bilimlarni egallash, yaratish, qo’llash
hamda belgilashning tizimli
metodidir.
Pedagogik tizim - shaxsni rivojlantirish va yaxlit pedagogik
jarayonni birlashtirgan ta’limning o’zaro bog’langan tashkiliy
tuzilmasi.
Pedagogik faoliyat – ta’lim maqsadlarini amalga oshirishga
qaratilgan ijtimoiy faoliyatning alohida turi.
Pedagogning kommunikativ madaniyati –
pedagogning
kishilar bilan qisqa muddatda muloqot o’rnata olishi, ular bilan
muloqot o’rnatishga bo’lgan doimiy intilishi.
Pedagog nuqtai nazari (pozitsiyasi) – pedagogning dunyoga,
pedagogik voqelikka va pedagogik jarayonga bo’lgan intellektual va
hissiy munosabati.
Pedagogik haqqoniylik – o’qituvchinig obyektivlik mezoni,
uning ma’naviy tayyorgarlik darajasi.
Proektiv malaka – malakaning maxsus turi bo’lib, kutilgan
pedagogik natijalarni konkret ta’lim va tarbiya rejalarida aks ettiradi.
Preskreptiv – me’yoriy.
Psixologiya – 1) shaxsning obyektiv
borliqni faol aks ettirish
jarayonini o’rganuvchi fan; 2) ma’lum bir faoliyat turining o’zaro
shartlangan psixik jarayonlar to’plami; 3) psixika, xarakter
xususiyati, ko’ngil xazinasi.
Do'stlaringiz bilan baham: