Taqqoslash – bu jism va hodisalar, yoki ularning alohida belgilari
o‗rtasidagi o‗xshashlik yoki farqlarni aniqlash. Taqqoslash bir tomonlama (chala)
va ko‗p tomonlama (to‗liq); yuzaki va chuqur; bevosita va vositali bo‗lishi
mumkin.
Umumlashtirish – jism va hodisalarni ularning umumiy va ahamiyatli
belgilari bo‗yicha fikran birlashtirish. Masalan, olma, nok, olxo‗ri, o‗rik va
h.k.lardagi o‗xshash belgilar «mevalar» so‗zi bilan ifodalanadigan yagona
tushunchada namoyon bo‗ladi. Sodda umumlashtirishlar ob‘ektlarni alohida,
tasodifiy belgilar asosida birlashtirishdan iborat, majmuiy umumlashtirish
murakkab bo‗lib hisoblanadi, bunda ob‘ektlar turli asoslarga ko‗ra birlashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |