Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti
Molekulyar fizika bo‘limini o‗rta maktab va
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
tibbiyot kasb-hunar kollejlarida molekular fizika bolimini oqitish metodikasi
1.2.Molekulyar fizika bo‘limini o‗rta maktab va
kasb-xunar kollejlarida tutgan o‗rni. Fizika fani tabiiy fan bo‗lganligi bois o‗quvchilarni qiziqishini shakllantirish uchun o‗qituvchi ularning shakllanish sharoitini ifodalovchi faktorlarni bilishi lozim. Bunday faktorlarga g‗oyalar, turli yo‗l tutishlar va emotsiyalar kiradi[17,18]. O‗quvchilarni fanga qiziqishini shakllantirish zaminida ota-onalar talablarini bajarilishi, o‗rta maktabni tugatish, tugatgandan keyin biror kasbni tanlashlariga sabab bo‗lishi va nihoyat jamiyatga foydali shaxs bo‗lib tarbiyalanishiga erishish uchun ko‗p bilim olishi va intilishi lozim. YUqoridagi fikrlarni amaliy isbotini aks ettirish uchun o‗qituvchi har bir mavzuni o‗qitish jarayonida uning istiqbolini ko‗ra olishi lozim. Buning uchun oldindan olingan bilimlarga tayanishi va kelajakda uning davomiyligini ta‘minlanishini e‘tiborga olishi lozim. Masalan, molekulyar fizika bo‗limini o‗rta maktab sharoitida 6-9 sinflarda o‗tiladi. Mlolekulyar fizikani o‗rgatayotgan 6-sinf o‗qituvchisi molekulyar fizikaning turmushda va texnikadagi ahamiyatiga to‗htalib o‗tmog‗i lozim. Moddaning agregat xolatida ham bir turdan ikkinchi turga o‗tishida molekulyar fizika ning muhim o‗ringa ega ekanligini barchamizga ma‘lumdir. Molekulyar fizika fizikani har bir mavzusining ajralmas qismi ekaniligini o‗quvchilarga uxtirib o‗tish kerak. Xatto, inson organizmining 90 % i suvdan iborat ekanligi, uning ko‗payib ketishi va kamayishi insonnni hayotiga havf solishini aytib o‗tish foydadan xoli bo‗lmaydi. 9- sinfda esa molekulyar fizikani
o‗tayotganda endi 6- sinfda o‗rganilgan bilimlarni uzviy davom ettirgan holda ularni mustahkamligiga erishish chuqur nazariy asosini yaratish, berilgan har bir ma‘lumotlarni chuqur tavsifini bayon etish lozim. Kasb-xunar kollejlarida esa, molekulyar fizikani o‗qitish metodikasining vazifalaridan biri kasbga oid fizik ma‘lumotlarlarni fizika kursi mazmuniga kiritish orqali o‗quvchilarning ham fanni o‗rganishga, ham kasbni egallashga bo‗lgan qiziqishini oshirish, natijada ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, ularning ongiga doimo olamning moddiyligi, hodisalarining o‗zaro bog‗liqligini singdirib borishdan, kasbga doir bilimlarini chuqurlashtirishdan iboratdir. Bu esa, molekulyar fizikani o‗rganish orqali berilayotgan bilimlarni uzviylashtirish fizik hodisalarning tabiatini va ular orasidagi bog‗lanishni ham ochib berishda
asosiy rolni uynaydi. To‗g‗ri o‗rnatilgan bog‗lanish bir mavzuni ikkinchisi to‗ldirib borishi, ularning bir-biridan ajralib qolmasligini ta‘minlaydi. Mavzular o‗zaro yaxshi bog‗lanmasa, o‗quvchi olam hodisalari bilan, to‗qnashganda uning oldida ojiz bo‗lib qoladi. bog‗lanish etarli darajada bo‗lsa, olamning moddiyligi, hodisalarning birligi va ularning bir-biridan ajralmasligi o‗quvchilar ongida shakllanib boradi. O‗qitishda sistemalilik va ketma-ketlik prinsipiga ko‗ra bilimlarni ilmiy asoslangan holda o‗rgatilishi, har bir o‗rganiladigan material avval o‗rganilganlariga asoslanishi, kelajakda o‗rganiladiganlarga imkoniyat tug‗diradigan bo‗lishi va amaliyot bilan mustahkamlanishi kerak. Kasb-xunar ta‘limi
fizikasidagi molekulyar fizikani o‗qitishda quyidagilarga e‘tibor berish kerak: 1.
o‗quvchilarni umumta‘lim bilimlariga; 2.
Fan texnika taraqqiyotiga; 3.
Didaktika prinsiplariga; 4.
Hodisalarni o‗rganish vaqtida fizik bilimlarning chuqurlashib va rivojlanib borishiga; 5. Molekulyar fizika bo‗yicha olinadigan bilimlar asosida hodisalar bog‗lanishini ko‗rsatib berishiga; 6.
O‗quvchilar ma‘lum sistemada kasbiy bilimlarni olishlarida va uning amaliy tadbiqlari bilan tanishishlarida molekulyar fizikaning o‗rniga; 7. O‗quvchilarning dunyoqarashini shakllantirib borishiga to‗g‗ri va mos kelishiga. KXK o‗qituvchilari molekulyar fizikani o‗qitish uchun mavzulararo bog‗liqlik va moslikning uzviyligini amalga oshirishda quyidagi yo‗nalishlarga ajratib ko‗rsatish mumkin: 1. Molekulyar fizikani mazmunan o‗rganishning uzviyligini aniqlash. Bu muvofiqlik shunday bo‗lishi kerakki, bir mavzuning o‗rganilishi bevosita ikkinchisi uchun zamin tayyorlashi bilan birga, ko‗prik vazifasini o‗tashi ta‘minlash. 2.
Molekulyar fizika bo‗limiga oid tushunchalar va malakalarni shakllantirishda uzviylikni vujudga keltirish. 3. Umumiy tushuncha va malakalarni shakllantirishda bir xil yondoshuvni vujudga keltirish. Masalan, o‗quvchilarda ko‗pgina fanlar uchun umumiy hisoblangan o‗quv adabiyotlari bilan malakalarni shakllantirishda umumiy yondoshuvni vujudga keltirish. 4.
O‗quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. 5.
Turli fanlarda qo‗llaniladigan tadqiqot uslublarining umumiyligini ko‗rsatish. 6. Turli o‗quv fanlari darslarida o‗rganiladigan bir xil masalalarni o‗quvchilarning o‗qishga munosabatiga salbiy ta‘sir etmasligi uchun o‗rindoshlarni joylashtirish. O‗quv jarayonida molekulyar fizikani uzviyligini amalga oshirishning quyidagi usullarini ko‗rsatib o‗tamiz: 1. Fizika darslarida o‗rganilayotgan molekulyar fizikaning ma‘lumotlarini ilgari o‗rganilgan hodisa bilan o‗zaro aloqasini ko‗rsatish. 2. Molekulyar fizikani o‗rganishda ilgari boshqa fanda(tabiat, botanika, geografiya, biologiya, kimyo...) o‗quvchilar tomonidan o‗zlashtirilgan bilimlarga tayanish. 3. Eksperimental harakterdagi masalalarni echish. 4. Mavzu doirasidagi amaliy ishlarni bajarish. Molekulyar fizika bo‗limini uzviylik tamoyili orqali o‗rgatish, fizika kursini kasb-xunar kollejlarida o‗qitishning izchilligini ta‘minlaydi, fanni o‗rganishda o‗quvchilarda yuzaga keladigan psixologik bar‘erni yuqotadi, o‗quvchilarni fanni o‗rganishga bo‗lgan qiziqishini yanada ortiradi. Kelajak ish faoliyatida qo‗l keladi. SHu bois kasb-xunar kollejlari o‗qituvchilari o‗quvchilarning bevosita qaysi yo‗nalishda(tibbiyot, qurilish, oziq-ovqat, injener, tikuvchilik, shafyor va ...) faoliyatlarini davom ettirishlaridan qat‘iy nazar molekulyar fizika elementlariga duch kelishi va u bilan muloqot o‗rnatishi muqarrar ekanini xis ettira olishi lozim. Buning uchun esa, umumta‘lim maktabi o‗qituvchilari bu zanjirni boshlab berishlari ya‘ni, 6-sinfda boshlang‗ich ma‘lumotlar berishlari, 9-sinfda esa nazariy asosini etkazishlari va nihoyat kasb- xunar kollejlarida esa, xodisalarni nazariy asosi yanada mustaxkamlanishi va chuqurlashtirilishi (MKN nazariyasi asosiy qoidalari, ideal gaz qonunlari, Issiqlik hodisalari, Paskal qonuni, gidrostatik paradoks, jismlarni suzish shartlari, Arximed qonuni, Torichelli tajribasi, Bernulli qonuni, Puazeyl qonuni, Stoks formulasi...) va texnika va turmushda keng qo‗llanilishiga keng e‘tibor berib, uning davomiyligini ta‘minlagan holda bilim berilishi kelajakda o‗z kasbining mohir ustasi bo‗lgan kadrlar jamiyatga kirib kelishiga asos yaratgan bo‗ladi.
Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling