Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti b. X. Xodjaev


Ta’lim olganlikni tashxis etishning mohiyati


Download 3.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/242
Sana08.11.2023
Hajmi3.45 Mb.
#1754714
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   242
Bog'liq
Дарслик умумий педагогика (lotin) A5

Ta’lim olganlikni tashxis etishning mohiyati. Tashxis – bu 
didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, 
uning natijalarini belgilash demakdir. Tashxissiz didaktik jarayonni 
samarali boshqarish, mavjud sharoit uchun optimal natijalarga 
erishish mumkin emas. 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 


Didaktik tashxislashning maqsadi o’quv jarayonida kechadigan 
barcha jihatlarni uning mahsuli bilan bog’liq holda, o’z vaqtida 
aniqlash, baholash va tahlil qilishdan iborat. 
O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish
baholash tashxislashning zaruriy tarkibiy qismlari sanaladi.
Ta’lim jarayonida nazorat va hisobga olish, ularning 
vazifalari. Ta’lim jarayonining muhim tarkibiy qismlaridan biri – 
nazorat va hisobga olishdir. Bu tushunchalar o’ziga xos mohiyat va 
xususiyatlarga ega. O’qituvchi nazorat va hisobga olishni to’g’ri 
tashkil etsa, ta’lim jarayonining samaradorligi ortadi. Buning uchun 
o’qituvchi o’quvchining o’quv materiallarini o’zlashtirish darajasini 
aniqlab borishi lozim. 
 
 
 
 
 
Tekshirish – nazoratning tarkibiy qismi bo’lib, uning asosiy 
didaktik vazifasi o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida aks aloqani 
ta’minlash, pedagog tomonidan o’quv materialini o’zlashtirish 
haqida obyektiv axborot olinishi hamda bilimlardagi kamchilik va 
nuqsonlarni o’z vaqtida aniqlashdir. Tekshirishning maqsadi nafaqat 
o’quvchining bilim darajasi, sifati, balki uning o’quv mehnati 
hajmini ham aniqlashdan iborat. 
O’quvchilarning bilim va malakalarini tekshirish quyida 
ko’rsatilgan mantiqiy ketma-ketlikda olib borilishi kerak: 
Tekshirish tizimidagi birinchi bo’g’in ta’lim oluvchilarning 
bilim darajasini oldindan aniqlash hisoblanadi. Odatda, u o’quv yili 
boshida o’quvchilar tomonidan avvalgi o’quv yilida o’zlashtirilgan 
bilimlari darajasini aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Bu kabi 

Download 3.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling