Mavzu: Matematika darslarida ko’rgazmali qurollardan foydalanishning ahamiyatli masalalari. Bajardi


Download 43.3 Kb.
bet1/9
Sana06.04.2023
Hajmi43.3 Kb.
#1334395
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
G\'ofurova Zuxra


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI


SIRTQI TA’LIM BO’LIMI


“Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish” ta’lim yo’nalishi
Matematika o’qitish metodikasi fanidan

K U R S I SH I


Mavzu: Matematika darslarida ko’rgazmali qurollardan foydalanishning ahamiyatli masalalari.


Bajardi: G'ofurova Zuxra
Qabul qiluvchi: J.Tuzikenova

Nukus 2022


Reja:
I. Kirish……………………………………………………………..3
II. Asosiy qism
a) Ko`rgazmali qurollarni umumlashtirish………………………4
b) Ko`rgazmali qurollarning vazifalari………………………….5
c) Darslar va boshqa o`quv qo`llanilmalar……………………….7
d) Ko`rsatmali qurollarning turlari………………………………10
e) Ko`rgazmali qurollardan foydalanish…………………………13
f) 1-sinfda ko`rgazmali qurollardan foydalanish…………………16

III. Xulosa………………………………………………………………….19
IV. Adabiyotlar ro’yxati…………………………………………………..21

KIRISH
Dunyo imoratlari ichra eng ulug'i maktab bo'lsa, kasblar ichida eng sharaflisi o'qituvchilik kasbidir. Men shu sharafli kasb egasi bo'lganimdan faxrlanaman.
Bilamizki, uzluksiz ta'lim tizimining asosini boshlang'ich ta'lim tashkil etadi. Agar o'quvchi boshlang'ich sinfda yaxshi o'zlashtirsa, yuqori sinfda ham qiynalmaydi. Ana shu nuqtai nazardan boshlang'ich ta'lim tizimiga alohida ahamiyat berib kelinmoqda. Ammo hozirgacha bo'lgan darslik, o'quv va metodik qo'llanmalarda boshlang'ich sinf matematika darslarini tashkil qilishda tajribali o'qituvchilar uslubidan foydalanish metodikasi yaxshi yoritilmagan. Maqsadim, boshlang'ich sinf matematika darslarini tashkil qilishda tajribali o'qituvchilar uslubidan foydalanib, dars o'tish hamda yangi pedagogik texnologiyani dars jarayoniga tatbiq etish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
Mashhur pedagog va psixologlar matematika faniga oid o'z fikr va qarashlarini bayon etishgan. Matematika darslarida aqliy ko'nikmalar hosil bo'lishi R. A. Galpen tomonidan ishlab chiqilgan. O'quv faoliyatini o'stirish va uning qizg'in olib borilishi ta'lim samarasini oshiruvchi asosiy metodlardan biridir. Matematik qobiliyatlarni rivojlanishi to'g'risidagi masalani hal qilishni tajribali pedagoglarning dars o'tish uslublariga bog'lamasdan ko'rib chiqish mumkin emas. Pedagogik texnologiyaning asosiy elementlari o'qituvchi va o'quvchi hisoblanadi.
O'quvchining past o'zlashtirishiga sabab savodining (o'qish va yozishini) sustligida, uning sababi esa xo-tirasining kuchsizligida deb bilaman. Shuning uchun xotirani mustahkamlovchi turli ko'rgazmali vositalardan foydalanish maqsadga muvofiq deb o'ylayman. Men har bir darsimni ko'rgazmali vositalar asosida tashkil qilib, tajribali o'qituvchilar uslubidan va yangi pedagogik texnologiyalar, o'qitishning og'zaki, ko'rgazmalilik va amaliy metodlaridan, noan'anaviy uslublar: o'yin, sayohat, aqliy hujum, zanjir, musobaqa, esse, test sinovi, tezkor savol-javob uslublaridan keng foydalanaman. O'quvchilarim o'zlari olgan baholarini doskaga mehr bilan qo'yadilar, past o'zlashtiruvchi o'quvchilar esa hijolat chekadilar va kelgusi darslarda yaxshi baholar olishga intiladilar. 


  1. Download 43.3 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling