Innuvatsion metodlar yordamida mavzuni mustaxkamlaymiz:
SHu o‗rinda biz innovatsiya va interfaol so‗zlarining ma‘nosini ochib
ketmoqchimiz. Innovatsion – ta‘lim tizimidagi har qanday yangilik. Ularni
baholash va pedagogik jamoa tomonidan o‗zlashtirishi, qo‗llashi. Interfal (inter –
lotincha - o‗zaro) o‗zaro faol, ya‘ni o‗qituvchi bilan o‗quchining faol munosabati,
idrok etishi, to‗liq tushunishi. Innovatsiya – bu yangilikni kiritish, qo‗llash degan
ma‘noni anglatadi.
Modellashtirish. O‗qitishning bu usuli o‗z ichiga real xayotni qayta
tiklash uchun ishlab chiqilgan moslama yoki vaziyatni o‗z ichiga oladi.
Namoyish qilish. (Demonstratsiya – lotincha so‗z bo‗lib,
ko‗rsataman, isbotlayman degan ma‘noni bildiradi).
Kichik guruxlarda ishlash asosan alog‗ida masallar yuzasidan o‗z
fikrini ishlab chiqqan holda uni guruxda muxokama qilishga va har xil fikrlar
asosida mushtarak nuqtai nazarga kelishga o‗rgatadi.
Aqliy xujum. Sinfdagi har bir o‗quvchiga o‗qituvchi qo‗ygan savol
yoki muammo yuzasidan aqlni ishlatib, o‗z fikrini bayon etishga imkon beruvchi
o‗quv usulidir. usul mohiyati ―bir kalla – yaxshi, yigirma beshtasi undan a‘lo‖
prinsipi bo‗yicha o‗qituvchi tomonidan belgilangan muammo yoki savol yuzasidan
extimol tutiladigan hamma fikrlar variantlarini bir erga jamlay olishda bo‗lib,
istisno tariqasida bilim oluvchilarning barcha fikrlari, shu jumladan, aytarli to‗g‗ri
bo‗lgan javob o‗rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |