Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/27
Sana05.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#216408
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
Bog'liq
Geometrik masalalarni yechishda ijodiy tafakkurni rivojlantirish

divergent  tafakkur  -  fikrning shunday turiki, u shaxsga bir muammo yoki masala 

yuzasidan birdaniga bir nechta echimlar  paydo  bo‗lishini  taqozo  etadi.  Aynan 

ana  shunday  ijodiy  tafakkur divergent shaklda bo‗lsa, u ijodiy parvoz, 

yangiliklarni kashf etishga asos bo‗ladi. Fikrning  kashf  etish,  yangilik 

yaratishga  qaratilgan  faoliyati  ba‘zan  uning kreaktivlik  sifati  bilan  bog‗lab 

tushuntiriladi.  Kreaktivlilik  -  shunday  hislatki,  u guyoki  yo‗q  joyda  bor  qiladi, 

ya‘ni  oddiygina,  jo‗ngina  narsalarga  boshqacha, birovlarnikiga  o‗xshamagan 

yondashuvlarni  talab  qiladi.  Masalan,  uchta  so‗z berilgan  -  «qalam»,  «ko‗l», 

«ayiq».  Uchalasini  qo‗shib,  yangi  jumlalar  tuzish kerak. Har kim o‗zidagi 

kreaktivlik darajasiga ko‗ra turli xil jumlalar tuzsa bo‗ladi, masalan,  «Bola 

qalamni  olib,  ko‗lda  cho‗milayotgan  ayiq  rasmini  chizdi».  YOki «Terak 

qalamchalari ekib chiqilgan ko‗l yokasida bir ayiq bolasini cho‗miltirardi». 




16 

 

SHunga o‗xshash ko‗plab jumlalar tuzish mumkin. 



Mashxur  olim  K.  YUng  insonlarni  fikrlashlariga  ko‗ra  asosan  ikki  toifaga 

bo‗lgan edi: 

1. Intuitiv  tiplilar.  Bu  shunday  toifali  kishilarki,  ularda  ko‗pincha  hissiyotlar 

mantiqdan ustun keladi va miya faoliyati bo‗yicha ham o‗ng yarim sharlar faoliyati 

chapnikidan  ustunroq  bo‗ladi.  Ko‗rib,  his  qilib,  yorqin  emotsional  munosabat 

shakllantirilmaguncha,  bunday  odamlar  biror  xususda  fikrlarini  bayon  eta 

olmaydilar. 

2. Fikrlovchi  tiplar.  Bunday  kishilarda  doimo  mantiq,  mulohaza  hissiyotlardan 

ustun  bo‗ladi  va  miyasining  chap  tomoni  o‗ngiga  nisbatan  dominanta(ustun) 

hisoblanadi. Bundaylar gapira boshlashsa, ko‗pincha, «Faylasuf bo‗lib ket-e», deb 

ham  qo‗yishadi.  CHunki  ular  o‗zlarigacha  bo‗lgan  bilimlar,  mantiqiy  fikrlash 

borasidagi yutuqlarga tayanib, doimo to‗g‗ri gapirishga, doimo fikrlarini mantiqan 

asoslash  -  argumentatsiya  qilishga  harakat  qiladilar.  Aniq  va  texnika,  tibbiyot 

fanlari  bilan  shug‗ullanuvchilarda  ana  shu  tafakkur  tipiga  moyillik  va  psixologik 

hozirlik  bo‗lsa,  ular  o‗z  kasblari  borasida  juda  yaxshi  natijalarga  erishadilar. 

Ulardan farqli birinchi toifa vakillaridan yaxshi yozuvchilar, shoirlar, tilshunoslar, 

psixologlar etishib chiqadi 

Odamlarning  ehtiyojlari,  hayotiy  qiziqishlari  va  faoliyatlari  juda  xilma-

xildir. SHu sababli, odamning tafakkuri ham turli hollarda har xil turda namoyon 

bo‗ladi.  Bilish  uchun  kerak  bo‗lgan  vazifalarni  va  har  xil  amaliy  vazifalarni  hal 

etishga  to‗g‗ri  kelib  qolinganida,  shuningdek  boshqa odamlarning  fikrlarini nutq 

orqali va amaliy  muomalada  bilib  olishga,  tushunib  olishga  to‗g‗ri  kelinganida 

odam  o‗z  fikrini  ishlatadi.  Mana  shundan  ijodiy  tafakkur  va  tushunish  deb 

ataladigan  tafakkur  kelib  chiqadi.  Tafakkurning  faolligi  qay  turda  bo‗lishiga 

qarab, 

ixtiyoriy 



va 

ixtiyorsiz 

tafakkurga 

bo‗linadi, 

tafakkurning 

umumiylashganlik  darajasiga  qarab,  u  konkret  va  abstrakt  tafakkurga, 




17 

 

yo‗nalishiga qarab, u nazariy va amaliy tafakkurga bo‗linadi. 



Ilmiy  bilimlarning  oldinga  qarab  intilish  protsessi  turmushning  barcha 

sohalariga  texnikaning  kirib  borishi,  fanning  turli  sohalarigina  emas,balki  amaliy 

ixtisoslarning  ko‘pchiligini  ham  matematikalashtirishga  olib  keladi.Jamiyat 

taraqqiyotining dinamikasini shundayki, aholining aqliy  mehnatga aloqador  qismi 

uzluksiz o‘sib bormoqda.Har bir sohada texnikadan foydalanish tobora kengayishi 

tufayli  inson  ko‘pgina  ixtisoslarda  og‘ir  jismoniy  mehnat  sarf  etishdan  ozod 

etilmoqda. 

O‘rta va oliy malakali matematiklarga bo‘lgan ehtiyojning o‘sib borishi hozirgi 

zamonning eng harakterli xususiyatlaridan biridir. 

Agar  bundan  30-40  yil  ilgari  matematika  o‘z  kuchini  faqat  maktabda  yoki  oliy 

o‘quv  yurtida  tatbiq  qila  olgan  bo‘lsa,  endi  ular  oldida  va  ularning  elektron 

yordamchilari  oldida  savdo,transport  tibbiyot,biologiya,pedagogika  sohalari 

tadqiqot  markazlarining  eshiklari  katta.Bu  ixtisoslarning  o‘zlarida  chuqurlashgan 

ta‘limning  ahamiyati  ortmoqda,  yangi  muammolar  qo‘ya  bilish  va  ularning 

hal  qilishning  borishini  oldindan  ko‘ra  bilish  aniq  mantiqiy  analiz  qilish 

malakalari  oshib  bormoqda . 




Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling