E’tiqod –
shaxs amal qiladigan bilim, tamoyil va ideallarning
haqqoniyligiga qalban va asosli ishonch bilan bog’langan, uning
atrof-muhitga hamda o’zining xatti-harakatlariga bo’lgan
subyektiv
munosabati.
Evristika – ilmiy tadqiqotning mantiqiy usullari va metodik
qoidalari tizimi.
Empirik – tajribaga asoslangan.
Empirik bosqich – tadqiqot obyekti to’g’risida har tomonlama
tasavvur
hosil qilish, ta’lim amaliyoti, ilmiy bilimlar saviyasi va
hodisalar mohiyatiga erishishga bo’lgan talab o’rtasidagi
ziddiyat,
ilmiy muammoni nomlash.
O’z-o’zini baholash –shaxsning o’z psixologik sifatlari, xulqi,
yutuqlari
va muvaffaqiyatsizliklari, qadr-qimmati, kamchiliklarini
baholay olishi.
O’z-o’zini tarbiyalash – 1) shaxsga xos bo’lgan madaniyatning
shakllanishi va rivojlanishiga qaratilgan
izchil va ongli faoliyati; 2)
shaxsning o’z jismoniy, ruhiy va axloqiy sifatlarini tinmay amalga
oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: