Axborotli malaka – ta’lim va tarbiya masalalariga axborotlarni
moslashtirish va talqin qilish malakasi.
Axloq – shaxsning jamiyatga va
boshqa kishilarga nisbatan
burchini belgilab beruvchi me’yorlar tizimi, ma’naviy xulq
qoidalari, u ijtimoiy ong shakllaridan biridir.
Bayon qilish – o’qituvchi tomonidan o’rganilayotgan material
mazmunini izchil so’zlab berish metodi.
Bilish faoliyati –
idrok qilish hissi, nazariy fikrlash va amaliy
faoliyat birligi.
Boshqarish – tashkil etish, qaror
qabul qilishga qaratilgan
faoliyat, obyektni o’z xizmat vazifasi doirasida nazorat qilish,
tartibga solish, ishonchli axborotlar asosida tahlil qilish va yakun
yasash.
Burch – muayyan axloqiy
majburiyatlarni his qilish, uning
zarurligini anglash.
Vazifa – maqsad va uni amalga oshirish bosqichlarining
oydinlashtirilishi.
Verbal – ifodali, og’zaki.
Gumanizm – 1) insonning insonga bo’lgan
mehri-muhabbati,
uning shani,qadrini hurmat qilish, kishi manfaatlari uchun
qayg’urish g’oyalari bilan sug’orilgan va kishilar o’rtasidagi tenglik,
halollik, insoniy munosabat tamoyillariga
asoslangan dunyoqarash;
2) insoniylik va insonparvarlik, insonlarning bunyodkorligiga
ishonchi.
Davlat ta’lim standarti – uzluksiz ta’limning muayyan
bosqichida shaxs (mutaxassis)ning tayyorgarlik darajasi va
mazmuniga qo’yiladigan minimum talablar.
Didaktika – ta’lim va o’qitish nazariyasi hamda o’qitish
jarayonida tarbiyalash mazmunini
ifodalovchi pedagogikaning
tarkibiy qismi.
Do'stlaringiz bilan baham: