Faoliyatni tashkil etish prinsipi


Download 15.49 Kb.
Sana27.01.2023
Hajmi15.49 Kb.
#1133571
Bog'liq
3Mehnatni ilmiy tashkil etish


Mehnatni ilmiy tashkil etish - bu faoliyatni ichki va tashqi tomondan tartibga keltirish va yo‘naltirish demakdir. U o‘z navbatida quyidagi qonuniyatlarga asoslanadi:
vaqtdan unumli foydalanish va uni maqsadli tejash; mehnat va dam olishni unumli tashkil etish va foydalanish; mehnat jarayonida ishtirokchilarning sog‘ligi va kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilish; Shuningdek mehnatni ilmiy tashkil etish prinsiplarga egaki, ularni quyidagicha guruhlashtirish mumkin Faoliyatni tashkil etish prinsipi: faoliyat maqsadi va vazifalarini aniqlash, belgilash faoliyatning maqsadga muvofiq shakl va usullarini tanlash; rejalashtirish; normalash(me’yorlash). Uyushtirish o‘lchovlari prinsipi: hisob- kitob; nazorat; istiqbolni ko‘zlash Umum tashkiliy belgilash prinsipi: natija; umumlashtirish; rag‘batlantirish Mehnatni ilmiy tashkil etishning mazkur qonuniyat va prinsiplari o‘z navbatida pedagogik faoliyatga ham ta’luqlidirPedagogik mehnatni ilmiy tashkil etish fan va texnika taraqqiyotining obyektiv ehtiyojlari bilan bog‘liqdir. Chunki, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar ijtimoiy voqelik bilan hamnafas bo‘lib, har bir yangilik, o‘zgarishlar bilan yaqindan tanishib borishlari, amaliyotga ularni tadbiq etib boradilar
Pedagogik mehnat o‘z navbatida ikki tomonlama, ya’ni o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari mehnatning bu turi aniq vaqt birligi bilan chegaralanmaydi ham. Demak, o‘qituvchi faqatgina dars davomidagina mehnat qilib qolmasdan, balki darsdan tashqari vaqtlarda, dam olish daqiqalarida faoliyatini davom ettiradilar.

Hozirgi zamon maktablarida o‘qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etish o‘ta muhimdir. Chunki, undan ko‘zlanadigan maqsad maktablardagi o‘quv – tarbiya jarayonini yanada takomillashtirishdan iborat. U o‘z navbatida quyidagi omillarga egadir:


o‘qituvchining ijodkorligi, taraqqiyot darajasi; pedagogik mahoratni takomillashtiri o‘z stida ishlash va malakasini oshirish; maktabning moddiy – texnik ta’minoti; pedagogik mehnatni rag‘batlantirilishi; mehnatni va dam olishni to‘g‘ri uyushtirish (rejalashtirish, tartiblash).


Bu o‘rinda shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, har bir o‘qituvchi pedagogik mehnatini ilmiy tashkil etish bo‘yicha quyidagilarni bilishlari zarur: pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etishlishi nazariyasi va amliyoti muammosining dolzarbligi;
pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etishning hozirgi kundagi darajasi; pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etishning kelajakdagi istiqboli.
Pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etishda tomonlar, xususan o‘qituvchi va maktab ma’muriyatining majburiyatlari ham muhim o‘rin tutadi.
O‘qituvchining majburiyatlari: har bir dars va tarbiyaviy tadbirga puxta tayyorlanish; ish tartibiga qat’iy rioya qilish; me’yoriy xujjatlarni o‘z vaqtida yuritish; maktabdagi har bir tadbirlarga o‘z vaqtida qatnashish; texnika vositalari, ko‘rgazmalardan unumli foydalanish ma’muriyatning topshiriqlarini vaqtida bajarilishi

;

;


:

.

.



;

;
.
Download 15.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling