta
rejalashtirish
maqsadida
ta’lim
amaliyotiga
tatbiq etish; reflektik tuzatma (korrektirovka) sathi -
ilmiy tadqiqotlar natijalarining ta’lim va tarbiya amaliyotiga singib
ketishini baholash.
Do'stlaringiz bilan baham: