1-ma’ruza: umumiy pedagogikaning ta’lim-tarbiya nazariyasi. Umumiy pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari. (2 Soat)


Download 54.23 Kb.
bet5/14
Sana14.11.2023
Hajmi54.23 Kb.
#1772304
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1-ma\'ruza PVP (1)

5. Metodika — xususiy fanlarni o'qitish xususiyatlarini o'rganadi.
6. Pedagogika tarixi - ta'lim va tarbiyaning yuzaga kelishi, taraqqiy etishi, muayyan tarixiy davrlarda yetakchi o'rin egallagan pedagogik fikrlar taraqqiyoti masalalarini o'rganadi.
7. Pedagogik texnologiya — ta'lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash, texnologik yondashuv asosida ta'lim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish muammolarini o'rganadi.
8. Pedagogik mahorat — bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish, takomillashtirish muammolarini o'rganadi.
9. Ta'limni boshqarish — ta'lim muassasalarining faoliyatini yo'lga qo'yish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash masalalarini o'rganadi.
10. Ijtimoiy pedagogika — ijtimoiy munosabatlar jarayonida pedagogik g'oyalarning tutgan o'rni va roli, shaxsni kasbiy va ijtimoiy faoliyatga yo'naltirish muammolarini o'rganadi.
Shu o’rinda so’ngi yillarda mamlakatimizda keng rivojlanayotgan quyidagi pedagogikaning tarmoqlarini ham alohida qayt etishimiz mumkin.
11. Peadagogik innovatika.
12. Pedsagogk akmealogiya.
13. Pedagogik antropologiya.
14. Pedagogik aksiologiya.
15. Neyropedagogika.
16. Pedagogik andragogika.
17. Teatr pedagogikasi.


3. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqadorligi. Pedagogik tizimlar tushunchasi va uning asosiy tarkibiy qismlari.
Ijtimoiy tarbiya mohiyatini ilmiy jihatdan asoslash ma'lum pedagogik hodisaning muayyan vaziyatlarda namoyon bo'lish qonuniyatlarini bilishni taqozo etadi. Bizga ma'Iumki, pedagogik hodisa murakkab tuzilmaga ega bo'lib, uning umumiy mohiyatini to'laqonli anglash uchun bir qator fanlarning imkoniyatlariga tayaniladi. Ana shu nuqtayi nazardan pedagogika fani bilan quyidagi fanlar o'rtasida yaqin aloqadorlik mavjud:
1. Falsafa — shaxs rivojlanishi jarayonining dialektik xususiyatlari, muayyan pedagogik g'oya, qarash hamda ta'limotlarning falsafiy jihatlari kabi masalalarni tahlil etishga imkon beradi.

  1. Iqtisod — ta'lim muassasalarining faoliyatini yo'lga qo'yish, o'quv binolarini qurish, ta'lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va ularning moddiy-texnika va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash kabi masalalarning iqtisodiy jihatlarini anglashga xizmat qiladi.

  2. Sotsiologiva ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ularni tashkil etish shartlari xususida ma'lumotlarga ega bo'lish asosida ta'lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining o'zaro munosabatlarini samarali tashkil etish uchun imkoniyat yaratadi.

  1. Etika — shaxs ma'naviyatini shakllantirish, unda eng oliy insoniy sifatlar, axloqiy ong va ma'naviy-axloqiy madaniyatni tarbiyalashda muhim o'rin tutuvchi nazariy g'oyalarni pedagogik jarayonga tatbiq etishda alohida o'rin tutadi.

  2. Est etika - shaxs tomonidan go'zallikning his etilishi, unga intilishi, shuningdek, unda estetik didni tarbiyalashda muhim yo'nalishlarni aniqlashga xizmat qiladi.

  3. Fiziologiva - o'quv-tarbiya jarayonida bolalarning fiziologik, anatomik xususiyatlarining inobatga olinishi uchun boshlang'ich asoslarni beradi.

  4. Gigivena - o'quvchilarning salomatligini muhofazalash, ularni jinsiy jihatdan to'g'ri shakllantirishda nazariy va amaliy g'oyalari bilan yordam beradi.


Download 54.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling