Idrok etish malakasi – boshqa subyektning xususiyatlarini –
uning muloqoti va muloqotga hozirligini aniqlash uchun zarur
bo’lgan kasbiy – pedagogik malaka.
Ideal – oliy maqsad,
biror narsaning namunasi, shaxs,
guruhlarning xatti-harakatlari, intilishlari intihosi.
Ijtimoiy idrok etish – kishilar tomonidan ijtimoiy obyektlarning
idrok etilishi, tushunilishi va baholanishi.
Izohlash, tushuntirish – og’zaki izoh, yoritilishi lozim bo’lgan
turli materiallarni izohlash, isbotlash, tahlil qilish.
Ilmiy muammo (masala) – fan orqali
hal qilinadigan asosiy
ziddiyatlar.
Ilmiy yangilik – muayyan davrga nisbatan ma’lum bo’lmagan
va pedagogikaga oid adabiyotlarda qayd qilinmagan nazariy, amaliy
xulosalar, ta’lim
qonuniyatlari, uning tuzilmasi, mexanizmlari
mazmuni, tamoyillari va texnologiyalari.
Individuallik – shaxsning betakror biosotsiologik xususiyatlari.
Intellekt – shaxsning turli faoliyat turlarini
muvaffaqiyat bilan
o’zlashtirishini belgilaydigan tug’ma va o’zlashma barcha aqliy
qobiliyatlar to’plami.
Ishontira olish – axborot oqimining shaxs tomonidan tanqiddan
holi, erkin ravishda o’zlashishiga erishishni ko’zlagan ruhiy ta’sir
etish metodi.
Ishonch hosil qilish – shaxsning muayyan
qoida va talablarini
ongli ravishda o’zlashtirish vositasida tarbiyalash metodi. Tegishli
ma’lumotlar va argumentlarga asoslanib, shaxsning o’z
hukmi
hamda xulosalari to’g’riligiga ishonchni yuzaga keltirish jarayoni va
natijalari.
Do'stlaringiz bilan baham: