Kasbiy – pedagogik muloqot – pedagog va tarbiyalanuvchining
o’zaro zich ijtimoiy – psixologik aloqasi tizimi bo’lib, uning
mazmuni
axborotlar ayriboshlash, tarbiyaviy ta’sir o’tkazish,
kommunikativ vositalar yordamida o’zaro munosabatlarini tashkil
etish hisoblanadi.
Kasbiy tayyorgarlik – bo’lajak
mutaxassisning psixologik,
psixofiziologik, jismoniy hamda ilmiy-nazariy va amaliy
tayyorgarligi.
Kasbiy bilimdonlik – pedagogik faoliyat
yuritish uchun zarur
bo’lgan nazariy va amaliy tayyorlik birligi.
Kibernetika – axborotlar almashish, ularni qayta ishlashni
boshqarish haqidagi fan.
Kognitiv – bilish jarayoni.
Kollektiv – jamoa, umumiy maqsad yo’lida shaxslarning o’zaro
munosabatlari, tashkiliyligi va intilishlari
bilan bir-biriga monand
turg’un sotsial (ijtimoiy) guruh.
Kommunikatsiya
– kishilarning o’zaro muloqotlarida
axborotlar almashish tavsifi.
Kommunikativ ko’nikma – muomala qila olish,
pedagogik
texnika malaka va ko’nikma tushunchasi.
Kommunikativ faoliyat – pedagogning tarbiyalanuvchilar,
boshqa
pedagoglar, jamoatchilik vakillari, ota-onalar bilan
maqsadga muvofiq o’rnatgan munosabatlari.
Konstruktiv faoliyat – u o’zida konstruktiv mazmun (o’quv
materiallarini tanlash va joy-joyiga qo’yish, pedagogik jarayonni
rejalashtirish va tashkil etish), konstruktiv – operativ (o’zining va
talabaning xatti-harakatlarini rejalashtirish), konstruktiv – material
(pedagogik jarayonning o’quv-material bazasini loyihalashtirish) ni
birlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: