Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti b. X. Xodjaev


Ta’limning madaniy insonparvarlik vazifasi


Download 3.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet236/242
Sana08.11.2023
Hajmi3.45 Mb.
#1754714
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   242
Bog'liq
Дарслик умумий педагогика (lotin) A5

Ta’limning madaniy insonparvarlik vazifasi – kishining hayot 
to’siqlarini engishga yordam beradigan ma’naviy kuchi, qobiliyati
malakalari, tabiat va ijtimoiy hayotga moslashish vaziyatidagi 
xarakteri, ma’naviy mas’uliyatining shakllanishi, shaxsiy, kasbiy 
takomili hamda shaxsning o’zi tomonidan amalga oshirilishini 
ta’minlovchi 
imkoniyatlari, 
shaxsning 
intellektual, 
axloqiy 
erkinlikka, shaxsiy muxtoriyati shuningdek, baxtiga erishish uchun 
zarur bo’lgan vositalar shaxsning individual ijodiy taraqqiy etishi va 
ma’naviy imkoniyatlarining ochilishi uchun sharoitlar yaratishi. 
Ta’lim turlari – sokratcha suhbat metodi, an’anaviy ta’lim, 
izohli-namunali (illyustrativ) ta’lim, bilimlarni mustaqil egallash, 
dasturlashtirilgan 
ta’lim, 
ta’limni 
algoritmlash 
jarayoni, 
differentsiatsiyali, individual ta’lim va boshqalar. 


Tarbiya – 1) shaxsning ma’naviy va jismoniy holatiga 
muntazam va maqsadga muvofiq ta’sir etish; 2) pedagogik 
jarayonda ta’lim maqsadlarini amalga oshirish uchun pedagog va 
tarbiyalanuvchilarning maxsus tashkil etilgan faoliyati. 
Taqlid qilishbiror harakat, qiliq, ahd, fikr va hissiyotni 
takrorlash, aynan o’zlashtirish. 
Tafakkur – inson aqliy faoliyatining oliy shakli, insonlarni 
o’rab olgan dunyodagi o’zaro bog’langan narsa va hodisalarni bilish 
jarayoni, muhim hayotiy jarayonlarni his qilish va muammolarni hal 
qilish, ma’lum bo’lmagan voqea hodisalarni qidirish, kelajakni ko’ra 
olish. Tafakkur, tushuncha, hukm, xulosa shakllarida namoyon 
bo’ladi.
Temperament – 1) shaxsning psixik faoliyati dinamikasining 
turli jihatlarini bildiradigan turg’un individual xususiyatlarining 
qonuniy munosabatlari; 2) shaxsning dinamik xususiyatlari: 
intensivlik, tezlik, temp, psixik jarayonlar va holatlar ritmi. 
Faoliyat – 1) ongli maqsad bilan boshqariladigan kishining ichki 
(ruhiy), tashqi (jismoniy) faolligi; 2) atrof-muhitning kishilar 
tomonidan maqsadga muvofiq qayta bunyod etilishi. 

Download 3.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling