Pedagogik ixtisoslik – ta’lim natijasi o’laroq bilim,
malaka va
ko’nikmalar majmuidan iborat bir kasbiy guruh doirasidagi faoliyat
turi.
Pedagogik ixtisoslashish – pedagogik
ixtisoslik doirasidagi
faoliyatning bir turi.
Pedagogik malaka – muayyan toifadagi vazifalarni hal qilish
imkoniyatiga ega bo’lgan mutaxassisning kasbiy pedagogik
tayyorgarligi darajasi va turi.
Pedagogik mahorat –
pedagogik jarayonni bilish, uni tashkil
eta olish, harakatga keltira olish (A.S. Makarenko), pedagogik
jarayonning yuqori samaradorligini belgilovchi
shaxsning ish sifati
va xususiyatlari sintezi.
Pedagogik muloqot – ta’lim oluvchilarning maqsadlari hamda
ularning birgalikdagi faoliyatlari mazmunidan kelib chiqadigan
o’zaro aloqalarni o’rnatish
va rivojlantirishni, bir-birini anglash va
qo’llab-quvvatlashni tashkil etishning ko’p qirrali jarayoni.
Pedagogik takt – bolalar faoliyatining turli doiralarida ular bilan
muloqotda bo’lishning
pedagogik tamoyili, o’lchovi, o’quvchilar
bilan ularning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda to’g’ri
muloqotda bo’la olish malakasi.
Pedagogik texnika – 1) har bir ta’lim oluvchiga va jamoaga
pedagogik ta’sir o’tkazishda samarali qo’llash uchun zarur bo’lgan
malaka va ko’nikmalar majmuasi; 2) har bir ta’lim
oluvchi va
jamoaning faolligini pedagogik jihatdan ta’minlash uchun zarur
bo’lgan malaka va ko’nikmalar.
Do'stlaringiz bilan baham: