Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Geometrik masalalarni yechishda ijodiy tafakkurni rivojlantirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Intuitiv tiplilar.
- Fikrlovchi tiplar.
divergent tafakkur - fikrning shunday turiki, u shaxsga bir muammo yoki masala
yuzasidan birdaniga bir nechta echimlar paydo bo‗lishini taqozo etadi. Aynan ana shunday ijodiy tafakkur divergent shaklda bo‗lsa, u ijodiy parvoz, yangiliklarni kashf etishga asos bo‗ladi. Fikrning kashf etish, yangilik yaratishga qaratilgan faoliyati ba‘zan uning kreaktivlik sifati bilan bog‗lab tushuntiriladi. Kreaktivlilik - shunday hislatki, u guyoki yo‗q joyda bor qiladi, ya‘ni oddiygina, jo‗ngina narsalarga boshqacha, birovlarnikiga o‗xshamagan yondashuvlarni talab qiladi. Masalan, uchta so‗z berilgan - «qalam», «ko‗l», «ayiq». Uchalasini qo‗shib, yangi jumlalar tuzish kerak. Har kim o‗zidagi kreaktivlik darajasiga ko‗ra turli xil jumlalar tuzsa bo‗ladi, masalan, «Bola qalamni olib, ko‗lda cho‗milayotgan ayiq rasmini chizdi». YOki «Terak qalamchalari ekib chiqilgan ko‗l yokasida bir ayiq bolasini cho‗miltirardi». 16
SHunga o‗xshash ko‗plab jumlalar tuzish mumkin. Mashxur olim K. YUng insonlarni fikrlashlariga ko‗ra asosan ikki toifaga bo‗lgan edi: 1. Intuitiv tiplilar. Bu shunday toifali kishilarki, ularda ko‗pincha hissiyotlar mantiqdan ustun keladi va miya faoliyati bo‗yicha ham o‗ng yarim sharlar faoliyati chapnikidan ustunroq bo‗ladi. Ko‗rib, his qilib, yorqin emotsional munosabat shakllantirilmaguncha, bunday odamlar biror xususda fikrlarini bayon eta olmaydilar. 2. Fikrlovchi tiplar. Bunday kishilarda doimo mantiq, mulohaza hissiyotlardan ustun bo‗ladi va miyasining chap tomoni o‗ngiga nisbatan dominanta(ustun) hisoblanadi. Bundaylar gapira boshlashsa, ko‗pincha, «Faylasuf bo‗lib ket-e», deb ham qo‗yishadi. CHunki ular o‗zlarigacha bo‗lgan bilimlar, mantiqiy fikrlash borasidagi yutuqlarga tayanib, doimo to‗g‗ri gapirishga, doimo fikrlarini mantiqan asoslash - argumentatsiya qilishga harakat qiladilar. Aniq va texnika, tibbiyot fanlari bilan shug‗ullanuvchilarda ana shu tafakkur tipiga moyillik va psixologik hozirlik bo‗lsa, ular o‗z kasblari borasida juda yaxshi natijalarga erishadilar. Ulardan farqli birinchi toifa vakillaridan yaxshi yozuvchilar, shoirlar, tilshunoslar, psixologlar etishib chiqadi Odamlarning ehtiyojlari, hayotiy qiziqishlari va faoliyatlari juda xilma- xildir. SHu sababli, odamning tafakkuri ham turli hollarda har xil turda namoyon bo‗ladi. Bilish uchun kerak bo‗lgan vazifalarni va har xil amaliy vazifalarni hal etishga to‗g‗ri kelib qolinganida, shuningdek boshqa odamlarning fikrlarini nutq orqali va amaliy muomalada bilib olishga, tushunib olishga to‗g‗ri kelinganida odam o‗z fikrini ishlatadi. Mana shundan ijodiy tafakkur va tushunish deb ataladigan tafakkur kelib chiqadi. Tafakkurning faolligi qay turda bo‗lishiga qarab, u ixtiyoriy va ixtiyorsiz tafakkurga bo‗linadi, tafakkurning umumiylashganlik darajasiga qarab, u konkret va abstrakt tafakkurga, 17
yo‗nalishiga qarab, u nazariy va amaliy tafakkurga bo‗linadi. Ilmiy bilimlarning oldinga qarab intilish protsessi turmushning barcha sohalariga texnikaning kirib borishi, fanning turli sohalarigina emas,balki amaliy ixtisoslarning ko‘pchiligini ham matematikalashtirishga olib keladi.Jamiyat taraqqiyotining dinamikasini shundayki, aholining aqliy mehnatga aloqador qismi uzluksiz o‘sib bormoqda.Har bir sohada texnikadan foydalanish tobora kengayishi tufayli inson ko‘pgina ixtisoslarda og‘ir jismoniy mehnat sarf etishdan ozod etilmoqda. O‘rta va oliy malakali matematiklarga bo‘lgan ehtiyojning o‘sib borishi hozirgi zamonning eng harakterli xususiyatlaridan biridir. Agar bundan 30-40 yil ilgari matematika o‘z kuchini faqat maktabda yoki oliy o‘quv yurtida tatbiq qila olgan bo‘lsa, endi ular oldida va ularning elektron yordamchilari oldida savdo,transport tibbiyot,biologiya,pedagogika sohalari tadqiqot markazlarining eshiklari katta.Bu ixtisoslarning o‘zlarida chuqurlashgan ta‘limning ahamiyati ortmoqda, yangi muammolar qo‘ya bilish va ularning hal qilishning borishini oldindan ko‘ra bilish aniq mantiqiy analiz qilish malakalari oshib bormoqda . Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling