Nuqtai nazaring bo‗lsin. ―Nuqtai nazaring bo‗lsin‖ usuli o‗quvchilar
o‗rtasida munozaraning yuzaga kelishi va ular munozara jarayonida fikrlarini o‗z
sinfdoshlaridan ularning nuqtai nazarini o‗zgartirishga ishontiradigan g‗oyalarni
eshitib o‗zgartirish yoki avvalgisini mustaxkamlash imkonini berish maqsadida
qo‗llanadi.
Har kim har kimga o‗rgatadi. ―Har kim har kimga o‗rgatadi?‖ usuli
o‗quvchilarga o‗rgatuvchiga aylanish, ma‘lum bilimlarni o‗zlashtirgach o‗rtoqlari
bilan baham ko‗rish imkonini beruvchi o‗qitish usulidir.
Rolli o‗yinlar. O‗qitishning bu usulida o‗quvchilar ―real xayot‖
holatlarini qayta joylashtiradilar. bu ularga o‗z amaliy ish faoliyatlarida qo‗llash
mumkin bo‗lgan yangi turdagi faoliyatlarini sinab ko‗rish va tekshirish imkonini
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |