Yerga nima eksang shuni oʻrasan
Download 29 Kb.
|
kichik hikoya
Yerga nima eksang shuni oʻrasan...... Chekka qishloq, odamlari samimiy, oʻz qadriyatlarini hali yoʻqotmagan, bobolar oʻgitlarini doim qonun deb qabul qiluvchi yosh-u qari isteqomat qiladigan moʻjaz vatan. Bu qishloq yaqinda ,,Obod qishloq" davlat dasturi asosida qaytadan qurildi. Duogoʻy otaxon va onaxonlar uchun dam olish saylgohi, jajji bolajonlar uchun bolalar bogʻchasi va oʻsib borayotgan yoshlar uchun zamonaviy maktablar oʻz faoliyatini boshladi. Ikrom aka qishloqdagi eng mohir usta. Har doim xalol luqma yegan va farzandlari uchun ham shuni ravo koʻrgan odam. Doim bir uy qurib bitkazgach, pulini shogirtlar va oʻzi uchun teng qamsimlaydi. Hech kimga qattiq gaprimaydi, hammaga birdek mehribon. Doim oʻziga olgan ulushidan Abror uchun kitob sotib oladi. Hech qachon uyga kitobsiz kelmagan. Bu safar ham uyga bir qancha kitoblar va roʻzgʻor qilib qaytdi. Abror maktabda 8-sinfda oʻqiydi. Fan olimpiadalari, sport musobaqalari, zakovat tanlovlarida har doim faol qatnashib keladi. Abror maktabda oʻrnak qilib koʻrsatishga arziydigan oʻquvchi. Ham tengqurlarini, ham ustozlarini hurmatiga erishgan. U bilan bir partada oʻtiruvchi sinfdoshi Zoirbek uning aksi. Qachon qarama kim bilandir urishgan, kimningdir ustidan kulgan, darslarni boʻlsa oʻzlashtirishni hayoliga ham keltirmaydi. Doim qoʻlida soʻnggi rusumdagi telefon. Darsda ham qoʻymaydi shu telefonni, yoki qandaydir oʻyin oʻynaydi yoki chatda kim bilandir gaplashadi. Maktabga kirgandan beri shu ahvolda. Kuzning soʻngi oyi ham koʻz ochib yumguncha keldi. Maktabning kimyo fani oʻqituvchisi nafaqaga chiqdi. Ustoz shuncha yillik mehnati rohatiga endi erishdi. Maktabdagi kimyo fani oʻqituvchisi oʻrni boʻshab qoldi, shuning uchun maktab direktori XTBga ariza bilan chiqdi. Maktabga yosh va sergʻayrat kimyo fani muallimi keldi. Darslar qizgʻin borardi. Hamma xursand. Bir kuni tajriba mashgʻulotida Zoirbek oʻzini koʻrsatish uchun har xil moddalarni aralashtib, gugurt chaqdi. Qarabsizki yongʻin chiqdi. Hamma oʻquvchilar qoʻrquvda. Yangi muallim olovni tezlik bilan oʻchirdi. Zoirbek boʻlsa bunga parvo ham qilmadi. Muallimning bundan jahli chiqdi va Zoirbekka tanbeh berdi. Ertasi kuni Zoirbek oʻz otasi bilan kimyo xonasida muallimni kutib oldi. Muallim boʻlgan voqeani aytib berdi. Lekin ota bunga parvo ham qilmadi. Aksincha muallimga doʻq ura ketdi. Har xil kurakda turmaydigan soʻzlar bilan haqorat ham qildi. Zoirbekni bundan zavqi oshardi. Bu voqeaga ham ancha vaqt boʻldi. Kunlar oʻtib oylarga, oylar yillarga ulandi. Abror maktabni tamomlab chet elga oʻqishga ketdi. Zoirbek boʻlsa oʻqish tugaganidan xursand. Endi oʻziga bek boʻlib yuradi. Birov mushugini pisht demaydi. Zoirbekning otasi katta doʻkondor edi. Qoʻshni davlatlardan har xil yoʻllar bilan noqonuniy mol olib oʻtib, sotar edi. Bir kuni doʻkon kasodga uchradiyu ota kasal boʻldi. Zoirbekka Xudoni zorini qildi. Oʻgʻil ishlashni xayoliga ham keltirmadi. Bu orada Abror oʻqishni tamomlab uyga qaytdi. Ota-onasini dousini olib katta biznes boshladi va koʻp oʻtmay boyib ketdi. Ikrom aka oʻzining xalol mehnati va oxirgi puliga boʻlsa ham sotib olgan kitoblari rohatini koʻrmoqda. Zoirbekning otasi oʻz omonatini Allohga topshirdi. Noqobil farzand otasi qabri sovimay turib uuni sotdi. Hamma pul tugagach katta qarz oldi. Oʻzicha biznes boshladi. Lekin hom oʻylangan reja oʻz samarasini bermadi. Zoirbek qarzlarni toʻlash uchun chet davlatga ishga ketdi. Abror oila qurdi. Biznesi yaxshi yoʻlga qoʻyilgani uchun daromadi kundan-kun oshib bordi. Mahala chetidagi koʻlni tozalab bolalar uchun suzish havzasi qildi, qishloq bolalari uchun futbol maydoni qurib berdi. Mashaqqat bilan olgan bilimlarini rohatini koʻrib yashamoqda. Hozirda uning farzandlari katta oʻgʻil qizlar boʻlishdi. Uylarida shaxsiy kutubxonalari bor. Koʻplab kitoblar jovondan oʻrin olgan. Farzand uchun eng yaxshi sovgʻa bu albatta kitob. BOLAGA KITOB BЕRING📚📚📚 Osmonlarda yurganlar, Oltin saroy qurganlar, “Ne beray?” – deb turganlar, Bolaga kitob bering! Bola oqqush, oq kaptar, Dunyolardan bexabar, Yovuzlik topmay xabar, Bolaga kitob bering! Qing‘ir yo‘lga kirmasdan, Peshonaga urmasdan, Kimdir pichoq bermasdan, Bolaga kitob bering! Internet degan ajdar, Simidan oqar zahar, “Dod” demay ro‘zi mahshar, Bolaga kitob bering! “Kel!” – deya imlar tuzoq, Qabr qazir, qazir choh, Ming-ming astag‘firulloh, Bolaga kitob bering! Ko‘zi ochiq ko‘rmasdan, Shayton yo‘ldan urmasdan, Otadan yuz burmasdan, Bolaga kitob bering! Xonlar kabi yurganlar, Xonsaroylar qurganlar, “Ne beray?” – deb turganlar, Bolaga kitob bering! “Lison ut-tayr”larim, Yurakka sayrlarim, Avliyozod nurlarim, Bolaga kitob bering! Ko‘zlarni ochish kerak, G‘aflatdan qochish kerak, Qanot chiqarish kerak, Bolaga kitob bering! Dersiz: “Pul yig‘ish kerak... Oltinu kumush kerak...” Xudodan qo‘rqish kerak, Bolaga kitob bering! Ko‘krak kerib yurganlar, Ko‘rkam saroy qurganlar, “Ne beray?” – deb turganlar, Bolaga kitob bering! Xazinayi jahon u, Kichik Abu Rayhon u, Sizga qarab hayron u, Bolaga kitob bering! Buxoriy – sarvarim u, Termiziy – anvarim u, Mahmud Zamaxshariy u, Bolaga kitob bering! Keskir qilich bo‘lsin u, Kitobga o‘ch bo‘lsin u, Yengilmas kuch bo‘lsin u, Bolaga kitob bering! Navoiyni bilsin u, Yoningizga kelsin u, Baxtli bola bo‘lsin u, Bolaga kitob bering! Osmonlarda yurganlar, Oltin saroy qurganlar, “Ne beray?” – deb turganlar, Bolaga kitob bering! ✍Zulfiya Mo‘minova she'ri Download 29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling