Tibbiyotdagi asbob-uskunalarning qo‘llanilishi:
A)Termometrlar ― kundalik hayotda temperaturani suyuqlikli termometrlar
bilan o‗lchash keng tarqalgan.
Suyuqlik termometrining tuzilishida suyuqliklarning isitilganda kengayish
xossasidan foydalaniladi[5].
Ishchi jism sifatida odatda simob, spirt, glitserin qo‗llaniladi. Jismning
temperaturasini o‗lchash uchun termometr shu jism bilan kontaktga keltiriladi, jism
va termometr orasida issiqlik muvozanati o‗rnatilguncha issiqlik o‗tkazish amalga
oshiriladi.
B) Amerikalik olimlar qon oqishini bir zumda to‗xtatadigan nanomodda
yaratdilar. Nanomoddaning tibbiyotda paydo bo‗lishi shov-shuvga arzigulik
haqiqiy yangilik bo‗lishi aniq. Material ayniqsa, xirurgiya, masalan, boshda yoki
yurakda bo‗ladigan mushkul operatsiyalarda qo‗llanishi ayni muddao bo‗ladi. U
vaqtni tejash bilan birga, inson organizmiga turli xil infeksiyalarning tushishiga
to‗sqinlik qiladi. Bundan tashqari, tez yordamda aynan shu moddaning zarurligini
inkor etib bo‗lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: