1-ma’ruza: umumiy pedagogikaning ta’lim-tarbiya nazariyasi. Umumiy pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari. (2 Soat)


Download 54.23 Kb.
bet7/14
Sana14.11.2023
Hajmi54.23 Kb.
#1772304
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
1-ma\'ruza PVP (1)

Progressiv (pedosentrik) tizim bolaning bilim olishida faoliyatining asosiy rol o'ynashini e'tirof etadi. Mazkur tizim asosini D.Dyui tizimi, G.Kershteynning mehnat maktabi, V.Lay nazariyalari tashkil etadi.
Zamonaviy didaktik tizim. XX asrning 50-yillarida psixolog va pedagog B.Skinner qismlarga bo'lingan axborotlarni yetkazish, bu jarayonni muntazam nazorat qilish asosida materialni o'zlashtirishda samaradorlikka erishish g'oyasini ilgari suradi. Mazkur g'oya keyinchalik dasturiy ta'lim deb ataladi. Keyinchalik N.Krauder nazorat natijalariga qarab o'quvchiga mustaqil ishlash uchun turli materiallarni taklif etadigan tarmoqlashtirilgan dasturlarni yaratdi.
D.Dyuining nazariy g'oyalari muammoli ta'limning asosi bo'lib qoldi. Bugungi kunda muammoli ta'lim deb nomlanuvchi, ushbu g'oya o’qituvchi rahbarligi ostida muammoli vaziyatni yaratish va ularni hal etishda o'quvchilarning faollik va mustaqilliklarini ta'minlashga erishishni nazarda tutadi. Muammoli ta'limning vazifasi faol o'rganish jarayonini rag'batlashtirish, o'quvchilarda fikrlash, tadqiqotchilik ko'nikmalarini shakllantirishdan iboratdir.
L.V.Zankovning (1901 —1977-yillar) rivojlantiruvchi ta'lim konsepsiyasi XX asrning 50-yillarida keng tarqaldi. Uning g'oyalarini amalga oshirish ta'lim jarayoniga insonparvarlik g'oyasini singdirish, shaxsni barkamol rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga imkon beradi.
Psixolog L.S.Vigotskiy (1896-1934-yillar) tomonidan 30-yillarda ilgari surilgan «Yaqin rivojlanish zonasi» g'oyasi ham muhim ahamiyatga ega. Unga ko'ra bola kattalar yordamida bilim olib, o'zi mustaqil bajara olmagan ishlarni bajara boshlaydi.


5. Ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlari.
(Adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish metodi, kuzatish metodi, pedagogik tajriba-sinov metodi, suhbat metodi, so‘rovnoma, ta'lim muassasalari hujjatlarini o‘rganish metodi, matematik statistika metodi, test metodi)
Pedagogika fani rivoji muayyan pedagogik muammolarni tadqiq etish maqsadida olib borilgan tadqiqot ishlarining g'oyasi, mazmuni hamda natijalari hisobiga ta'minlanadi. Ijtimoiy va ishlab chiqarish jarayonining keskin rivojlanishi, shaxsni har tomonlama kamol toptirish imkonini beruvchi omil hamda pedagogik shart-sharoitlarni aniqlash, jamiyat va shaxs ma'naviyatiga ziyon yetkazuvchi holatlarni bartaraf etishni taqozo qiladi.
Tarbiya jarayonlarining mohiyatini anglash ularni keng yoki tor doirada o'rganish, mavjud ko'rsatkichlar vositasida ularning sodir bo'lish sabablarini o'rganish, zarur chora-tadbirlarni belgilash ilmiy izlanishlarni tashkil etish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Pedagogik izlanishlarning samarali kechishi bir qator obyektiv va subyektiv omillarga bog'liq. jylazkur jarayonda maqsadga muvofiq keluvchi, maqbul, ayni vaqtda samarali bo'lgan metodlarni tanlay olish ham muhimdir.
Pedagogik ilmiv-tadqiqot metodlari shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo'nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berishga berish tamoyillari, obyektiv va subyektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullaridir.
Ayni vaqtda, O'zbekiston Respublikasida pedagogik yo'nalishda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar dialektik yondashuvga asoslanadi. Pedagogik hodisa, voqelik va ularning qonuniyatlarini aniqlashga bunday yondashuv pedagogik hodisa va jarayonlarning umumiy aloqasi, ularning izchil, uzluksiz rivojlanishi, bolaning fiziologik rivoji uning psixologik, intellektual jihatdan takomillashtirib borishini ta'minlashi, qarama-qarshiliklarning shaxs kamolotini ta'minlashdagi o'rni va roli, shuningdek, dialektika kategoriyalarining ahamiyatini e'tirof etadi.
Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab, muayyan muddatni taqozo etuvchi, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik hamda aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega bo'lgan jarayon bo'lib, uning samarali bo'lishi uchun bir qator shartlarga rioya etish zarur.

Download 54.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling