Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
tibbiyot kasb-hunar kollejlarida molekular fizika bolimini oqitish metodikasi
2.2. Fizikaning tibbiyotni
rivojlantirishdagi o‗rni Inson uchun eng qimmatli narsa sog‗liqdir. SHuning uchun ham fizika yutuqlarining tibbiyot sohasida qo‗llanishiga to‗xtalmasdan ilojimiz yo‗q. Fizika yutuqlari tibbiyotda ikki xil maqsadda ishlatiladi.
Birinchisi - bemorga tashxis qo‗yish uchun shifokorga yordamchi sifatida. Bu sohada rentgen nurlari bilan olingan suratlarning yordami beqiyosdir (rentgenodiagnostika). Ular yordamida suyakning singani, o‗sgani, ichki organlardagi o‗zgarishlar haqida aniq ma‘lumotlar olinadi. Oxirgi paytlarda bu vazifani inson sog‗ligi uchun ancha zararsiz bo‗lgan ultratovush to‗lqinlarida ishlovchi apparatlar bajarmoqda. Kompyuterlar kashf etilgandan so‗ng shifokorlar uchun yanada beminnatroq yordamchi - kompyuterli tomograflar kashf qilindi. U insonning ichki organlari to‗g‗risida to‗la ma‘lumot berishi va monitorda namoyish qilishi bilan birga, suratga ham tushirib beradi. Ikkinchisi - turli kasalliklarni davolashda ishlatilishi. Ultratovush, magnit maydon, kuchsiz tok, lazer nuri yordamida asab charchoqlarining davolanishi hammaga ma‘lum. Ayniqsa, lazer nurlarining inson salomatligi yo‗lidagi xizmatlari beqiyosdir. Qon chiqarmas lazer pichoqlari yordamida organizmdagi kasal hujayralarni davolash, bir-biriga ulash va zarur bo‗lganda kesib tashlash mumkin. Lazer nurlari, ayniqsa, insonning eng nozik organlaridan biri bo‗lmish ko‗z operatsiyalarida juda muvaffaqiyatli qo‗llanilmoqda.
XIX asrning oxiri - XX asr boshlarida fan va madaniyatning rivojlanishida tibbiyot ham katta yutuqlarga erishdi. 1880-yilda nemis olimi K.Eber ich terlama, 1884-yilda F.Lyofler bo‗g‗ma tug‗diruvchi mikrobni topdilar. Nemis olimi R.Vixrov (1821-1902) hozirgi zamon patologik anatomiya asoslarini yaratdi. 1875- yilda rus olimi F.A.Lesh amyoba dizenteriyasini tug‗diruvchi mikrobni aniqladi. Fizika sohasidagi kashfiyotlar ham tibbiyotga yordam berdi. Maksvellning elektromagnit to‗lqinlari haqidagi nazariyasidan kelib chiqib, nemis fizigi Vilgelm Konrad Rentgen (1845-1932) har xil buyumlardan turlicha o‗tuvchi ko‗rinmas nurlarni kashf etdi. Nurlanishning kelib chiqishi olimga ma‘lum emas edi va ularni ―X nurlar‖ deb atadi. Ana shu kashfiyotga asoslangan va olimning nomi bilan ―Rentgen‖ deb nomlanuvchi apparat yaratildi. Endi shifokorlar ichki jarohatlarni, suyak sinishlarni ko‗rib, to‗g‗ri tashxis qo‗yish imkoniyatiga ega bo‗lishdi. Bu buyuk kashfiyot uchun fiziklar orasida birinchi bo‗lib Rentgenga Nobel mukofoti berildi. Kimyo sohasidagi kashfiyotlardan ham tibbiyotda unumli foydalanildi. Sovun olishning sanoat usulini egallash, undan kasalxonalarda, ayniqsa jarrohlar tomonidan foydalanish operatsiya paytida infeksiya tushish xavfini kamaytirdi. YUqumli kasalliklarga qarshi kurash ishiga sil kasalligini keltirib chiqaruvchi vaksinani kashf qilgan nemis olimi Robert Kox (1843-1910) ulkan hissa qo‗shdi. U epidemiyalarga qarshi profilaktik choralarni ishlab chiqdi va dori-darmon yaratdi. Rus olimi Nobel mukofoti laureati I.Mechnikov esa organizmlarni mikroblardan himoya qilish haqida yangi ta‘limot yaratdi [24]. XIX arsning oxiri va XX asrning boshlarida mexnikaning umumiy bo‗limlari - ―Qattiq jismlar dinamikasi‖, ―Harakatning ustuvorligi‖ nazariyasi hamda suyuqliklar va gazlar mexanikasi rivojlandi.
Nemis olimi G.Gelmgols (1821-1894) suyuqlikning uyurma harakati to‗g‗risidagi ta‘limotni, rus olimi N.F.Petrov (1836-1920) ishqalanishning gidrodinamik nazariyasini yaratdi. Ingliz fizigi Jeyms Klark Maksvell (1831-1879) 1855 yili turli mamlakatlardagi fiziklarning elektromagnetizm, termodinamika va yorug‗lik sohasidagi tajribalari hamda nazariy xulosalarni umumlashtiruv-chi ―yorug‗likning elektromagnit maydoni‖ nazariyasini yaratdi. Uning nazariyasiga ko‗ra elektrni bo‗shliqdan o‗tkazuvchi ko‗rinmas elektromagnit to‗lqinlar mavjud. Bir guruh olimlar: A.Bekkerel (1852-1908), Per Kyuri (1852-1963), Mariya Skladovskaya Kyuri, Rezerford (1871-1937), Nils Bor (1885-1963) - radioaktivlik hodisasini o‗rgandilar va atomning murakkab tuzilishi haqidagi ta‘limotni yaratishdi. Umuman bu davr fizika fani taraqqiyotining eng muhim yakuni – nisbiylik nazariyasining yaratilishi bo‗ldi. Bu nazariya asoschisi mashhur olim Albert Eynshteyn (1879-1955) edi. Bu nazariyani u 1905 yil (nisbiylikning maxsus nazariyasi) da va 1916 yil (nisbiylikning umumiy nazariyasi) da bayon etdi. Ushbu nazariya butun XX asrda fizika fanining rivojlanishiga katta ta‘sir ko‗rsatdi. XIX asrning 80-yillarida G.Daytler bilan K.Bens benzinda ishlaydigan motorli birinchi avtomobilni yaratishgach, avtomobil transporti tez rivojlana boshladi va u tosh yo‗llar qurilishini talab qildi. Elektr dvigatelidan dastlab shahar transportida foydalanildi. 1895 yildayoq Angliya va AQSH ning yirik shaharlarida ―Konka‖ (shahar temir yo‗lida ot bilan tortiladigan vagoncha) ishga tushdi.
Nemis olimi Teodor SHvan tomonidan qilingan barcha organizmlarning hujayralari tuzilishi haqidagi kashfiyotlar ilmiy asosini mustahkam-lashga xizmat qildi.
Fiziklar hozirgi
paytda davosiz
deb hisoblanuvchi, ko‗plab odamlarning umriga zomin bo‗layotgan rak kasalligini ham davolash yo‗llarini izlashmoqda. Bu sohada ma‘lum yutuqlarga erishilgan ham. Proton zarralarining dastasi rakka chalingan organni ajratib qo‗yish va kasallik rivojlanishini to‗xtatishi tajribalarda aniqlangan. Lekin bu usulning juda qimmatligi uning keng qo‗llanishiga to‗siq bo‗lib qolmoqda. Ammo bu muammoning ham echilishiga ko‗p vaqt qolmaganligiga aminmiz. XX asrda samolyotlar, raketalar, televizor va kompyuterlar dunyoni o‗zgartirdi. Nanotexnologiyalar yordamida yaratilgan xomashyolar, dori- darmonlar, aloqa va xizmat ko‗rsatish vositalari XXI asr yangi texnika taraqqiyotining asosi bo‗ladi. O‗z ichiga fizika, kimyo hamda biologiya fanlarining yutuqlarini qamrab oladigan nanotexnologiya hayotimizga kirib kelmoqda. Olim- nanotexnologlar nanometrlarda o‗lchanadigan o‗ta kichik jismlar ustida ish olib boryapti. Bugun dunyoda nanotexnologiya jadal rivojlanmoqda. Ushbu yo‗nalishda yaratilgan ilmiy ixtirolar iqtisodiyot, tibbiyot, biologiya, ekologiya, aviatsiya, radioelektronika kabi ko‗plab muhim sohalarda yuqori samaradorlik va tejamkorlikka erishish imkonini bermoqda. Nanotexnologiya dunyosi inson ko‗zi uchun o‗ta kichik bo‗lishiga qaramay, uning ehimoliy ta‘siri kattadir. Nanotexnologiya moddadan atom darajasida foydalanishni ko‗zda tutadi. Hozirda mazkur texnologiyadan yaxshiroq tibbiy muolaja, kuchliroq kompyuterlar yaratish, vazni engil, biroq pishiq materiallar tayyorlanmoqda [26]. Kuyish oqibatida kelib chiqqan va bitishi qiyin yaralarni davolash tibbiyotning dolzarb muammolaridandir. Hozir bu jarayonda tibbiyotimizda xorijdan olib kelinayotgan plyonka qoplamalardan foydalanilmoqda. Mahalliy xomashyo asosida yaratilgan plyonka qoplama bu borada bir qancha afzalliklarga ega. Xususan, bu vosita jarohat joyiga bog‗langach teriga singib ketadi. Uning tarkibidagi nanotuzilmali kumush zarrachalari jarohatni tez va samarali davolash, bemorning immun tizimini kuchaytirish imkonini beradi. SHifokorlar kuyish asoratlarini davolashda qo‗llanilayotgan ushbu ixtironing shifobaxshligini alohida e‘tirof etmoqdalar. Nanotexnologiya sohasidagi izlanishlarning yuksak natijalari dermatologiya, pulmonologiya va ftiziatriya sohalarida ishlatiladigan inson vujudiga beziyon shifo vositalarini yaratishda ham yaxshi samara bermoqda. Amerikalik olimlar qon oqishini bir zumda to‗xtatadigan nanomodda yaratdilar. Nanomoddaning tibbiyotda paydo bo‗lishi shov-shuvga arzigulik haqiqiy yangilik bo‗lishi aniq. Material ayniqsa, xirurgiya, masalan, boshda yoki yurakda bo‗ladigan mushkul operatsiyalarda qo‗llanishi ayni muddao bo‗ladi. U vaqtni tejash bilan birga, inson organizmiga turli xil infeksiyalarning tushishiga to‗sqinlik qiladi. Bundan tashqari, tez yordamda aynan shu moddaning zarurligini inkor etib bo‗lmaydi. Nanotexnologiyalarning tibbiyotga joriy qilinishi ham muhim kashfiyotlar uchun zamin bo‗lmoqda. Jahondagi etakchi ilm-fan markazlarida dorini aynan kasallangan joyga to‗g‗ridan-to‗g‗ri etkazib berish maqsadida nanokapsulalardan foydalanilyapti. Dori-nanokapsulalarning afzalligi shundaki, ular tananing sog‗lom qismiga zarar etkazmay, faqat kasallangan hujayraga etib borib, tibbiy ta‘sir o‗tkazadi. Olimlar ayni paytda nanotexnologiya imkoniyatlaridan kelib chiqib, kelajakda inson tanasining kasalga chalingan a‘zosini davolovchi molekulyar nanorobotlarni yaratishdan tashqari, hujayralarning qarishiga qarshilik ko‗rsatuvchi vositalarni o‗ylab topish xususida ham bosh qotirishapti. Unga ko‗ra, inson organizmidagi
hujayralar qirilishining oldini oluvchi, tanadagi to‗qimalar ishlashini yaxshilovchi molekulyar nanokapsulalarni inson organizmiga kiritish ustida izlanishmoqda. Tasavvur qiling: yurak xuruji, qon bosimining u yoki bu tomonga o‗zgarishidan, qandli diabet yoki insultdan azob chekib, yaratuvchanlikdan uzoqlashgan tajribali mutaxassis kelgusida bu dardlardan xalos bo‗lsa, jamiyatga qanchalar naf keltiradi! Tag‗in alkogolizm, kashandalik, giyohvandlik kabi illatlardan qutulgan minglab, millionlab odamlarni ko‗z oldingizga keltiring. Bundaylarning ruhiyatida noxush mayllarni uyg‗ongan zahotiyoq nanorobot «kirib» tursa. Taraqqiyot davom etadi. Insoniyat hayot tarzi olimlarning kashfiyotlari evaziga yaxshilanib boraveradi. Dunyo bo‗ylab qilingan buyuk kashfiyotlar o‗z davrida bir yangilik bo‗lib qolmay, bugungi kunga kelib, yangi ixtirolarning asosi bo‗lmoqda. Hozirda turli xil kimyoviy moddalarni birikishidan hosil qilinadigan qurilmalar rivojlanishi tarixdan joy olmoqda. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling