1-ma’ruza: umumiy pedagogikaning ta’lim-tarbiya nazariyasi. Umumiy pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari. (2 Soat)
Download 54.23 Kb.
|
1-ma\'ruza PVP (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’zlar
- 1. Umumiy pedagogikaning obekti, predmeti va tuzilishi.
1-MA’RUZA: UMUMIY PEDAGOGIKANING TA’LIM-TARBIYA NAZARIYASI. UMUMIY PEDAGOGIKANING ILMIY TADQIQOT METODLARI. (2 SOAT) REJA: 1. Umumiy pedagogikaning ob'ekti, predmeti va tuzilishi. 2. Pedagogikaning asosiy kategoriyalari va tushunchalari. Pedagogikaning tarmoqlari. 3. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqadorligi. Pedagogik tizimlar tushunchasi va uning asosiy tarkibiy qismlari. 4. Asosiy ta'limiy konsepsiyalar va yondashuvlar. 5. Ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlari. (Adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish metodi, kuzatish metodi, pedagogik tajriba-sinov metodi, suhbat metodi, so‘rovnoma, ta'lim muassasalari hujjatlarini o‘rganish metodi, matematik statistika metodi, test metodi) Tayanch so’zlar: Shaxs, ta’lim, tarbiya, bilim, malaka, ko’nikma, ma’lumot, ma’limot, rivoshlanish, maktabgacha, boshlang’ich, korreksion, falsfa, tarix, iqtisod, metodologiya, pedagogik kuzatish metodi, suhbat metodi, anketa metodi, intervyu metodi, ta’lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi, test metodi, pedagogik tahlil metodi, bolalar ijodini o’rganish metodi, pedagogik tajriba metodi, matematik-statistik metod. 1. Umumiy pedagogikaning ob'ekti, predmeti va tuzilishi. Pedagoglik kasbining shakllanishi kishilik taraqqiyoti tarixi bilan uzviy bog'liq. Terib-termachlab kun kechirgan ibtidoiy davr kishilari bolalarni o'zlari bilan ergashtirib yurib, ularga ov qilish, turli daraxt mevalarini terish, o'simliklarning ildizini kovlab olish, suv manbalarini izlab topish kabi harakatlarni amalga oshirishni o'rgatganlar. Bunday harakatlar qabila (urug')ning tajribali kishilari yoki keksalar tomonidan amalga oshirilgan. Oddiy kundalik ehtiyojlarni qondirish yo'lida olib borilayotgan xatti-harakatlar asosida yoshlarga mavjud tajribalar asosida ma'lumotlarni berib, ularda amaliy ko'nikmalarni shakllantirganlar. Turli tovushlarni chiqarish yordamida atrofdagilarni yaqinlashayotgan xavfdan ogoh qilishni bolalar kattalarning namunalari asosida o'zlashtirganlar. Nutq va yozuv paydo bo'lgunga qadar bu kabi harakatlar imo-ishoralar asosida amalga oshirilgan. Kishilik tarixida tub inqilobni sodir etgan nutq va yozuvning paydo bo'lishi, shuningdek, urug' jamoasi tomonidan bajariladigan mehnat faoliyatining turli sohalarga ajralishi yoshlarga nisbatan munosabatning ilg'or (progressiv) xarakter kasb etishiga imkon berdi. Turli tabiiy ofatlar ta'siridan himoyalanish, kishilar hayotiga xavf solayotgan kasalliklarni davolash, hayot kechirish uchun yetarli oziq-ovqatlarni jamlab olishga bo'lgan tabiiy ehtiyoj yoshlarga hayotiy tajribalarni ma'lum mehnat faoliyati yo'nalishida yetarlicha bilimga ega bo'lgan kishilar tomonidan berilishi maqsadga muvofiq ekanligini ko'rsatdi. Natijada bolalarga hayot tajribalarini o'rgatuvchi kishilar guruhi shakllandi hamda bolalarga ma'lum yo'nalishlar bo'yicha bilimlarni berish maxsus ajratilgan joylarda tashkil etila boshlandi. Download 54.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling