Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti b. X. Xodjaev
Download 3.45 Mb. Pdf ko'rish
|
Дарслик умумий педагогика (lotin) A5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Doktorantura
Tayanch doktorantura — O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladigan, ishlab chiqarishdan ajralgan holda mutaxassislikni chuqur o’rganish va doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida ular tomonidan ilmiy izlanishlar olib borish bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi izlanuvchilari uchun OTM va ITMlarida tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari bo’yicha oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim shakli. Doktorantura — O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladigan, ishlab chiqarishdan ajralgan holda mutaxassislikni chuqur o’rganish va doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida ular tomonidan ilmiy izlanishlar olib borish bo’yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasi izlanuvchilari uchun OTM va ITMlarida tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari bo’yicha oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim shakli. Mazkur qarorga muvofiq, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutida ta’lim quyidagi shakllarda tashkil etiladi: tayanch doktorantura; doktorantura; mustaqil izlanuvchilik. Mustaqil izlanuvchilik — ishlab chiqarishdan ajralmagan holda doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o’rganish va ular tomonidan ilmiy izlanishlar bo’yicha falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajalari izlanuvchilari uchun OTM va ITMlarda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar bo’yicha oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim shakli. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risida» 2015-yil 12-iyundagi PF-4732-son Farmoniga muvofiq oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimining o’qitish shakllari va usullarini, pedagog kadrlar tarkibining sifat darajasini zamonaviy talablardan kelib chiqqan holda takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-avgustdagi «Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 242-son qarori bilan «Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari to’g’risida»gi Nizom tasdiqlandi. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 103-son Qarori bilan mazkur Nizomga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritildi. Yuqorida qayd etib o’tilgan hujjatlarga asosan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o’qish tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo’lgan vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda Download 3.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling